Iqtisodiy tahlil nazariyasi I bob. Iqtisodiy tahlilning mazmuni, predmeti va vazifalari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar faoliyatini tahlil
Download 372.79 Kb. Pdf ko'rish
|
1 боб
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar faoliyatini tahlil
etishda iqtisodiy tahlilning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: · o‘rganilayotgan obyektga (hodisaga) to‘g‘ri va xolisona baho berish; · korxonaning biznes-rejasini tuzish uchun tegishli axborotlar bilan ta’minlash; · tuzilgan biznes-rejalarning to‘g‘ri va ilmiy asoslanganligiga baho berish;
37 · har bir yo‘nalishga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ularning ta’sirini hisoblash va shu omillarni ishning samaradorligini oshirishga safarbar qilish; · biznes-rejaning bajarilishi natijasida korxonaning moliyaviy barqarorligini ta’minlanishi, uning iqtisodiy qudratini yaxshilanishi, har bir xo‘jalik subyektining raqobatbardoshliligini oshirilishi uchun mavjud ichki va tashqi imkoniyatlarni o‘rganish; · moddiy, mehnat va moliyaviy boyliklardan samarali va oqilona foydalanganlikka baho berish; · korxonaning iqtisodiy va moliyaviy potensialiga, uning to‘lovga qobiliyatliligiga baho berish hamda bu natijaga tezkor chora-tadbirlarni qo‘llash yo‘llarini ishlab chiqish; · xo‘jalik hisobi tamoyillariga, tijorat hisob-kitoblariga amal qilishlikni muntazam tekshirib turish; · korxonalarda mavjud bo‘lgan samaradorlikni oshirish yo‘lida ularning imkoniyatlarini aniqlash; · korxonaning tijorat sirini saqlagan holda uning moliyaviy ah- volini keng jamoatchilikka ko‘rsata bilish va tashqi investorlarni korxona faoliyatini yaxshilashga jalb etish; · korxonani boshqarishning eng qulay va nafli usullarini ishlab chiqish, ilg‘or g‘oya va tajribalarni o‘rganilayotgan hodisaga qo‘llash yo‘l-yo‘riqlarini ko‘rsatib berish, tegishli axborotlar manbayini yetkazib berish;
· eng to‘g‘ri va oqilona, kelgusida ish yuritish va korxonalarni boshqarish bo‘yicha xulosalar berish; · korxonalarni rivojlantirishning joriy va istiqbolli rejalarini tuzish uchun iqtisodiy ko‘rsatkichlar asosini aniqlash; · rejaning bajarilishiga obyektiv baho berish hamda uni bajarishda korxonalarga bog‘liq bo‘lgan va bog‘liq bo‘lmagan omillar va sabablarni bir-biridan ajratgan holda aniqlash; · korxonalarning xo‘jalik faoliyati jarayonida erishishi mumkin bo‘lgan natijalarni oldindan aniqlash; · korxonalarni rivojlantirishga asos bo‘ladigan innovatsion g‘oyalarni iqtisodiy jihatdan asoslash; · korxonaning istiqbolli rejalarini tuzish uchun iqtisodiy ko‘rsatkichlar asosini aniqlash; · qabul qilingan boshqaruv qarorlarini maqbulligini o‘rganish (boshqaruvning iyerarxik tuzilishidagi barcha bosqichlar bo‘yicha).
38 Bozor iqtisodiyoti sharoitida «Iqtisodiy tahlil»ning vazifasi ushbu yuqorida ta’kidlangan vazifalar bilan cheklanmaydi. Bozor sharoitida korxonalar faoliyati shu darajada serqirraki, tahlil jarayonida uning hamma jihatlarini o‘rganish lozim bo‘ladi. Shu sababli ham, iqtisodiy tahlilning vazifasi ham ko‘p qirralidir. Biz esa shu kabi vazifalarning ayrimlarini sanab o‘tdik xolos. Ko‘rinib turibdiki, iqtisodiy tahlilning vazifasi bozor munosabatlari shakllanayotgan bugungi sharoitda ham, kelajakda ham korxonalar xo‘jalik faoliyatini uzluksiz yaxshilab borishi uchun iqtisodiy dastak sifatida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Download 372.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling