SUBYEKTIV (ichki) omillar deyilganda korxonalarning amaliy faoliyati bevosita bog‘liqlikda yuqori samaradorlikka va natijaviylikka erishish mumkin bo‘lgan omillar kiradi. Bunday ta’sir birliklariga mehnatni to‘g‘ri tashkil etish, rag‘batlantirish, moddiy resurslardan tejab foydalanish, xarajatlarni iqtisod qilish, quvvatlardan foydalanish, to‘lovlar intizomiga rioya qilishning o‘ziga bog‘liq bo‘lgan jihatlari kiradi.
OBYEKTIV (tashqi) omillar deyilganda, korxona faoliyatiga mutlaqo bog‘liq bo‘lmagan omillar tushuniladi, ya’ni davlat siyosatining o‘zgarib turishi, bozordagi talab-taklifning o‘zgarishi, inflyatsiya va hokazo jihatlar.
Tahlil tamoyillari
Tamoyillar
|
Tasnifi
|
Davlat manfaati nuqtayi nazaridan yondashish tamoyili
|
Iqtisodiy hodisalarni, xo‘jalik jarayonlari natijalarini baholashda davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va xalqaro siyosatlarini va qonunchiliklarini inobatga olish lozimligini tasniflaydi
|
Ilmiylik
|
Dialektik bilish nazariyasiga asoslanishi, ishlab chiqarishni rivojlantirishning iqtisodiy qonunlari talablarini hisobga olishi, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini, ilg‘or tajribalarni va iqtisodiy tadqiqotning eng yangi usullarini hisobga olishi lozim
|
Tizimlilik
|
O‘rganilayotgan obyekt murakkab dinamik tizim va u bir qator mayda unsurlardan va ularning o‘zaro bog‘lanishidan tashkil topgan deb qaralishi lozim
|
Kopmlekslik
|
Tahlil qilinayotgan obyektning barcha birliklari, bo‘g‘inlari va tomonlarini hisobga olish hamda ularning o‘zaro bog‘liqliklarini atroflicha o‘rganishni taqozo qiladi
|
| |
Do'stlaringiz bilan baham: |