Iqtisodiy tahlil va audit


byudjet defitsiti vujudga kelishining eng umumiy sabablari quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin


Download 74.58 Kb.
bet6/6
Sana19.06.2023
Hajmi74.58 Kb.
#1603742
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Davlat byudjeti

byudjet defitsiti vujudga kelishining eng umumiy sabablari quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin:

  • ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligi nisbatan pastligi;
  • tashqi iqtisodiy aloqalarning natijasi nisbatan kamligi;
  • byudjet xarajatIari tarkibiy tuzilishi (strukturasi)ning oqilona emasligi;
  • mamlakat miqyosida mavjud bo'lmagan mablag'lar hisobidan yashashga intilish;
  • yirik davlat investitsiyalarini amalga oshirish amaliyotining
  • mavjudligi;
  • harbiy xarajatlar darajasining nisbatan kattaIigi;
  • real ichki Imkoniyatni yetarli darajada hisobga olmagan holda
  • boshqa mamlakatlarga yordam berilishi;

Byudjet defitsitini moliyalashtirishning barcha manbalarini ikki guruhga bo'lish qabul qilingan:

1) ichki manbalar;

  • mamlakat hukumati tomonidan shu mamlakatning milliy valyutasida kredit tashkilotlaridan olingan kreditlar;
  • mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog'ozlarni chiqarish orqali amalga oshirilayotgan davlat zayomlari;
  • davlat mulkiga tegishli bo'lgan mol-mulkni sotishdan olingan tushumlar;
  • davlat zaxiralari va rezervlar bo'yicha daromadlarning xarajatlardan o'sgan qismi summasi;
  • byudjet mablag'larini hisobga oluvchi hisobvaraqlaridagi mablag'lar qoldig'ining o'zgarishi.

2) tashqi manbalar

  • mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog'ozlarni chiqarish orqali xorijiy valyutada am alga oshirilgan davlat zayomlari;
  • xorijiy valyutada taqdim etilgan va mamlakat hukumati tomonidanjalb qilingan xorijiy davlatlar, banklar va firmalar, xalqaro moliyaviy tashkilotlarning kreditlari.

Download 74.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling