“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy talimotlar tarixi-1
56
Sinflar nazariyasi. F.Kene o’zi ishlab chiqqan unumlilik qoidasiga asoslangan holda jamiyatni uch sinfga ajratib ko’rsatib beradi: unumli sinf, unumsiz sinf, mulkdorlar sinfi. Unumli sinf - bu qishloq xo’jaligida ish bilan band bo’lgan barcha kishilar, dehqon va fermerlar ham kiradi. Ular sof mahsulot yaratadilar. «Unumsiz» sinf - bular xunarmandlar, ishchilar, savdogarlar, xizmatkorlar, to’ralar, ya’ni dehqonchilikdan boshqa sohada ish bilan band bo’lgan kishilar. Ular faqat o’zlarini ta’minlaydilar, o’z iste’moliga qanchalik mahsulot kerak bo’lsa, shunchalik mahsulot yaratadilar. Ular jamiyat uchun foydali, ammo o’zining ham, jamiyatning ham boyligini ko’paytirmaydi, shu ma’noda unumsizdir. Mulkdorlar sinfi er egalari, unga qirol va ruhoniylar ham kiradi. Mulkdorlar sinfi sof foydani olishga haqli, negaki ular o’z paytida erlarni o’zlashtirgan, erning unumdorligini oshirgan. Mulkdorlar tomonidan olinadigan daromad - bu ularning oldin qilgan xarajatlari uchun in’om. Albatta, jamiyatning sinflarga bunday bo’linishi noto’g’ridir. A.Smit fiziokratlarning bu boradagi ko’z qarashini kinoyali ravishda shunday deydi: agar ularning mantig’iga amal kilsak, unda faqat ikki farzand ko’radigan har qanday nikohni unumsiz deb tan olish kerak bo’ladi. 57 Kapital nazariyasi. Iqtisodiy fikrlar tarixida kapital to’g’risidagi birinchi chuqur nazariy tushunchani F.Kene ilgari surdi. Merkantilistlar kapitalni pul bilan bir narsa deb hisoblagan bo’lsalar, F.Kene fikriga ko’ra «pul unumsiz boylik bo’lib, u hech narsa ishlab chiqarmaydi». Uning atamasi bo’yicha qishloq xo’jaligi qurollari, qurilishlari, mollari, hayvonlari va dehqonchilikda bir necha ishlab chiqarish tsikllarida foydalaniladigan barcha narsalar «dastlabki avanslar» deyiladi (Hozirgi zamon atamasi bo’yicha - asosiy kapital). Bir ishlab chiqarish tsiklida ishlatiladigan urug’lik, em-xashak, ishchilarning mehnat haqi va boshqalarni u «har yillik avanslar»ga kiritdi (Hozirgi zamon atamasi buyicha - aylanma kapital). Ammo F.Kenening xizmati faqat kapitalni ishlab chiqarishdagi roliga qarab uni asosiy va aylanma kapitallarga bo’lishdangina iborat emas. Undan tashqari, u aylanma kapital bilan birga asosiy kapital ham xarakatda bo’lishini ishonarli qilib isbotlab berdi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling