“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet
2. Monetarizmning asosiy qoidalari. Pul massasi va iqtisodiy tsikllar
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy talimotlar tarixi-1
152
2. Monetarizmning asosiy qoidalari. Pul massasi va iqtisodiy tsikllar. M. Fridmen kontseptsiyasini tasavvur qilish uchun, uning tarofdorlari u yoki bu darajada qo’llab-quvvatlagan asosiy qoidalarni ko’rib chiqamiz. Birinchi qoida – bozor xo’jaligining barqarorligini tan olish. Monetaristlar fikricha, bozor iqtisodiyoti o’zining ichki xususiyatiga ko’ra barqarorlikka, o’zini o’zi tartiblashga intiladi. Bozor raqobati tizimi mustahkam barqarorlikni ta’minlaydi. Mabodo muvozanat buzilsa baholar uni tuzatishning bosh vositasi bo’lib xizmat qiladi. Nomutonosibliklarning vujudga kelishi odatda ichki sababalar natijasida emas, balki tashqaridan bo’ladigan arashuvlar, davlat tartiblashidagi xatalar natijasi hisoblanadi. Bozor xo’jaligining barqarorligi to’g’risidagi ushbu qoida J.M.Keynsning iqtisodiyotiga davlat aralashuvining zarurligi to’g’risidagi tasdig’iga qarshi qaratilgandir. Ikkinchi qoida – pul omilining muhimligi. Iqtisodiyotga ta’sir ko’rsatuvchi turli dastaklar ichida pul dastaklari ustun qo’yiladi. Aynan ular (ma’muriy, baho uslublari emas, soliq tizimi emas) iqtisodiyotni a’lo darajada barqarorlashtirishga qodir. Agar J.M.Keyns byudjet siyosatini ancha aniq, tezkor va natijasini oldindan bilish mumkin bo’lgan dastaklar sifatida baholagan bo’lsa, M.Fridmen undan farqli ravishda, pul-kredit siyosatini ana shunday tavsiflaydi. Uningcha, (Keynsga qaraganda), pul–kredit siyosati iqtisodiy faollikni ancha kuchaytiradi. U pulni ishlab chiqarish, ish bilan bandlik va baholarni aniqlashda yagona bosh omil sifatida qaraydi. Pul – bu maxsus tovar; pulning asosiy xususiyati uning likvidligida. Pulni xohlagan paytda almashtirish, unga har qanday tovarni sotib olish mumkin. Pul maxsus funktsiyani amalga oshiradi, tartiblash, barqarorlashtirish rolini bajarishga qodir. U iqtisodiyotga pulni ishlab chiqaruvchi va moliya siyosatini shakllantiruvchi bank tizimi, institutsional tuzilmalar orqali ta’sir ko’rsatadi. Pul bahoga, ist’emolga bo’lgan talabga, xarajatlar darajasiga, ishlab chiqarish hajmiga va tuzilishiga ta’sir ko’rsatadi. M. Fridmen pul harakati (pul massasining o’sish sur’ati) va yalpi ichki mahsulot o’rtasida o’zaro chambarchas bog’liqlik amal qilishiga asoslanadi. Pul massasining o’sish sur’atining tezlashuvi yoki sekinlashuvi faol ish yuritishda, ishlab chiqarishning tsikli tebranishida aks etiladi. Uchinchi qoida – tartiblash joriy vazifalarga emas, balki o’zoq muddatli vazifalarga mo’ljalangan bo’lishi kerak. Gap shundaki, pul massasidagi o’zgarishlar natijasi asosiy iqtisodiy parametrlarda birdan aks ettirilmaydi, balki biroz vaqtdan keyin ta’siri bilinadi. Odatda lag (vaqtincha o’zilish) bir necha oyni tashkil etadi. U shu narsani bildiradiki, pul massasidagi o’zgarishlar yalpi ichki mahsulotga birdan emas, balki bir oz vaqtdan (oydan) keyin ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun pul siyosati joriy tartibdagi samaraga va qisqa muddatli o’zgarishlarga muljallangan bo’lmay, balki o’zoq muddatli xarakterga ega. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling