“iqtisodiy tahlil” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi a. B. Abdullayev tomonidan tayyorlangan “moliyaviy tahlil” fanidan taqdimot


Audit – ishonchlilik bo‘yicha mustaqil tekshiruv hisoblanadi. Audit –


Download 71.61 Kb.
bet10/22
Sana27.02.2023
Hajmi71.61 Kb.
#1234231
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
Iqtisodiy tahlil” kafedrasi 1-mavzu. Moliyaviy tahlil fanining n-fayllar.org

Audit – ishonchlilik bo‘yicha mustaqil tekshiruv hisoblanadi.

Audit – auditorlarning yoki auditorlik firmalarining buxgalteriya hisobi yoki moliyaviy hisobotlarni, buxgalteriya hujjatlari, soliqlar va boshqa majburiyatlarni auditorlik tekshiruvini amalga oshirishdan iborat tadbirkorlik faoliyati hisoblanadi.

Audit – bu korxonaning moliyaviy hisobotlarini ekspertizadan o‘tkazish, buxgalteriya hisobini yuritish tartibini, xo‘jalik va moliyaviy operatsiyalarni qonunchilik normalariga muvofiqligini, hisobotlarning to‘liqligi va to‘g‘riligini tekshirishga qaratilgan mustaqil faoliyat turidir.

Audit – bu firma va kompaniyalar uchun ishlamaydigan, mustaqil sertifikatlangan auditorlar tomonidan amalga oshiriladigan tashqi moliyaviy nazoratdir. Audit – bu sud-buxgalteriya ekspertizasini amalga oshiruvchi keng faoliyat turidir. Audit – bu bevosita va bilvosita manfaatdor bo‘lgan tomonlarning nomidan ish ko‘ruvchi mustaqil ekspertlar faoliyatidir.

Taqqoslash usuli.


  • Taqqoslash – tahlilda eng ko‘p qo‘llaniladigan usul hisoblanadi. Uning gorizontal, vertikal, trendli usullari tarkiblanadi.

  • Amalda taqqoslashning muhim shartlariga amal etish talab etiladi. Ular qatoriga o‘lchov birligi (hajm, qiymat, miqdor ko‘rsatkichlar), davriy oraliqlari, faoliyat shakli, ishlab chiqarish sharoitlari, ishbilarmonlik muhiti bir xilligi, hisob-kitoblarning metodik jihatdan yagonaligini kiritish mumkin.

  • Taqqoslashning mazmuni – qiyoslashdan iborat. Taqqoslash asosida o‘rganilayotgan obyektdagi o‘zgarishlar, ularning rivojlanish tendensiyalari va qonuniyatlari o‘rganiladi.

  • Qiyosiy tahlil quyidagi turlarga ajratib o‘rganiladi: gorizontal, vertikal, trend va shuningdek bir o‘lchamli va ko‘p o‘lchamli tahlillar.

  • Gorizontal tahlil tayanch (bazaviy) ko‘rsatkichi (reja, o‘tgan yil, o‘rtacha, ilg‘or xo‘jaliklar ko‘rsatkichi)dan haqiqiy ko‘rsatkichning mutlaq va nisbiy o‘zgarishlarini aniqlash va baholash uchun qo‘llaniladi.

  • Vertikal tahlil iqtisodiy hodisalar tuzilmasini o‘rganish maqsadida uning alohida qismlarini jamidagi salmog‘ini hisoblash yo‘li bilan amalga oshiriladi.

  • Trend tahlili ko‘rsatkichlarni bir qator yillar mobaynida nisbiy miqdorlarda o‘sish va qo‘shimcha o‘sish sur’atlarini o‘rganishda qo‘llanadi.

Download 71.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling