Iqtisodiy tahli va statistika
IO’M = = Aholi daromadining jamg'armaga ketadigan ulushi esa jamg'armaga o'rtacha moyillik
Download 291.03 Kb.
|
10-mavzu kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Jamg’arishning mohiyati, omillari va samaradorligi
IO’M = =
Aholi daromadining jamg'armaga ketadigan ulushi esa jamg'armaga o'rtacha moyillik (JO’M) deyiladi: JO’M= = Daromad hajmi oshib borishi bilan I0’M pasayib, JO’M esa o'sib bormoqda. Shunisi ahamiyatliki, iste’molga va jamg'armaga o'rtacha moyillik ko'rsatkichlari iste’mol va jamg'armaning daromaddagi ulushini anglatar ekan, ulardan birining qandaydir miqdorga o'zgarishi boshqa birining ham teskari yo'nalishda xuddi shunday miqdorga o'zgarishiga olib keladi. Qisqacha aytganda, IO‘M + JO‘M= 1,0 bo'ladi. Shuningdek, iste’mol yoki jamg'armaga keyingi qo'shilgan moyillik ko'rsatkichi ham ahamiyatlidir. Bu ko'rsatkich iste’molchi daromadining navbatdagi o'zgarishi uning iste’mol va jamg'armaga nisbatan munosabati qanday o'zgarishini aks ettiradi. Daromad hajmining o'zgarishi natijasida iste’mol sarflari hajmining o'zgarishi darajasi iste’molga keyingi qo'shilgan moyillik deyiladi (IQM), yoki IQM= Daromad hajmining o'zgarishi natijasida jamg'arma hajmining o'zgarishi darajasi jamg'armaga keyingi qo'shilgan moyillik deyiladi (JQM), ya’ni: JQM= , Demak, sof daromadning o'sgan qismi ham yo iste’molga, yoki jamg'armaga sarflanadi. Bu sarflangan qismlar o'rtasidagi nisbat o'zgargan taqdirda ham ularning umumiy yig'indisi Iga teng bo'ladi, ya’ni: Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi, tadbirkorlik faoliyatining samarali amalga oshishida jamg'arish jarayonlarining ahamiyati beqiyosdir. Shunga ko'ra, jamg'arishning mohiyati, uning omillari va samaradorligi ko'rsatkichlarini alohida ko'rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 2. Jamg’arishning mohiyati, omillari va samaradorligi Jamg'arish iqtisodiyotdagi yalpi sarflarning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanib, investitsion tavsifdagi tovarlarga talab darajasini belgilab beradi. Investitsiyalar jamg'arishning amalda namoyon bo'lish shakli bo'lganligi sababli dastlab tahlilni jamg'arishning mohiyati, omillari va samaradorligini nazariy jihatdan asoslash bilan boshlaymiz. Jamg'arish deb, milliy daromadning bir qismi asosiy va aylanma kapitallarni, shuningdek, ehtiyot zahiralarini ko'paytirish uchun sarflanishiga aytiladi. Amalda jamg'arish kapital mablag'lar yoki investitsion sarflar shaklida yuzaga chiqib, u yangi asosiy kapitalni hosil qilish, ishlab turganlarini kengaytirish, rekonstruksiyalash va yangilashga qilinadigan xarajatlarni ifodalaydi. «Jamg'arish» va «kapital qo'yilma» yoki «investitsion sarflar» tushunchalari bir xil mazmunga ega emas. Bir tomondan, kapital qo'yilma yoki investitsiyalarning chegaralari jamg'arish fondiga qaraganda kengroq, chunki renovasiyaga (ya’ni eskirgan obyektlarni batamom almashtirishga) sarflanadigan amortizasiya fondining bir qismi ham ularning manbai bo'lib xizmat qiladi. Ikkinchi tomondan, «jamg'arish» tushunchasi investitsion sarflar doira-sidan chiqib ketadi, chunki u faqat asosiy kapitalning emas, balki aylanma kapitalning, shuningdek. ehtiyot zaxiralarining kengayishini ham anglatadi. Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadidagi jamg'arish bir-biridan farqlanadi. Jamg'arilgan mablag'larning moddiy ishlab chiqarish sohasining asosiy kapitallarini va aylanma mablag'larini kengaytirishga ketadigan qismi ishlab chiqarish sohasidagi jamg'arish summasini hosil qiladi. Ishlab chiqarish sohasidagi jamg'arish iqtisodiy o'sishning muhim omilidir. Ijtimoiy-madaniy sohadagi jamg'arish (noishlab chiqarish jamg'arishi) uy-joy fondini, kasalxonalar, o'quv muassasalari. madaniyat, sog'liqni saqlash, sport muassasalari, ya’ni nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlarini kengaytirish, rekonstruksiyalash, yangilashga sarflanadi. Noishlab chiqarish sohasini kengaytirish ham ishlab chiqarishni rivojlantirishning zarur shartidir. Jamg'arish summasi, uning hajmi va tarkibi takror ishlab chiqarish sur’atlarini belgilab beradigan hal qiluvchi omillardir. Jamg'arish me’yori bevosita jamg'arish summasining butun milliy daromad hajmiga nisbati bilan aniqlanadi: JM= {JSI bunda: JM - jamg'arish me’yori; JS - jamg'arish summasi; MD - milliy daromad. Jamg'arish me’yorining ham o'z chegarasi bo'lib, uni oshirish iqtisodiy jihatdan samarasiz bo'lib chiqishi va salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, uning haddan tashqari ortishi natijasida investision sarflar samaradorligi pasayib ketishi mumkin, chunki kapital mablag'lar hajmi bilan qurilish tashkilotlarining quvvatlari, materiallar va uskunalar yetkazib berish imkoniyatlari, infratuzilmaning rivojlanishi o'rtasida nomutanosiblik paydo bo'ladi. Mablag'larning sochilib ketishi, obyektlarni barpo etish muddatlarining cho'zilib ketish xavfi oshadi, oqibatda ular qimmatlashadi, barpo etish jarayonidayoq ma’naviy jihatdan eskiradi, tugallanmagan qurilishlar ko'payadi. Oqibatda iqtisodiy o'sish pasayib ketish tamoyiliga ega bo'ladi. Shunday qilib, jamg'arish hajmi iqtisodiy o'sish sur’atlari va sifatiga faqat o'zining miqdori bilangina hal qiluvchi ta'sir ko'rsatib qolmaydi. Fan-texnika revolyutsiyasi sharoitida ulardan foydalanish samaradorligi birinchi o'ringa chiqadi. Jamg'arish hajmi milliy daromadning bir qismini tashkil etadi va shu sababli milliy daromad hajmi ko'payishini belgilaydigan omillar, jamg'arish miqdorini ham belgilab beradi. Bu omillardan asosiysi qo'llaniladigan resurslar massasi va ularning unumdorligidir. Jamg'arish miqdori ishlab chiqarish jarayonida xom ashyo, materiallar, energiyani tejab-tergab sarflashga ham bog'liq. Mahsulot birligiga ularni sarflashni kamaytirish moddiy vositalarning o'sha miqdorida mahsulotlarni ko'proq hajmda ishlab chiqarishga imkon beradi. Download 291.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling