Iqtisodiy tahlil nazariyasi I bob. Iqtisodiy tahlilning mazmuni, predmeti va vazifalari


O‘zbekiston  Resrublikasida  iqtisodiy  tahlil  quyidagi  yo‘nalishlar-


Download 372.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/26
Sana01.12.2021
Hajmi372.79 Kb.
#178448
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
Bog'liq
1 боб

O‘zbekiston  Resrublikasida  iqtisodiy  tahlil  quyidagi  yo‘nalishlar-

da rivojlanishi lozim: 

·  raqobatdosh  iqtisodiyotni  shakllantirish  va  uni  rivojlantirishda 

xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarning  faoliyatini  moliyaviy  va  boshqaruv 

jihatidan tahlil etishni takomillashtirish lozim; 

·  hozirgi  vaqtda  respublikamizda  ko‘p  mulkchilikka  asoslangan 

bozor tizimidagi korxonalar vujudga keldi. Iqtisodiy tahlil ham ana shu 

sohaga mos rivojlanishi lozim; 

·  O‘zbekistonda  barcha  sohalar  bo‘yicha,  ayniqsa,  buxgalteriya 

hisobining  jahon  andozalariga  mos  tizimi  qabul  qilinmoqda.  Bu  esa 

xalqaro  andozaga  mos  moliyaviy  va  boshqaruv  tahlili  tizimini  ham 

yaratishni taqozo etadi; 

·  bu  fanning  nazariyasini  o‘zimizda  shakllanayotgan  bozor 

iqtisodiyotining xususiyatlarini inobatga olgan holda yaratish lozim; 

·  O‘zbekistonda  makroiqtisodiy  tahlil  amaliy  jihatdan  obyektiv 

zaruriyatga  aylandi,  ammo,  uning  nazariyasi  va  metodologiyasi 

yaratilgan emas, shu tufayli kelajakda makroiqtisodiy tahlilni nazariy va 

metodologik asosi ishlab chiqilishi lozim; 

·  olimlar sanoat, qurilish, transport, xizmat va boshqa iqtisodiyot-

ning muhim sohalari bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘lanmalar yaratishlari 

lozim; 



 

27

·  iqtisodchi  mutaxassislarni  tayyorlashda  bu  fanga  tegishli 



ahamiyat berilishi va davlat ta’lim standartlariga hamda o‘quv rejalariga 

kiritish lozim. 

Ushbu  tadbirlarning  amalga  oshishi  mustaqil  davlatimizning  mus-

taqil  fani  –  iqtisodiy  tahlilning  rivojlanishi  uchun  asos  bo‘ladi.  Bu 

fanning  kelajakda  ahamiyati  keskin  oshadi,  chunki  bozor  iqtisodiyoti 

sharoiti  har  xil  korxonalarning  xo‘jalik  faoliyatini  chuqur  o‘rganishni, 

tahlil qilishni taqozo etmoqda. 


Download 372.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling