“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/113
Sana20.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1790375
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   113
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi-1

«Xalq kapitalizmi». 
 
Urushdan keyingi yillari institutsionistlar o’zlari oldin taklif qilgan 
«boshqaruvchilar inqilobi» va «jamoa kapitalizmi» kontseptsiyalarini davom 
ettirdilar. Mazkur kontseptsiyaga binoan hozirgi zamon g’arb mamlakatlarida 
hokimiyat ayrim shaxslar qo’lida emas, balki jamoalar, eng avvalo texnokratlar va 
menejerlar qo’lida bo’ladi. Bu mulkning juda ko’p mayda aktsionerlar o’rtasida 
bo’linib ketishi bilan va ishlab chiqarish jarayonining qiyinlashi bilan bog’liq. 
Institutsionalistlar tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy fandagi boshqa yo’nalish – 
iqtisodiy rivojlanish nazariyasidir. Bunda asosiy e’tibor iqtisodiy o’sishning 
texnikaviy-xo’jalik omillariga (texnikaning rivojlanishi darajasi, ijtimoiy 
mahsulotdagi investitsiyalar ulushi va b.) qaratilgan. 
40-yillari «xalq kapitalizmi» kontseptsiyasi shakllandi, unda XIX asr oxiridan 
boshlab kapitalistik tizimda yuz bergan o’zgarishlar qayd etiladi. Yirik 
korporatsiyalar va davlat tomonidan bozorning tartibga solinib turilishi bozordagi 
beqarorlikni va ortiqcha ishlab chiqarish inqirozini bartaraf etishga imkon beradi. 
Aktsiyalarning keng tarzda tarqalishi yollanma ishchilarni kapital egalariga 
aylantiradi, bu hol asta-sekin kapitalistlar bilan yollanma ishchilar o’rtasidagi 
qarama-qarshilikka barham beradi. Davlatning faol qayta taqsimlash siyosati, keng 
aholi qatlamining mulkchilikda va kichik biznesda qatnashishi, yuqori iqtisodiy 
o’sish sur’atlari tufayli umumiy farovonlik darajasining oshishi - bular hammasi 
sotsial guruhlar o’rtasidagi tafovutni yo’qotadi, sinfiy ixtilof asosini bartaraf etadi. 
Mazkur o’zgarishlar jamiyatning sotsial-psixologik holatiga ijobiy ta’sir 
ko’rsatdi va iqtisodiy rivojlanishga imkoniyat yaratib berdi. Bu xususida 
164 


R.Xeylbruner tasdiqlaganidek: «kapitalizm yangi tizim tufayli ancha diqqatga 
sazovor va hech qachon boshidan kechirmagan uzoq muddatli iqtisodiy o’sish yo’liga 
o’tdi… Ushbu tizim tufayli sanoati rivojlangan mamlakatlarda aholining keng 
qatlamini o’z ichiga olgan mislsiz rivojlanish qo’lga kiritildi». 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling