“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/113
Sana20.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1790375
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   113
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi-1

 
 
5. Fizokratizmning ahamiyati va uning tarixiy taqdiri. 
Iqtisodiy ta’limotlar tarixida fiziokratlar o’ziga xos o’rinni egallaydi. A.Smit 
o’z vaqtida «fiziokratizm tizimi qanchalik nomukammal bo’lmasin, shu davrgacha 
chop etilgan iqtisodiy g’oyalar ichida haqiqatga eng yaqini edi» - deb aytgan. Bu 
ta’limotning merkantilizmni inkor qilishi, mehnat bilan er boylikning asosi ekanligini 
tan olishi, savdo-sotiqda bojxona cheklashlarini bekor qilishni taklif etishi nihoyatda 
muhimdir. Fiziokratlarning boylik tezisi, ayniqsa uni yaratishdagi mehnatning roli 
diqqatga sazovor: boylik - bu jamiyat mehnati bilan har yili yaratilgan iste’mol 
qiymatlar yig’indisidir. Bu tezis A.Smit tomonidan ham qabul qilingan.
Kapital va uning ikki qismga ajratib ko’rsatilishi (asosiy va aylanma), takror 
ishlab chiqarish jarag’ning tahlil kilinishi, erkin sohibkorlik to’g’risidagi g’oyalar, 
jamiyatning sinflarga ajratilishi iqtisodiy ta’limotlarning rivojida keyingi muhim 
qadamdir.
Qishloq xo’jaligini rivojlantirish uchun erkin bozor munosabtlariga o’tish va 
dehqonchilikdan olinadigan soliqni kamaytirish zarurligi, yagona soliq tizimiga o’tish 
kerakligi to’g’risidagi fikrlar nihoyatda qimmatlidir. Chunki soxibkor va tadbirkorlar 
shaxsiy manfaatdorlik bo’lgan sharoitda ishlab chiqarishni tez rivojlantirishga 
intiladilar. Hozirgi zamon tili bilan aytganda, fiziokratlar sof bozor 
munosabatlarining unsurlarini asosan to’g’ri hal etib berdilar. 
Xalq xo’jaligi tarmoqlari o’rtasida muayyan mutanosiblik bo’lgan sharoitda 
takror ishlab chiqarish va realizatsiya jarag’nining uzluksiz davom etishi mumkinligi 
aniqlab berildi. Bu muammoni hal etishda fiziokratlar tomonidan mamlakatdagi uch 
sektori o’rtasidagi munosabatlar misol qilib olingan. Ammo amalda, ayniqsa hozirgi 
davrda, bunday sektorlar juda ko’p bo’lib ular o’rtasidagi aloqalar Nobel mukofoti 
soxibi V. Leontevning «xarajatlar - ishlab chiqarish» balansida N ta tarmoq uchun 
ishlab chiqilgan. Hozirgi davrda bunday balans tarmoqlararo balans deb yuritiladi va 
makroiqtisodiy tahlilda va umuman iqtisodig’tda muhim ahamiyat
kasb etadi. Undagi g’oyaning kurtaklari fiziokratlar asarlarida yaratilgan bo’lib, u 
klassik iqtisodiy maktab ta’limoti zanjirining ajralmas qismi sifatida muhim o’rin 
egallaydi.
Shu bilan birga hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlari nuqtai nazaridan 
fiziokratizm g’oyalari o’z ahamiyatini tezda yo’qotdi va o’tkinchi xarakterga ega 
bo’ldi. Chunki jahon ijtimoiy va iqtisodiy hag’tidagi o’zgarishlar nisbatan mukammal 
62 


g’oyalarning ishlab chiqilishi zarurligini taqozo etdi va bu amalda ro’y berdi. 
Ayniqsa boylikni faqat dehqonchilik bilan bog’lab tushuntiruvchi fiziokratizm 
g’oyalari sanoat inqilobi natijasida yuz bergan o’zgarishlar tufayli tez unitilag’zdi. Bu 
holat iqtisodig’t osmonidagi g’rqin yulduzning so’nishini eslatadi.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling