“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy talimotlar tarixi-1
Institutsionalizmdagi rahnamolar.
Institutsionalizm yo’nalishiga yangi hayot bag’ishlagan Amerika iqtisodchilari Jon Kommons (1862-1945) va Uesli Mitchell (1874-1948) hisoblanadi. J.Kommons o’zining «institutsional iqtisodiyot» kitobida xo’jalik jarayonlarga ta’sir etuvchi har xil noiqtisodiy (avvalo huquqiy) omillarni tadqiqot qildi. U Amerika ishchilar harakati, kasaba uyushmalarining va tadbirkorlar ittifoqining tashkil topishi tarixini o’rgandi, mehnat huquqini tahlil qildi. J.Kommons fikriga ko’ra, jamiyatning huquqiy tizimi xo’jalik hayotida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Uningcha, bitim (sdelka) iqtisodiy tizimning bosh bo’g’ini hisoblanadi. Bitim ishtirokchilari sifatida ko’proq individlar emas, balki kasaba uyushmalari va tadbirkorlar ittifoqlari qatnashadilar. Bitim o’z tabiatiga ko’ra uning ishtirokchilari manfaatlari ixtilofli bo’lishini taqozo etadi. Bunda xakamlik vazifasini davlat o’z zimmasiga oladi. U vujudga keladigan qarama-qarshiliklarni echib berish uchun huquqiy mexanizmni ishlab chiqishi lozim. Masalan, yollanma ishchilar bilan tadbirkorlar o’rtasida kelib chiqishi mumkin bo’lgan qarama-qarshiliklar kasaba uyushmalari va tadbirkorlarning maqsadga muvofiq o’zaro ta’siri, samarali mehnat huquqi va maxsus hukumat hay’ati faoliyati tufayli echilishi mumkin. J.Kommons o’zining ijtimoiy hayotga bo’lgan qarashlarini tajribada realizatsiya qilish maqsadida Amerika mehnat federatsiyasi bilan faol hamkorlikda ish yuritdi. 1935 yili uning ta’sirida AQShda pensiya ta’minotiga asos solgan «Sotsial himoya to’g’risida akt» qabul qilindi. U.Mitchell fikriga ko’ra kishilar faoliyatida asosiy harakatlantiruvchi kuch pul hisoblanadi. Aynan moliyaviy institutlar inson hatti harakatining xarakterini aniqlab beradi. U.Mitchell o’z asarlarida axborotlarni ishlashda statistik tahlil vositalaridan va matematik uslublardan keng qo’llandi. Mazkur uslub bozor kon’yukturasi dinamikasini empirik (tajribaga asoslangan) tadqiqot qilishga, kapitalistik xo’jalikning bir qator tsiklli tebranish qonuniyatlarini ochib berishga imkon berdi. Uningcha, har bir tsikl o’ziga xosligi bilan ajiralib turiladi, ularning asosida juda ko’p sabablar yotadi, ular betakrordir. Shuning uchun bitta universal tsikllar nazariyasi bo’lishi mumkin emas. U.Mitchell o’z tadqiqodlariga asoslangan holda davlatning iqtisodiyotga aralashuvi yordamida inqirozsiz tsikl kontseptsiyasini asoslab berishga harakat qildi. Maxsus davlat rejalashtiruvchi organlarini tuzish, uning fikriga ko’ra, tsiklli tebranishni yumshatish va qulay iqtisodiy kon’yukturaga erishish vositasi bo’lishi kerak. Bunda rejalashtirish majburiy xarakterda emas, balki tavsiyali xarakterda 161 bo’lib, u real, erishish mumkin bo’lgan pirovard maqsadlar ko’zda tutilgan ilmiy prognozlashtirishga asoslangan. U. Mitchellni AQShda iqtisodiy tadqiqodlar milliy byurosi asoschisi va iqtisodiyotdagi tsiklli hodisalarni birinchilardan bo’lib tadqiqot qilgan iqtisodchi deb tan olinishi unga katta shuhrat keltirdi. U psixologik tahlilni hisobga olgan holda, sotsial-madaniy muammolar bilan birgalikda pul, moliya va kredit omillari sohasidagi iqtisodiyotga davlatning ta’sir ko’rsatishi mumkin va zarur deb hisobladi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling