Iqtisodiy tahlil nazariyasi I bob. Iqtisodiy tahlilning mazmuni, predmeti va vazifalari
Iqtisodiy tahlil fanining predmeti haqida tushuncha
Download 372.79 Kb. Pdf ko'rish
|
1 боб
1.4. Iqtisodiy tahlil fanining predmeti haqida tushuncha
Respublikamizda raqobatdosh iqtisodiyotni shakllantirish jarayo- nida korxonalarning yanada rivojlanishi bevosita ularni boshqarish tizi- miga bog‘liqdir. Iqtisodiyotda korxonalar faoliyatini samarali boshqarish uchun esa ular faoliyatini muttasil o‘rganib, tahlil qilib turish kun tartibidagi asosiy masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham barcha boshqaruv bo‘g‘inlarida iqtisodiy tahlil muhim ahamiyatga ega, chunki, iqtisodiy tahlil vositasida axborotlar hamda ma’lumotlar o‘rganilib, qayta ishlanib jamiyat hamda alohida olingan korxonalarning faoliyati tezkorlik bilan yo‘lga solib turiladi. Fan - texnika yangliklari asosida ishlab chiqarishni yangi texnika hamda texnologiya bilan ta’minlash, modernizatsiya qilingan ishlab chiqarish imkoniyatlaridan jadal foydalanish, boshqaruv tizimini, xo‘ja- lik mexanizmini zamonaviy usullar hamda yangi innovatsion g‘oyalar bilan takomillashtirish negizida iqtisodiyotni rivojlantirish hamda shu asosda xalqimizning farovonligini yanada yuksaltirish hozirgi davrda 33 oldimizda turgan dolzarb vazifalardir. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli ba- jarish uchun sanoat korxonalarining faoliyatini har tomonlama hamda muntazam tarzda iqtisodiy tahlil qilish darkor. Erkin iqtisodiy munosabatlar sharoitida iqtisodiy tahlil jarayonida o‘rganilayotgan hodisa yoki jarayon maydadan-yirikka, oddiydan-mu- rakkabga yoki aksincha, umumiylikdan eng kichik omilga qadar o‘rga- nadi hamda umumiy birligi va bir-biri bilan uzviy bog‘lanishi e’tiborga olinadi. Demak, iqtisodiy tahlil fani firma va korxonalarning iqtisodiy – ijtimoiy faoliyatini obyektiv va subyektiv omillarni e’tiborga olgan holda o‘rganadi. Fanning predmeti, shu fan nimani o‘rgatadi degan savolga javob berishi lozim bo‘ladi. Har qanday mustaqil fan o‘zining predmetiga ega. «Iqtisodiy tahlil» fanining predmetiga keng ma’noda qaraydigan bo‘lsak, u iqtisodiy fan sifatida tahlil qilinayotgan obyekt xo‘jalik faoliyatining barcha sohalarini o‘z ichiga oladi, lekin har bir iqtisodiy fan o‘ziga xos xususiyatga, o‘zi o‘rganadigan predmetiga ega. Bu faqat shu fanga xos bo‘lib, imkoni boricha boshqa fanlarda takrorlanmasligi lozim. Bu talab shu fanning mustaqil fan sifatida faoliyat ko‘rsatishi uchun asosiy shartlardan biri hisoblanadi. «Iqtisodiy tahlil» fanining predmeti tom ma’noda tahlil qilinayotgan obyektning xo‘jalik faoliyatidir, ammo, «Boshqaruv hisobi», «Moliya- viy hisob», «Statistika», «Moliya», «Audit», «Marketing», «Menej- ment» kabi fanlarning ham predmeti keng ma’noda xo‘jalik faoliyatidir. Bu fanlar ham xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘layotgan ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarning u yoki bu jihatini o‘rgatadi. Demak, har bir fanning, shu jumladan, «Iqtisodiy tahlil» fanining o‘ziga xos va mos jihatini, unga tegishli predmetini aniqlab olish lozim. Tahlil fani xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘layotgan barcha ijtimoiy- iqtisodiy jarayonlarni o‘z ichiga oladi, ammo bu jarayonlarning sodir bo‘lish paytini emas, balki uning natijasini o‘rganadi, obyektda sodir bo‘ladigan iqtisodiy jarayonlar uning biznes-rejasida ko‘zda tutilgan ma’lumotga asoslansa, jarayonning sodir bo‘lishini qonuniy jihatdan hujjatlashtirish bilan «Boshqaruv hisobi», «Moliyaviy hisob» va «Statis- tika» kabi fanlar shug‘ullanadi. Shu jarayonlarning natijasi ma’lum davrlarda (oy, chorak, yil) jamlanib boriladi va turli hisobotlarda o‘z aksini topadi. Tahlil esa aynan ana shu tuzilgan hisobotlarga, jamlangan hujjatlarga asoslanadi.
34 «Iqtisodiy tahlil» fanining predmeti haqida turli iqtisodiy adabiyot- larda iqtisodchi olimlarning qarashlari turlicha talqin etilgan. Masalan, iqtisodchi olim M.Q.Pardayev tahlilning predmetiga quyidagicha ta’rif bergan: «tahlil fanining predmeti, xo‘jalik faoliyatida obyektiv (tashqi) va subyektiv (ichki) omillar ta’sirida sodir bo‘lgan, bo‘layotgan va bo‘ladigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ma’lumotlar manbayida ifodalangan ko‘rsatkichlar tizimi orqali uning holatiga baho berish va yaxshilash yo‘llarini ishlab chiqishni o‘rganishdan iboratdir». Ushbu olimning fikrlariga qo‘shilgan holda, biz hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida «Iqtisodiy tahlil» fanining predmetiga quyida- gicha ta’rif berishni lozim deb topdik. Download 372.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling