1. Monetarizm kontseptsiyasi.
M.Fridmen va uning “monetar”
nazariyasi.
Monetarizm iqtisodiy ta’limotlar tarixida keng tarqalgan mashhur va nufuzli
oqimdir. Bu oqimning atoqli namoyandasi Chikago universitetining professori,
iqtisod sohasida Nobel mukofoti sohibi Milton Fridmen (1912) hisoblanadi. Hozirgi
zamon monetarizmiga asos solgan, bir guruh iqtisodchilar qalamiga mansub bo’lgan
«Pulning miqdoriy nazariyasiga oid tadqiqotlar» nomli asar 1956 yili M.Fridmen
muharrirligi ostida chop etildi. Bernar Iv va Koll Jan-Kold ta’rifiga ko’ra,
monetarizm (monetary - pul) – bu iqtisodiyotdagi tebranma harakatda pul hal
qiluvchi ahamiyatga ega, deb tasdiqlovchi iqtisodiy fandagi oqim. Monetarizm –
nafaqat pul to’g’risidagi ta’limot. Bu maktab vakillarining diqqat markazida pul
kategoriyasi, pul-kredit dastaklari turadi; ammo ularni pul mexanizmi, bank tizimi,
pul-kredit siyosati, valyuta munosabatlari shunchaki qiziqtirmadi. Monetaristlar
ushbu jarayonlarni pul muassasasi bilan ishlab chiqarish o’rtasidagi bog’liqlikni
aniqlash uchun tadqiqot qildilar. Monetarizm keynschilar ta’limotiga muqobil
nazariya sifatida yuzaga kelgan va erkin bozor iqtisodiyoti nazariyasi hisoblanadi.
M.Fridmen – erkin bozor tarafdori. Uning tasdiqlashicha, erkinlik va xususiy
tadbirkorlik o’rtasida ichki bog’liqlik mavjud. Faqat xo’jalik erkinligi sharoitida
siyosiy erkinlikka, iqtisodiy samaradorlikka va tenglikka erishish mumkin.
Iqtisodiyotda nima qilish kerakligini millionlab kishilardan ko’ra davlat
amaldorlarining yaxshi bilishi dargumon, deydi M.Fridmen. Davlatning xo’jalik
jarayonlarga aralashuvi iqtisodiyotning o’zini-o’zi tartiblash tizimini buzushga olib
keladi. Shuning uchun davlat pul va ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlagan
holda, pul muomalasini nazorat qilish bilan cheklanmog’i lozim.
150
Do'stlaringiz bilan baham: |