“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/113
Sana20.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1790375
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   113
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi-1

 
A.Tyurgoning iqtisodiy ta’limoti
F.Kenening g’oyalari Ann Rober Jak Tyurgo (1727-1781yy.) tomonidan 
davom ettirildi va rivojlantirildi. A.Tyurgo Parijda dvoryanlar oilasida tug’ildi. 
Oilaviy an’anaga ko’ra u diniy ta’lim olishga majbur bo’ldi. Lekin Sarbonnaning 
Teologiya (diniy) fakultetini tugatgach, bu sohada ishlashdan bosh tortdi. 1751 yildan 
Parij parlamentining chinovnigi, 1761-74 yillarda Limojda (Limuzen provintsiya - 
viloyat markazi) intendant (gubernator), lavozimida ishladi. Bu uzoq viloyatda 
markaziy hokimiyat vakili sifatida u xo’jalik ishlarini, jumladan soliq olish tizimini 
nazorat qilib turdi. Aynan Limojda yashab turgan davrda A.Tyurgo o’zining 
«Boylikning yaratilishi va taqsimlanishi to’g’risida mulohazalar» (1766) nomli asosiy 
iqtisodiy asarini, tugallanmasdan qolgan «Qimmat va pul» (1769) kitobini va boshqa 
asarlarni g’zdi. Ulardagi fikrlar, umuman fiziokratik qarashlarga hamda bozor 
iqtisodiy munosabatlari tamoyillariga, eng avvalo, erkin raqobat va erkin savdo 
tamoyillariga asoslangan.
1774 yili qirol Lyudovik XVI A.Tyurgoni moliya bosh nazoratchisi lavozimiga 
(moliya vaziri lavozimi bilan bir xil) tayinladi. Bu lavozimda ikki yilga yaqin 
ishlagan A.Tyurgo, davlat xarajatlarini kamaytirishga erisha olmagan bo’lsada, lekin 
mamlakat iqtisodig’tini har tomonlama erkinlashtirish uchun imkoniyat yaratib 
beruvchi bir qator farmon va qonun loyihalarini amalga oshirishga muvaffaq bo’ldi. 
Ammo uning har bir islohotga oid yangiliklari parlamentda o’zining monopol 
mavqeini saqlab qolishga intilgan chinovniklar tomonidan qattiq qarshilikka duch 
keldi. Shuning uchun islohotlari ko’p vaqt amal qilmadi. 1776 yili A.Tyurgo iste’foga 
chiqqach, ular bekor qilindi.
A.Tyurgo vazir sifatida amalga oshirgan asosiy islohotlar: mamlakat 
ichkarisida don va uning erkin savdosining tashkil etilishi; qirollikka erkin don olib 
kelish va undan boj to’lovlarisiz erkin don olib chiqish; natural er majburiyatining 
pulli er solig’i (o’lpon) bilan almashtirilishi; sanoat sohasida tadbirkorlikning 
rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi xunarmandchilik tsexlari va gildiyalarining (yirik 
savdogarlar va xunarmandlar birlashmasi) bekor qilinishi va boshqalar hisoblanadi.  

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling