Iqtisodiy tahlilda taqqoslash va guruhlashtirish usullarini qo’llash Reja
Download 22.79 Kb.
|
1 2
Bog'liqIqtisodiy tahlilda taqqoslash va guruhlashtirish usullarini qo
3. Guruhlashtirish usuli
Har bir iqtisodiy hodisa va jarayonlar eng avvalo, boshlang’ich hujjatlarda aks ettiriladi. Bu boshlang’ich hujjatlardagi ma’lumotlarni tahlil qilish uchun, ular ma’lum tartibga solinishi “analitik guruhlashtirish” zarur. Analitik guruhlashtirish – bu yig’ma-umumiy ma’lumotlardan alohida muhim belgilari va xususiyatlarga ajratish bo’yicha guruhlarga ajratishdir. Analitik guruhlarning o’zining bajaradigan maqsadi va mazmuniga qarab: tipologik, tarkibi va omili guruhlarga ajratish tushuniladi. Bunday guruhlar tuzishga sanoat korxonalarida barcha hodimlarni kategoriyalariga ajratilishini misol qilish mumkin. Sanoat ishlab chiqarish hodimlarining kategoriyalariga qarab asosiy va yordamchi ishlarga, injener-texnik hodimlar, va ishchilar o’rtasidagi nisbatlarni qay darajadaligini o’rganadi. Shu bilan birga keyinchalik har bir turdagi kategoriyalardagi hodimlarni o’z ichidagi yana mayda guruhlar tuzilishi mumkin. Ya’ni: Tarkibiy guruhlashtirish – umumiy yirik belgilar bo’yicha tuzulgan guruhlar ichidan ayrim qonuniyatlar va belgilarni o’rganishga mo’ljallanadi. Masalan: umumiy ishchilar sonini malakasi, ma’lumoti, ish ( tartibi) tajribasi, Yoshi, jinsi va boshqa belgilari bo’yicha o’rganish. Omilli guruhlashtirish – o’rganiladigan hodisa va qonuniyatlarning o’zgarish sabab-oqibatlariga ta’sir qiluvchi omillar bo’yicha guruhlarga ajratishga mo’ljallanadi. Bunday guruhlarga hodimlarning oylik maoshini o’zgarishini va ularning ish stajiga bog’liqligiga qarab guruhlar tuzishni misol keltirish mumkin. Download 22.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling