≪Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi≫ iqtisodiyot fanining faktologiya va
oqimlar, qarashlar, g‘oyalar ta’sirida o‘ziga xoslik, yangilanish kasb etib
Download 248.35 Kb. Pdf ko'rish
|
1 dan 9 gaca
- Bu sahifa navigatsiya:
- LiberaUzm nazariyasi, umuman iqtisodiyotni tartiblashtirishga qarshi emas. Faqat bu vazifani davlat emas, bozor va undagi narx bajargani ma ’qul.
oqimlar, qarashlar, g‘oyalar ta’sirida o‘ziga xoslik, yangilanish kasb etib
bordi. Ana shunday yangi liberalizm oqimidan biri- ≪sotsial bozor xo‘jaligi≫ g‘oyasidir. Unga ko‘ra, bozor shunday ajoyib adolatli erkin mexanizmdirki, u talab va taklif qonuni ta’sirida narxlarni shakllantiradi, ya’ni bozor narxini vujudga keltiradi, u esa resurslami kerakli, samara beradigan jabhalarga qarab taqsimlaydi. Faqat erkin bozor narxi vositasidagina bozor muvozanatiga erishiladi. LiberaUzm nazariyasi, umuman iqtisodiyotni tartiblashtirishga qarshi emas. Faqat bu vazifani davlat emas, bozor va undagi narx bajargani ma’qul. 3-savol javobi: Uilyam Petti. Angliya klassik siyosiy iqtisodining asoschisi. U 1623- yilda Angliyaning janubidagi Romsi shahrida hunarmand-to'qimachi oilasida tug'ilgan. U. Petti har tomonlama yuksak bilimli inson bo‘lgan. Kapitalistik tuzumni tabiiy va abadiy deb hisoblagan. Tovaming almashuv qiymatini tan olgan. Statistika ( ≪Siyosiy arifmetika≫) faniga asos solgan. Aholiga boylik yaratuvchi sifatida qaragan. 6-bilet 1-savol javobi: Qadimgi Xitoy ijtimoiy hayotida Daotsizm (aynan-yo‘l) g'oyalari alohida o‘rinni egallaydi, uning asoschisi Lyu-Szidir. U taqiqlovchi qonunlarga amal qilmaslikni taklif etdi; qonunlar ko‘pligi tufayli ≪xalq kambag'allashmoqda ≫ degan edi. Daotsizm g‘oyalari konfUtsiylikka qaramaqarshi bo‘lib, insoniyat awalgi majburiyatlardan voz kechishi, oddiy tabiiy hayotga qaytishi kerak, degan fikmi ilgari suradi. Bu g‘oyaga ko‘ra, inson ibtidoiy davrga qaytishi, yangj mehnat qurollaridan foydalanmasligi kerak. Ko'rinib turibdiki, unda konservatizm unsuri bor, ammo bu g‘oyada ma’lum ijobiylik ham bor edi. Zero o‘sha davrlarda sivilizatsiya yutuqlari ekspluatatsiya manfaatlariga ham xizmat qilayotgan edi. 2-savol javobi: A. Mankreten dasturi Fransiya tashqi savdo ekspansiyasini kengayishini ko‘zlagan edi. Dastur qisman monetarizm g‘oyalarini ifodaladi, shu bilan birga, unda savdo balansi konsepsiyasi ham yoritildi. Mankretenning yuqoridagi nomdagi asari tufayli iqtisodiyot fani ≪Siyosiy iqtisod≫ nomini oldi. Merkantilizm nazariyasi XVII asming ikkinchi yarimida Koordinal Rishelye (1624-1642) hukmronligi va Lyudovik XIV ning moliya vaziri Kolber (166l-1683)ning faoliyati davrida hayotga qat’iyat bilan tatbiq qilindi. Manifaktura ishlab chiqarishini yuzaga keltirish, uning o‘sishini ta’minlovchi shart-sharoitlar (sanoatchilar va savdogarlar turli imtiyozlar va qarz berish, xorijlik ustalami jalb etish va boshqalar)ni yaratishga kirishildi. Fransiyada dengiz floti ishga tushdi, mustamlaka kompaniyalar vujudga keldi, tashqi savdo faoliyati kengaydi. 3-savol javobi: Adam Smit iqtisodchi va faylasuf, ingliz buijua klassik siyosiy iqtisodi namoyandasidir. 1759- yilda A. Smitning ≪Ma’naviy tuyg'ular nazariyasi≫ kitobi, 1776- yilda esa uning asosiy asari — ≪Xalqlar boyligining kelib 103 chiqishi va sabablari xususidagi tadqiqot ≫ kitobi nashr etildi. A. Smitning ushbu asari jahon ilm-u fani xazinasidan munosib o‘rin egalladi. A. Smitning shaxsiyati va uning dunyoqarashlari butun xo‘jalik faoliyatini (ustaxonaning joylashuvi, ishchi va shogirdlar soni, ishlab chiqarish va sotish ruxsat etilgan mahsulot hajmi) qat’iy reglamentlashtirish xos bo‘lgan, tobora kuchsizlanib va yo'qolib borayotgan feodal ishlab chiqarish bilan har qanday tashqi (hamda feodal- sex) cheklovlardan holi bo'lgan istalgan ishlab chiqarishning erkinlikka intilishi xos bo‘lgan burjua tovar ishlab chiqarish o'rtasidagi kurash avjiga chiqqan davrda shakllandi. U jamiyatning olg‘a siljishini kafolatlaydigan ilg‘or harakat bo‘lib, shu paytda industrial (mashinalar yordamida) ishlab chiqarish dunyoga kelayotgan edi. 7-bilet
1-savol javobi: Download 248.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling