Iqtisodiy tahlil nazariyasi I bob. Iqtisodiy tahlilning mazmuni, predmeti va vazifalari


Iqtisodiy  tahlil  ham  aniq  fan  sifatida  quyidagilar  haqida  maxsus


Download 372.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/26
Sana01.12.2021
Hajmi372.79 Kb.
#178448
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Bog'liq
1 боб

Iqtisodiy  tahlil  ham  aniq  fan  sifatida  quyidagilar  haqida  maxsus 

bilim beradi: 

·  Iqtisodiy jarayon, hodisa va voqealar rivojlanishini, o‘zgarishini 

obyektiv  (tashqi)  va  subyektiv  (ichki)  ta’sir  etuvchi  omillar  bilan 

umumiy bog‘liq holda o‘rganish; 

·  O‘rganilayotgan  firma,  tashkilot,  muassasa  va  uyushmalarning 

faoliyatini to‘liq va keng o‘rgangan holda aniq va xolisona baho berish; 

·  Ijobiy va salbiy ta’sir etgan omillarni aniqlash, raqamlarda ko‘r-

satish va hisoblash; 

·  Bor bo‘lgan imkoniyatlar, samaradorlikni oshirishni yo‘l-yo‘riq-

larini ko‘rsata olish; 

·  Ilg‘or  g‘oya  va  tajribalarni  o‘rganilayotgan  jarayonga  qo‘llash 

yo‘nalishlarini belgilash; 

Moliyaviy va boshqaruv tahlilida o‘rganilayotgan hodisa yoki jara-

yon maydadan-yirikka, oddiydan murakkabga yoki, aksincha o‘rganiladi 

hamda  umumiy  birligi  va  bir-biri  bilan  uzviy  bog‘lanishi  e’tiborga  oli-



 

31

nadi.  Demak,  xo‘jalik  faoliyatini  tahlili  firmalarining  iqtisodiy  faoliya-



tini obyektiv va subyektiv omillarni e’tiborga olib o‘rganadi. 

Turli  mulkchilik  tizimiga  asoslangan  iqtisod  bozor  mexanizmining 

muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Uning subyektlari bo‘lgan korxona 

va  tashkilotlar,  alohida  tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shug‘ullanuvchi 

subyektlar  mulkning  egasi  va  tasarruf  etuvchisi  sifatida  uni  to‘g‘ri 

boshqarishdan manfaatdordirlar, bu esa, albatta, sodir bo‘layotgan xo‘ja-

lik  jarayonlari  va  hodisalarini  davriy  kuzatishni,  faoliyat  natijaviyligini 

batafsil  o‘rganishni  iqtisodiy  tahlil  qilishni  talab  etadi.  Shu  jihatdan 

korxona  (firma)  faoliyatini  boshqarishning  muhim  vositasi  va  quroli 

bo‘lgan iqtisodiy tahlil o‘ta ahamiyatli hisoblanadi. 

Belgilangan  rejalarning  amalda  qanday  bajarilayotgani  yoki  ishlab 

chiqarishni  borishi  to‘g‘risidagi  real  ahvol  buxgalteriya  hisobi  yorda-

mida  o‘rganiladi.  Buxgalteriya  hisobida  shakllangan  ma’lumotlar  piro-

vard  natijada  boshqaruv  ehtiyojlari  uchun  ishlatiladi.  Boshqaruv 

qarorlari  esa  tahlil  ma’lumotlariga  asoslanadi.  Demak,  iqtisodiy  tahlil 

reja,  bozordagi  ahvol  va  buxgalteriya  hisobi  ma’lumotlari  asosida 

obyektdagi  o‘zgarishni  miqdor  va  sifat  jihatdan  o‘rganadi  hamda  baho 

beradi.  Uning  yordamida  yo‘l  qo‘yilgan  kamchiliklar  topiladi  hamda 

tugatiladi,  obyektni  yanada  rivojlantirish  yo‘llari  belgilanadi  yoki 

samarali  ishlashni  ta’minlaydigan  yo‘nalishga  o‘tkaziladi.  Bu  esa, 

boshqaruv  qarorlarini  nechog‘lik  real  qabul  qilinishiga  asos  bo‘ladi. 

Demak, buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari ham iqtisodiy-tah-

lil  vositasida  qayta  ishlanar  ekan.  Bu  bilan  tahlilning  boshqaruv  faoli-

yatini to‘g‘ri ekanligi va uning mohiyati yanada yaqqolroq ko‘rinadi. 

Boshqaruv  jarayonida  tartibga  solish  funksiyasi  –  boshqaruvchi 

subyektning  eng  maqbul  boshqaruv  qarorlarini  qabul  qilishda  o‘ta  mu-

him  hisoblanadi.  Bu  bilan,  o‘rganilayotgan  obyektga  kompleks  yondo-

shilib,  butun  bir  tuzilmani  ijobiy  va  salbiy  jihatlari  nazarda  tutilgan 

holda  eng  maqbul  choralar  yoki  tadbirlar  belgilinadi.  Natijada,  bosh-

qaruv  obyekti  faoliyati  yoki  dasturidagi  salbiy  holatlar  tugatiladi  va 

boshqaruv  dasturlariga  aniqlik  kiritiladi.  Mazkur  ishlar  bevosita 

iqtisodiy tahlil yordamida amalga oshiriladi. Chunki, tartibga solinayot-

gan har bir obyekt har tomonlama chuqur o‘rganiladi. 

Boshqaruvda  asosiy  faoliyatni  ishonchliligini  ta’minlashda  nazorat 

etishning  ham  roli  kattadir.  Uning  yordamida  faoliyatning  borishi, 

ularning  nechog‘lik  haqqoniyligi  tekshiriladi.  Tekshirish  jarayonini 

sifati,  ishonchliligini  oshirish  uchun  tahlilning  usullari,  tamoyillaridan 



 

32

foydalaniladi  va  shu  asosda  kerakli  xulosalar  yoziladi.  Misol  uchun, 



korxonada  audit  tekshirishlarida  moliyaviy  holat;  barqarorlik;  natijalar 

va shu kabilarni o‘rganadi. Aytib o‘tilgan barcha boshqaruv funksiyalari 

korxonani  iqtisodiy  rivojlanishi  uchun  tayinlangan,  biroq,  korxonani 

faqatgina  iqtisodiy  tuzilma  deb  qarash  ham,  unga  bir  tomonlama 

yondoshishni  keltirib  chiqaradi,  chunki,  uning  o‘ziga  xos  ijtimoiy, 

ekologik  va  boshqa  shu  kabi  jihatlari  ham  mavjud.  Demak,  korxona 

tuzilmasida  ijtimoiy,  ekologik  jarayonlarni  ham  tahlil  etish  undagi 

mazkur yo‘nalishdagi haqiqiy ahvol va uning takomillashtirish masalala-

rini  o‘rganadi  va  ularga  ta’sir  etadi.  Bularning  natijasi  esa,  iqtisodiy 

jarayonlarga  ko‘rsatgan  ta’siri  bilan  aniqlanadi.  Fikrimizni  umumlash-

tirib,  shu  narsalarni  aytish  mumkinki,  iqtisodiy  tahlil  korxonani 

boshqarishning muhim funksiyalaridan biridir. 

Uning yordamida: 

 a) boshqaruv qarorlarini ilmiy asoslanishi ta’minlanadi; 

 b)  mulk  va  mablag‘lardan  foydalanishning  muqobillik  shartlarini 

belgilaydi  va  boshqaruvchi  ular  qatoridan  o‘zi  uchun  maqbul  bo‘lgan 

optimal variantlarni tanlaydi; 

 d)  istiqbolli boshqarish uchun zamin tayyorlaydi.  

 

 


Download 372.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling