Iqtisodiy tahlil metodi va uning xususiyatlari
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi va tarkibi
Download 93,5 Kb.
|
IQTISODIY TAHLIL METODI VA UNING XUSUSIYATLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nisbiy va o‘rtacha miqdorlardan foydalanish
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi va tarkibi
Agar mutlaq miqdorlar o‘rniga o‘rtacha yoki nisbiy miqdorlar qo‘llanilsa, qator hollarda ko‘rsatkichlar taqqoslanuvchanligiga erishish mumkin. Korxona ishlab chiqarish bazasini hisobga olmay turib mahsulot ishlab chiqarish hajmi, foyda miqdori kabi mutlaq ko‘rsatkichlarni taqqoslash mumkin emas. Lekin mutlaq ko‘rsatkichlar o‘rniga nisbiy ko‘rsatkichlar, masalan, bir ishchi uchun mahsulot ishlab chiqarish, bir so‘m aktivga foyda miqdori olingan bo‘lsa, u holda qiyoslash to‘laligicha to‘g‘ri hisoblanadi. Nisbiy va o‘rtacha miqdorlardan foydalanish Mutlaq ma’lumotlar bilan birga iqtisodiy tahlilda odatda foiz yoki koeffitsiyentlarda ifodalanadigan nisbiy ko‘rsatkichlar keng qo‘llaniladi. Nisbiy miqdorlar, masalan, aholi jon boshi hisobida mahsulot ishlab chiqarishni aniqlash uchun qo‘llaniladigan reja topshiriqlarining bajarilish darajasi, me’yorlarga rioya qilinishi, o‘sish sur’ati va ko‘payish, tarkibi, intensivlik ko‘rsatkichlari yoki ulushini tavsiflaydi. Bunday nisbiy ko‘rsatkichlar mutlaq sonlarda hisoblansada, nisbiy miqdorlar toifasiga kiritiladi. Ishlab chiqarish xodimlarining mehnat unumdorligi, mahsulot birligiga material sarfi kabi ommaviy hodisalarni o‘rganishda o‘rtacha miqdorlarni qo‘llash zarurati vujudga keladi. Iqtisodiy tahlilda o‘rtacha miqdorlar bir turdagi hodisalar majmuyini qandaydir belgi bo‘yicha umumlashtirilgan miqdoriy tavsifi uchun foydalaniladi, ya’ni bitta son bilan obyektlarning jami majmui tavsiflanadi. Masalan, ishchilarning o‘rtacha oylik mehnat haqi o‘rganilayotgan ishchilar majmuining mehnatiga haq to‘lash darajasining umumlashma tavsifi uchun qo‘llaniladi. O‘rtacha miqdorlar yordamida turli obyektlar majmualarini qiyoslash mumkin: rentabellik darajasi bo‘yicha tumanlar, mehnatga haq to‘lash darajasi bo‘yicha korxonalar va hokazo. O‘rtacha miqdorlarning keng tarqalgan shakli – o‘rtacha arifmetik bo‘lib, uning oddiy va tortilgan turlari mavjud. O‘lchovlar haqida bevosita ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganda o‘rtacha garmonik usul qo‘llaniladi, o‘sishning o‘rtacha sur’atini hisoblashda esa o‘rtacha geometrikka murojaat qilinadi. O‘rtachani hisoblashning mazkur usullari o‘rganilayotgan majmuaning o‘ziga xos jihatlarini tavsiflash uchun yetarli bo‘lmasligi mumkin. Bunda ixtiyoriy o‘rtacha tortilgan miqdor hisoblash manbasi bo‘lib xizmat qiluvchi ma’lumotlar tarkibining hosilasi ekanligini nazarda tutish talab etiladi. Sonlarni qatorlarga yanada teng taqsimlash barcha qatorlar uchun yanada tipik o‘rtacha miqdorni beradi va aksincha. Misol, 2016 yilning to‘rt kvartali uchun ma’lumotlar bo‘yicha mahsulot sotishning o‘rtacha kvartal hajmini hisoblash. Download 93,5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling