“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet
5. Yangi keynschilikni mohiyati, uning o’ziga xosligi
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy talimotlar tarixi-1
146
5. Yangi keynschilikni mohiyati, uning o’ziga xosligi. 50-yillarning ikkinchi yarmida J.M.Keyns nazariyasi asosida yangi keynschilik shakllandi. Uning ancha ko’zga ko’ringan vakillari amerkalik E.Xansen (1887-1975), P.Samuelson (1915 y. tug’ilgan), E.Domar (1914), S.Xarris (1897-1974), R.Solou (1924 y. tug’ilgan), ingliz R. Xarrod (1900-1978) lar hisoblanadi. Yangi keynschilikning asosiy tadqiqot ob’ekti makroiqtisodiy miqdorlarning (yalpi talab, yalpi taklif, jamg’arma) o’zaro ta’siri hisoblandi. Masalaga bunday yondoshuv tsiklli ishsizlik, inlfyatsiya, iqtisodiy o’sish muammosini tahlil qilishga yordam beradi. Yangi keynschilar (E.Domar, R.Xarrod) iqtisodiy o’sish nazariyasini ishlab chiqdilar. Undagi asosiy muammo – realizatsiya muammosi hisoblanadi. Bu nazariyaga muvofiq, iqtisodiyot dinamik muvozanat holatda bo’ladi, agar talab ishlab chiqarish resurslaridan to’la foydalanish imkonini bersa. Talab bog’liq bo’lgan milliy daromadning ko’payishi, ularning fikriga ko’ra, faqat kapital jamg’arilishi funktsiyasi hisoblanadi, kapitalga bo’lgan talab esa, faqat milliy daromadning o’sish sur’ati bilan aniqlanadi. Iqtisodiy o’sishning yangi keynschilik modelida iste’mol va jamg’arma o’rtasidagi o’zaro miqdoriy bog’liqlik, «multiplikator-akselerator» tizimi asosiy o’rinda turadi. Iqtisodiy o’sishning asosiy omillari investitsiya (kapital jamg’armasi normasi) va ishlab chiqarishning kapital sig’imi (kapitalning ishlab chiqarilgan mahsulotga nisbati) hisoblanadi. Yangi keynschilar industriallashtirish paytida kapital sig’imining o’sish moyilligini va «etuk iqtisodiyot» davrida pasayishini payqadilar. Jamg’armaning invesittsiyalardan ortib ketishi iqtisodiyotda korxonalar to’la quvvat bilan ishlamaslikka va ishsizlikka olib keladi. Investitsiyalarining jamg’armadan ortib ketishi baholarning o’sishini keltirib chiqardi. Yangi keynschilar iqtisodiyotni bilvosita va bevosita tartiblash chora- tadbirlarini ishlab chiqdilar. Bilvosita ta’sir ko’rsatish usuliga soliq siyosati, byudjet orqali moliyalashtirish, kredit siyosati, tezlashtirilgan amortizatsiyalar kiradi. J.M.Keyns tomonidan taklif qilingan ssuda foizini tartiblash keng qo’llanildi. Foiz normasini o’zgartirish, birinchi navbatda asosiy kapitalga kapital qo’yilmasini rag’batlantirish uchun uzoq muddatli kreditlashga nisbatan olib boriladi. Davlat krediti ishlab chiqarishning tarmoq tuzilishini o’zgartirishda, eksport tarmoqlarini rag’batlantirishda, iqtisodiyotning qoloq bo’g’inlarini qo’llab quvvatlashda, infratuzilmani rivojlantirishda, texnika taraqqiyotini jadallashtirishda muhim rol o’ynay boshladi. Yangi keynschilar multiplikator printsipini akselerator printsipi bilan to’ldirdilar. Multiplikator printsipi bo’yicha investitsiya ish bilan bandlikni ta’minlab daromadni oshiradi. Akselerator printsipiga ko’ra daromadlarning o’sishi konkret sharoitda investitsiyaning ko’payishiga olib kelishi ham mumkin. Buning ma’nosi shundan iboratki, daromadlarning ko’payishi yalpi talabning oshishiga olib keladi, yalpi talabning oshishi esa, ishlab chiqarishning kengaytirilishini taqozo etadi va 147 demak, yangi investitsiyalarga bo’lgan talab kelib chiqadi. Akselerator daromad o’sishi bilan kelgusi investitsiyalar o’simi o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling