Iqtisodiy tahlil va audit


Byudjet fondidan foydalanish (byudjet xarajatlari)


Download 74.58 Kb.
bet2/6
Sana19.06.2023
Hajmi74.58 Kb.
#1603742
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Davlat byudjeti

3. Byudjet fondidan foydalanish (byudjet xarajatlari).

  • Davlat byudjetining xarajatlari, xuddi uning daromadlari singari, ikki yoqlama xarakterga ega. Bir tomondan, bu davlatning xarajatlari, boshqa tomondan esa - sub'ektlarning ixtiyoriga tushadigan qaytarilmaydigan mablag'lar bo'lib, ularning daromadlariga aylanadi va ular tomonidan turli maqsadlarga mo'ljallangan tegishli fondlarni shakllantirishda foydalaniladi.

Byudjet kategoriyasi sifatida davlat byudjetining xarajatlari o'zining turli ko'rinishdagi shakllariga ega. Ulaming shakllari quyidagi ko'rinishlarda bo'lishi mumkin:

  • smetali moliyalashtirish (bunda korxona yoki tashkilot o'z daromadlariga ega bo'lmasdan davlat byudjetining mablag'lari hisobidan to'liq saqlanadi);
  • davlatning korxona va tashkilotlariga mablag' berishi (bunda moliyalashtirish ob'ektlari sifatida faqat kapital qo'yilmalar, aylanma mablag'lar va operatsion xarajatlar maydonga chiqadi);
  • dotatsiyalar (bunda byudjet rejali-zararga ishlaydigan korxonalarning zararlarini qoplaydi).

Davlat byudjeti

  • davlat byudjetining iqtisodiy mazmuni deganda umumdavlat pul fondini shakllantirish, mablag'larni byudjetlar ichida taqsimlash va sub'ektlarni byudjetdan moliyalashtirish natijasida vujudga keladigan, o'zaro bog'langan taqsimlash munosabatlarining butun kompleksi tushuniladi.

2. Davlat byudjetining daromadlari

  • Davlat byudjetining daromadlari o'z manbalariga ko'ra quyidagi guruhlarga bo'linadi:
  • soliqli daromadlar;
  • soliqsiz daromadlar;
  • tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) tarzda o'tkaziladigan pul mablag'lari.

Soliqli daromlar

  • Byudjetning soliqli daromadlari tarkibi mamlakat soliq qonunchiligiga muvofiq umumdavlat soliqlari va yig'imlari, mahalliy soliqlar va yig'imlar, bojxona bojlari, boj yig'imlari va boshqa boj to'lovlari, davlat boji, penya va jarimalardan iborat.

Soliqsiz daromadlar

  • davlat mulkidan foydalanish tufayli olingan daromadlar (soliqlar va yig'imlar to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq to'langan soliq va yig'imlardan so'ng);
  • byudjet tashkilotlari tomonidan ko'rsatilgan to'lovli xizmatlardan kelgan daromadlar (soliqlar va yig'imlar to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq to'langan soliq va yig'imlardan so'ng);
  • fuqarolik-huquqiy, ma'muriy va jinoiy choralarni qo'llash natijasida olingan mablag'lar, jumladan, jarimalar, musodaralar, tovon to'lashlar va davlat sub'ektlariga yetkazilgan zararlarni tiklash bo'yicha olingan mablag'lar hamda majburiy undirilgan boshqa mablag'lar;
  • moliyaviy yordam ko'rinishidagi daromadlar (byudjet ssudalari va byudjet kreditlaridan tashqari);
  • boshqa soliqsiz daromadlar.

Download 74.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling