Iqtisodiy tahli va statistika


Iste’mol va jamg’arish grafigi


Download 291.03 Kb.
bet7/9
Sana10.02.2023
Hajmi291.03 Kb.
#1184849
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10-mavzu kurs ishi

4. Iste’mol va jamg’arish grafigi
Ixtiyordagi shaxsiy daromad iste’mol va jamg’arish uchun ishlatiladi, ya’ni qancha ko’p iste’mol qilinsa, shuncha kam jamg’ariladi va aksincha. Iste’mol va jamg’arish o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik har xil daromadga ega bo’lgan shaxslarda bir xil emas: kam daromadga ega bo’lganlar odatda ko’proq iste’mol qilib, kamroq jamg’aradi, lekin daromadlari oshib borishi bilan bu nisbat jamg’arish ulushining o’sishi tomonga o’zgaradi.
Iste’mol bu ixtiyordagi daromadning iste’molchi tomonidan joriy davrdagi ehtiyojlarini qondirish uchun sarflagan qismi bo’lib, u pirovard hamda oraliq iste’molga ajratiladi. Oraliq iste’molda tovar va xizmatlar iste’mol jarayonida to’liq yo’q bo’lib ketmaydi, pirovard iste’molda esa ular iste’mol jarayonida to’liq ishlatiladi. Jamg’arish esa iste’moldan farqli ravishda kelgusidagi ehtiyojlarni qondirish uchun xizmat qiladi va ixtiyordagi daromadning iste’moldan keyin qolgan qismini aks ettiradi.
Ko’rsatkichlar o’rtasidagi bunday bog’liqlikni quyidagicha ifodalash mumkin:
1-jadval

Daromad, iste’mol va jamg’arish ko’rsatkichlari (shartli raqamlarda)


ming so’m

Yillar


Ixtiyordagi daromad



C
Iste’mol

S
Jamg’arish

2010 yil

170

175

-5

2011 yil

210

210

0

2012 yil

250

245

5

2013 yil

290

280

10

2014 yil

330

315

15

2015 yil

370

350

20

2016 yil

410

385

25

2017 yil

450

420

30

2018 yil

490

455

35

2019 yil

530

490

40

Ixtiyordagi daromad hajmi 170 ming so’mga teng bo’lganda iste’mol 175 ming so’mga teng, ya’ni ixtiyordagi daromaddan 5 ming so’m ko’p bo’ladi. Ya’ni aholi 5 ming so’mga teng miqdorda qarz hisobiga yoki o’tgan yillarda to’plangan jamg’armalar hisobiga iste’mol xarajatlari qiladi.


Ixtiyordagi daromad hajmi 210 ming so’mga teng bo’lganda, uning miqdori iste’mol miqdori bilan tenglashadi. Bu miqdor bo’sag’aviy daromad deb yuritiladi. 3-jadval ma’lumotlari asosida iste’mol grafigini chizamiz.
Iste’mol grafigi ikki to’g’ri chiziq ko’rinishda berilgan.
Birinchisi – bu bissektrisa, u shunday shartli vaziyatni ifodalaydiki, qachonki har qanday yilda iste’mol ixtiyordagi daromadga teng bo’ladi, ya’ni jamg’arish butunlay mavjud bo’lmaydi. Algebraik, bu o’zaro bog’liqlik Yd=C tengligi ko’rinishida ifodalangan.

Ikkinchi to’g’ri chiziq – bu haqiqatdagi iste’mol grafigi bo’lib, haqiqiy iste’mol va ixtiyordagi daromad teng bo’lgan nuqtada (190 ming so’m) bissektrisa bilan kesishadi. Bundan quyi nuqtada haqiqiy iste’mol ixtiyordagi daromaddan ortiq. Bu vaziyat insonlarni qarz hisobiga hayot kechirishlarini bildiradi. Ikki to’g’ri chiziq kesishish nuqtasidan yuqorida haqiqiy iste’molning barcha miqdorlari ixtiyordagi daromaddan kam hamda ular o’rtasidagi farq jamg’arishni tashkil etadi. Haqiqiy iste’mol grafigi o’zining og’ish burchagiga ega va bissektrisadan farqli ravishda daromad nolga teng bo’lganda iste’molni ma’lum miqdorini ko’rsatadi (6-chizma).

C Yd =C


350


210
170
C= a+bYd

175 210 370 Yd

Download 291.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling