Iqtisodiy tahli va statistika


-chizma. Iste’mol grafigi


Download 291.03 Kb.
bet8/9
Sana10.02.2023
Hajmi291.03 Kb.
#1184849
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10-mavzu kurs ishi

6-chizma. Iste’mol grafigi


Chizmadan ko’rinib turibdiki, odamlar joriy yilda hech qanday daromadga ega bo’lishmasa ham, iste’mol qilishdan butunlay to’xtamaydilar, balki ular o’zlarining o’tgan yillardagi jamg’armalari yoki qarz hisobiga yashashadi. Ixtiyordagi daromad va haqiqiy iste’mol o’rtasidagi algebraik bog’liqlikni C=a+bYd ko’rinishidagi chiziqli tenglama ifodalaydi. Bunda a – ixtiyoridagi daromaddan qat’iy nazar avtonom iste’mol, b – chiziqning og’ishi. Chiziqning og’ishi iste’mol hajmini o’zgarishi (vertikal o’zgarish) va ixtiyordagi daromad miqdorini o’zgarishi (gorizontal o’zgarishi) nisbatlari sifatida aniqlanadi.
Keltirilgan ma’lumotlar asosida jamg’arish grafigini ham ko’rib chiqamiz
(7- chizma).

S S= -a + (1-b) Yd

5
0
-5 170 210 250 Yd



15-chizma. Jamg’arish grafigi


Jamg’arish grafigi ixtiyordagi daromad bilan jamg’arish o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi. Vertikal o’qdagi har bir nuqta jamg’arma miqdorini bildiradi va ixtiyordagi daromad bilan unga muvofiq keladigan iste’mol hajmi o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi (S= Yd - C). Boshlang’ich daromad darajasida jamg’arish nolga (0) teng bo’lgan holda ixtiyordagi daromad hajmi o’sib borishi bilan uning miqdori ham oshib boradi. Jamg’arish grafigi iste’mol grafigiga o’xshab algebraik ifodaga ega: S=-a+(1-b) Yd, bunda a – ixtiyordagi daromad darajasi uning boshlang’ich miqdoridan past bo’lgandagi qarz hajmi, (1-b) – og’ish burchagi bo’lib, jamg’arishni o’zgarishini (vertikal o’zgarish) daromadning o’zgarishiga (gorizontal o’zgarish) bo’lgan nisbati sifatida aniqlanadi.

Xulosa
1. Milliy iqtisodiyotda yangidan vujudga keltirilgan qiymat, ya’ni milliy daromad iste'mol va jamg'arma maqsadlarida sarflanadi. Keng ma’noda iste’mol jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanishni bildirib, unumli va shaxsiy iste’molga ajraladi.
2.Jamg'arma — bu aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadlarida to'planib borishi. Uning hajmi uy xo'jaliklari daromadidan iste'mol sarflarini ayirib tashlash yo'li bilan aniqlanadi.
3. Iste'mol va jamg'arma hajmi hamda unga ta'sir ko'rsatuvchi omilar o'rtasidagi bog'liqlik iste'mol va jamg'arma funksiyasi deyiladi. Bu funksiyalarni bayon etishda klassik iqtisodchilar va keynschilarning nuqtai nazarlari farqlanadi. Klassik iqtisodchilaming fikriga ko'ra, jamg'arma banklarning real foiz stavkasi qanchalik yuqori bo'lsa, ularning qiziqishlari shu qadar kuchli bo'ladi. J.M.Keyns klassik iqtisodchilaming bu fikrlariga qarshi chiqib, uy xo'jaliklarining iste’mol sarflari real foiz stavkasiga u qadar bog'liq emasligini.kishilar uchun hamma vaqt joriy iste’molning kelgusidagi iste’moldan afzalligini ta’kidlaydi. U iste'mol sarflari darajasiga ta’sir ko'rsatuvchi asosiy omil sifatida uy xo‘jaliklarining joriy daromadlarini ko'rsatadi.
4. Iste'molchilarning daromadlari qanchalik o'sib borgan sari ularning jamg'arishga bo'lgan moyilliklari shunchalik oshib boradi.
5. Amalda jamg'arish kapital mablag'lar yoki investision sarflar shaklida yuzaga chiqib, u yangi asosiy kapitalni hosil qilish. ishlab turganlarini kengaytirish. rekonstruksiyalash va yangilashga qilinadigan xarajatlarni ifodalaydi.
6. Jamg'arish summasi milliy daromadning bir qismini tashkil etadi va shu sababli milliy daromad hajmi ko'payishini belgilaydigan omillar, jamg'arish miqdorini ham belgilab beradi. Bu omillardan asosiysi qo'llaniladigan resurslar massasi va ularning unumdorligidir.



Download 291.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling