Iqtisodiy tahlil metodi va uning xususiyatlari


S = Qb+T-Qo. 31 Zanjirli o‘rin almashtirish usuli


Download 93.5 Kb.
bet10/11
Sana17.02.2023
Hajmi93.5 Kb.
#1208795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
IQTISODIY TAHLIL METODI VA UNING XUSUSIYATLARI

S = Qb+T-Qo.
31
Zanjirli o‘rin almashtirish usuli
Zanjirli o‘rin almashtirish va uning matematik o‘zgarishiga
asoslangan xususiy ko‘rsatkichlarning mutlaq va nisbiy miqdorlarining
farqlar (tafovut) usuli alohida omillarning ularning o‘zaro
munosabatlashuv natijasiga ta’sirini o‘lchashda keng qo‘llaniladigan
usullardan biri hisoblanadi.
Omillar ta’siri xususiy (omilli) ko‘rsatkichlar orqali, natija esa –
umumlashtiruvchi (natijaviy) ko‘rsatkich orqali aks ettiriladi. Xususiy
va umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘lanish hisoblash
formulasi ko‘rinishida belgilanadi, uning bir tomonida xususiy
ko‘rsatkichlar va ular ustida bajariladigan matematik amallar, boshqa
tomonda esa ushbu ko‘rsatkichlar ta’sirida o‘zgaradigan umumlashtiruvchi
ko‘rsatkichlar qayd qilinadi. Umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarning
bazis (reja) dan haqiqatda og‘ishi oldindan belgilanadi.
Zanjirli o‘rin almashtirish usulining mohiyati hisoblash formulasiga
kiruvchi xususiy ko‘rsatkichlarning bazis miqdorini
mazkur ko‘rsatkichlarning haqiqatdagi miqdoriga ketma-ket
almashtirishdan va hosila o‘rin almashtirishning o‘rganilayotgan
umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar miqdori o‘zgarishiga ta’sirini
o‘lchashdan iborat. Xususiy ko‘rsatkichning bazis miqdorini har bir
almashtirishdan so‘ng hisoblash formulasida nazarda tutilgan barcha
matematik amallar haqiqatda bajariladi va olingan natijadan oldingisi
chiqarib tashlanadi ( ushbu ko‘rsatkich almashtirilgunga qadar). Natijalar
farqi ushbu xususiy ko‘rsatkich o‘zgarishining umumlashtiruvchiga
ta’sirining izlanayotgan miqdorini ko‘rsatadi, chunki qiyoslanayotgan
ketma-ket hisoblashlarda boshqa barcha xususiy ko‘rsatkichlar miqdori
bo‘yicha bir xil. Xususiy ko‘rsatkichning bazis miqdorini almashtirish
amalda o‘rin almashtirish deyiladi. O‘rin almashtirishlar soni
hisoblash formulasiga kiruvchilar soniga teng, ketma-ket hisoblashlar
soni esa ulardan bittaga ko‘p, chunki umumlashtiruvchi ko‘rsatkich
o‘zgarishining umumiy miqdorini aniqlash uchun bazis hisoblash
keltirilib, unda barcha ko‘rsatkichlar bazis miqdorlarda aks ettiriladi.
a, b, v, g ko‘paytiruvchilar ko‘rinishidagi xususiy ko‘rsatkichlarni
o‘z ichiga oluvchi hisoblash formulasida zanjirli o‘rin almashtirishlarni
quyidagicha ifodalash mumkin (2.4-jadval).
Hisob-kitobni tekshirish
Download 93.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling