“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet


  4. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblashning chora-tadbirlari. Keyns


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/113
Sana20.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1790375
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   113
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi-1

145 


4. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblashning chora-tadbirlari. Keyns 
investitsiyani rag’batlantirish to’g’risida. 
 
J.M.Keyns ta’limotidagi asosiy yutuqlardan biri shundan iboratki, unda 
iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solib turishning zarurligi ko’rsatib berildi. Bu 
erda shu narsani aytib o’tish joizki, J.M.Keynsdan oldingi iqtisdchilar (D.Rikardo, 
A.Pigu, K.Viksell) ham bu borada nazariya yaratganlar. Ammo J.M.Keyns nazariyasi 
uning o’tmishdoshlari va zamondoshlari nazariyalaridan shu bilan farq qiladiki, u 
ishsizlik va ortiqcha ishlab chiqarish inqirozlari tasodifiy, o’z-o’zidan yuaga 
keladigan hodisalar emas, balki kapitalistik bozor mexanizmi harakati tug’diradigan 
hodisalar ekanligini isbotlagani holda, birinchi marta iqtisodiyotni davlat tomonidan 
muntazam, uzluksiz ravishda tartibga solib turish zarurligini e’lon qildi. J.M.Keyns 
nazariyasining asosiy xususiyati shundan iboratki, u birinchi bo’lib makroiqtisodiy 
davlat tartiblashi foydasiga asosiy dalillarni bayon qilib berdi, bunda u hukumron 
bo’lgan tartiblashning mikroiqtisodiy yondashuvini rad etdi. Firmaning 
(mikroiqtisod) rivojlaanishi sharoiti bir butun milliy iqtisodiyotning (makroiqtisodiy) 
rivojlanish sharoitini belgilab berolmasligini ko’rsatib berdi. 
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblashning keynscha nazariyasi uch asosiy 
holatni o’z ichiga oladi: birinchidan, o’z-o’zidan harakatga keladigan bozor 
mexanizmiga baho beriladi; ikkinchidan, iqtisodiyotning boshboshdoqlik asosida 
rivojlanishi jarayonida bo’ladigan qiyinchilik va ziddiyatlarning sabablari talqin 
qilinadi; uchinchidan, kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida iqtisodiyotni 
tartiblash tadbirlari tizimi belgilanadi. 
J.M.Keyns klassiklarning iqtisodiyotning o’zini-o’zi tartiblash mexanizmini 
tanqid qilib, bozor iqtisodiyotida bunday mexanizm amal qilmasligini, iqtisodiyotni 
davlat yordamida tartiblash mumkinligini ko’rsatib, «davlat iste’molga bo’lgan 
moyillikka o’zining rahbarlik ta’sirini qisman muvofiq ravishdagi soliq tizimi, 
qisman foiz normasini belgilash yo’li bilan va ehtimol, boshqa usullar bilan 
o’tkazishi lozim bo’ladi», deb yozadi. 
J.M.Keyns fikriga ko’ra, iqtisodiy jarayonlarni davlat tomonidan 
tartiblanishining samaradorligi davlat investitsiyalari yordamida vositalarni 
qidirishga, aholining to’la ish bilan bandligiga erishishga, foiz normasini pasaytirish 
va belgilashga bog’liq. Uning ta’kidlashicha, davlat investitsiyalari ular etishmay 
qolgan sharoitda qo’shimcha pul chiqarish bilan kafolatlanishi (byudjet 
kamomadidan qo’rqmagan holda) kerak, kamomad esa ish bilan bandlikning o’sishi 
va foiz normasining pasayishi bilan bartaraf etiladi. Boshqacha aytganda, J.M.Keyns 
kontseptsiyasi bo’yicha, ssuda foizi qancha past bo’lsa, investitsiyalarga bo’lgan 
qiziqish shuncha yuqori bo’ladi, bu o’z navbatida ish bilan bandlikni oshiradi, 
ishsizlikni tugatishga olib keladi.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling