Iqtisodiy tahli va statistika
Jamg’arma va investitsiya o’rtasidagi muvozanat
Download 291.03 Kb.
|
10-mavzu kurs ishi
3. Jamg’arma va investitsiya o’rtasidagi muvozanat
Investitsiyalar yalpi sarflarning asosiy tarkibiy unsurlaridan biri hisoblanadi. Investitsiyalar darajasi jamiyat milliy daromadi hajmiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi, milliy iqtisodiyotdagi ko'plab mutanosibliklar investisiya hajmining o'sish sur’atiga bog'liq bo'ladi. Investitsiyalar mamlakat miqyosida kengaytirilgan takror ishlab chiqarish obyektlari qurish, stanok, uskuna va shu kabi uzoq muddatli foydalaniladigan asosiy kapitallarni sotib olish, ishga tushirish bilan bog'liq sarflarni bildiradi. Investitsiyalar — asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko'paytirishga, ishlab chiqarish quwatlarini kengaytirishga qilingan sarflarning pul shaklidagi ko'rinishidir. U pul mablag'lari, bank kreditlari, aksiya va boshqa qimmatli qog'ozlar ko'rinishida amalga oshiriladi. Pul mablag'lari ko'rinishidagi investitsiya nominal investitsiya, ana shu pul mablag'lariga sotib olish mumkin bo'lgan investitsion resurslar real investitsiya deyiladi. Investisiyalami ro'yobga chiqarish bo'yicha amaliy harakatlar - investitsion faoliyat, investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs - investor deyiladi. Mamlakatdagi investitsiya faolligi va uning darajasi iqtisodiy rivojlanishda katta ahamiyat kasb etadi. Investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun esa jamg'arish jarayoni me’yorda amalga oshirilishi lozim. Demak, jamg'arma va investisiya o'rtasidagi makroiqtisodiy muvozanatga erishish barqaror iqtisodiy o'sishning sharti hisoblanadi. Biroq bu muvozanatga erishish doimo oson kechavermaydi. Bunga sabab investitsiya darajasi hamda jamg'arma darajasining boshqa-boshqa jarayon va holatlarga bog'liqligi hisoblanadi. Investitsiya va jamg'arma o'rtasidagi muvozanatni ta’minlash borasida bir qator nazariy qarashlar farqlanadi. Bu borada eng avvalo klassik iqtisodchilaming qarashlarini ko'rib chiqamiz. Klassik iqtisodchilar nuqtai nazaridagi eng markaziy holat — bu ular tomonidan foiz stavkasining ham investitsiyaning, ham jamg'armaning funksiyasi sifatida qaralishi hisoblanadi (3- chizma). Download 291.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling