“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/113
Sana20.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1790375
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   113
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi-1

Pulga bo’lgan talab va taklif. 
Kishi bozor iqtsodiyoti sharoitida o’z boyliklarini har xil shakllarda (pul, 
qimmatli qog’ozlar, er uchastkasi, ko’chmas mulk va boshqa ko’rinishlarda) saqlashi 
mumkin. Har kim o’z boyligini ko’paytirishga va aynan qaysi shaklda saqlash 
maqsadga muvofiq kelishiga intiladi. 
Boylikning bir qismini pul shaklida ushlab turish maqsadga muvofiq. Negaki 
pul likvidli, unga har qanday tovar sotib olish mumkin. M.Fridmenning real kassa 
qoldiqlariga bo’lgan talab formulasi quyidagi ko’rinishga ega: 
Dm=M/P=F(Rb, Re, Pe, K, Y/P, u) 
Bu erda: M/R – real kassa qoldiqlariga bo’lgan talab, Rb va Re – 
obligatsiyalardan olinishi mumkin bo’lgan nominal daromad normasi, Pe – baholar 
o’zgarishi sur’atlari, K – moddiy ashyoviy shaklda jamg’arilgan boyliklar ulushi, Y/P 
– real daromad, u - hisobga olinmagan omillar. Bundan tashqari real daromad hajmi 
pulga bo’lgan talabning bosh omili hisoblanadi. Boshqacha aytganda, bunda biz 
pulning miqdoriy nazariyasining kembridj variantiga muvofiq keladigan (real kassa 
qoldiqlariga bo’lgan talab milliy daromad miqdori bilan aniqlanadi) modelni 
ko’ramiz. 
Lekin M.Fridmen bo’yicha, pulga bo’lgan talab joriy daromad funktsiyasi 
emas, balki «doimiy» daromad funktsiyasidir. Doimiy daromad bu joriy va kelajakda 
kutiladigan daromadlarning o’rtacha yig’indisi. Doimiy daromad joriy daromadga 
qaraganda ancha barqaror. Mabodo joriy daromad pasaygan taqdirda ham, individ 
kelajakda ko’p pul tushumiga ega bo’lishga umid qiladi va, shu boisdan, pulga 
bo’lgan talabni unchalik kamaytirmaydi. Shunday qilib, pulga bo’lgan talab va demak 
uning aylanish tezligi, ancha mustahkam, barqaror hisoblandi. 
Shunday bo’lsa ham kuchli inflyatsiya sharoitida «puldan qochish» kabi holat 
kuzatiladi. Fillip Keygan (1927) yuqorida eslatib o’tilgan «Pulning miqdoriy 
nazariyasiga oid tadqiqotlar» kitobiga kiritilgan maqolasida, inflyatsiyaning kutilishi 
qanday qilib iqtisodiy sub’ektlarni real kassa qoldiqlari miqdorini keskin 
kamaytirishga majbur qilishini ko’rsatib beradi, bu pul massasining aylanish tezligini 
oshiradi. Masalan, Germaniyada 20-yillari giperinflyatsiya davrida real kassa 
qoldiqlari miqdori inflyatsiyagacha bo’lgan darajadan 1/20 gacha pasaygan. 
Pulning eski miqdoriy nazariyasiga muvofiq, baholar darajasining o’zgarish 
sur’ati pul massasi taklifining o’zgarish sur’atiga tenglashadi. F.Keygan, ishonch 
hosil qilganimizdek, pul qoldiqlariga bo’lgan talabga nafaqat baho darajasi, balki 
inflyatsiya sur’ati ham ta’sir etishini ko’rsatib berdi. Bundan tashqari giperinflyatsiya 
sharoitida real pul qoldiqlariga bo’lgan talab faqat kutiladigan baholar o’zgarishining 
(inflyatsiyaning kutilishi) funktsiyasi hisoblanadi va M.Fridmen taklif qilgan formula 
quyidagi ko’rinishni oladi: 
Dm=f(Pe
,

151 


Gap shundaki, bahoning o’zgarishi shu qadar kuchli bo’ladiki, shuning uchun 
uning ta’siri boshqa omillar ta’sirini butunlay «niqoblab» qo’yadi. Shunday qilib, 
nazariy nuqtai nazardan nominal pul massasini ko’paytirmasdan uning aylanish 
tezligi hisobiga inflyatsiyaning kuchayishi mumkin deb qaraladi. Garchi, 
monetaristlarning aytishicha, amaliyotda giperinflyatsiya o’zining rivojlanishi uchun 
pul massasining mutonosib tarzda ko’payishini taqozo etsa ham. 
M.Fridmen qiziqarli empirik faktning mavjudligini ko’rsatib berdi: AQSh da 
1870 yildan 1954 yilgacha ijtimoiy mahsulot ko’paygan bo’lishiga qaramasdan, 
pulning aylanish tezligi umuman olganda pasaygan. O’sha paytgacha (A.Marshall 
bo’yicha), kredit institutlarining ishlari takomillashganligi sababli, pulning aylanish 
tezligining oshishi uzoq muddatli moyillikka ega deb, hisoblab kelingan. M.Fridmen 
esa likvidli aktivlarga bo’lgan talabni «zeb ziynat buyumlariga» bo’lgan har xil talab 
ko’rinishida tahlil qiladi. Daromadlarning oshishi zeb ziynat buyumlariga bo’lgan 
talabni rag’batlantiradi va demak, naqd pulga bo’lgan talabni ham. Olimning 
ko’rsatib berishicha, qisqa muddatli vaqt mobaynida yalpi ichki mahsulotning 
ko’payishi pulning aylanish tezligini oshishiga olib keladi, negaki iqtisodiy shov-
shuvlar paytida pulning harakati tezlashadi. 
Pulning muomaladagi miqdori uning taklifini bildiradi. Pul taklifi ancha 
o’zgaruvchan bo’ladi, u iqtisodiy omillar bilan aniqlanmaydi, balki tashqi ta’sirdan 
yuzaga keladi. Pul taklifi markaziy bank tomonidan, tijorat banklari beradigan 
kreditlar miqdori, qimmatli qog’ozlar oldi-sotdisi bilan tartibga solinib turiladi. Pulga 
bo’lgan talab va pul taklifi monetar muvozanatni yuzaga keltiruvchi asosiy vositalar 
hisoblanadi. Bunda muvozanat ajralgan holda shakllanmaydi. Pul sektoridagi 
muvozanat tovar sektorida bo’ladigan jarayonlar bilan o’zviy bog’langan. 
Monetar nazariyaga ko’ra, pul miqdorining va pul aylanishi tezligining 
o’zgarishi jami talabga ta’sir ko’rsatadi. Pul massasi ko’p bo’lsa tovar va hizmatlarga 
bo’lgan talab yuqori bo’ladi. Pul massasining ko’payishi bilan baholarning o’sishi 
kelib chiqadi, bu esa tadbirkorlarni ishlab chiqarish hajmini kengaytirishga, mahsulot 
etishtirshni ko’paytirishga rag’batlantiradi.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling