3. Monetar kontseptsiyasining keynschilikdan farqi.
Yuqorida qayd qilib o’tilganidek, pul siyosati pul talabi va uning taklifi
o’rtasida nisbat o’rnatishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Pul taklifining o’sishi
(pulning o’sish foizi), baholar barqarorlikni ta’minlaydigan darajada bo’lishi lozim.
M. Fridmen fikriga ko’ra bunday darajani aniqlash juda murakkab. Markaziy bank
prognozlarida xatolar tez-tez uchrab turadi. Iqtisodiy rivojlanishga aynan qaysi
omillar ta’sir ko’rsatayotganligini aniqlash qiyin va hatto mumkin emas. Qabul
qilinayotgan qarorlar kechikkan bo’lishi va ba’zida qarama-qarshi natijalarni keltirib
chiqarishi ham mumkin: masalan, ba’zan ishlab chiqarishning o’sishini
rag’batlantirish ko’zda tutilganda, pasayish kelib chiqadi, ya’ni qabul qilingan qaror
o’sishga to’sqinlik qiladi.
«Agar moliya-kredit sohasini ko’rib chiqadigan bo’lsak – deb yozadi M.
Fridmen, - ko’pchilik hollarda to’g’ri qarorlardan ko’ra, noto’g’ri qarorlar qabul
qilinadi, negaki qaror qabul qiluvchilar faqat cheklangan sohalarini muhokama
qiladilar va umuman barcha siyosat oqibatlari yig’indisini e’tiborga olmaydilar».
Markaziy bank qisqa muddatli tartiblashning konyukturali siyosatdan voz kechishi va
iqtisodiyotga o’zoq muddatli ta’sir ko’rsatish, pul massasini asta sekin ko’paytirib
borish siyosatiga o’tishi kerak. Pul massasi nominal YaIM ga ta’sir ko’rsatadi.
Monetar kontseptsiya va monetar tavsiyalar keynschilikdan farq qiladi, ba’zan
esa unga qarama-qarshidir. Shu bilan birga iqtisodiyotni tartiblash muammosidagi bu
ikki yondashuv o’rtasiga katta chegara qo’yish ham noto’g’ri. Har ikkala nazariya
eng avvalo bozor iqtisodiyoti sharoitida qo’llanishga qurilgan. Ma’lum ma’noda har
ikkala nazariya bir birini o’zaro to’ldirib turadi (umumiy daromadni aniqlash
nazariyasini tashkil etadi). J.M.Keyns daromadlarining xarajatlarga miqdoriy
bog’liqligini asoslab berdi, M.Fridmen esa daromadlarning pulga bog’liqligini
ko’rsatib berdi. Shu bilan birga J.M.Keyns va M.Fridmen yondoshuvlari o’rtasida bir
qator farqlar mavjud. Ularning ba’zilarini umumiy sxemali ko’rinishda aks etirish
mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |