“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy talimotlar tarixi-1
153 Ayirboshlash tenglamasi. M. Fridmen kontseptsiyasi garchi o’ziga xosligi bilan ajralib tursa ham, u pulning miqdoriy nazariyaisga asoslanadi. Pulning miqdoriy nazariyasiga ko’ra, pul miqdori bilan baholar darajasi o’rtasida bevosita bog’liqlik mavjud, baholar muomaladagi pul miqdori bilan aniqlanadi, pulning sotib olish qobiliyati esa baho darajasiga bog’liq. Pul massasi ko’paysa baholar o’sadi, va aksincha, pul massasi kamaysa baholar pasayadi, ya’ni boshqa barcha sharoitlar bir xil bo’lganda tovarlarning baholari pul miqdoriga mutanosib tarzda o’zgaradi. Bir qancha o’rtacha hisob kitoblarga muvofiq, tovar aylanishini ta’minlovchi naqd pul taxminan bir yillik daromadning o’ndan bir qismini tashkil etadi. Boshqacha aytganda pul yiliga o’n marta aylanadi. Pul bir yilda 10 marta aylansa, unda misol uchun 10 mln. so’mlik bir yillik daromadni (mahsulotni) sotish uchun muomalada 1 mln. so’m bo’lishi kerak. Agar muomaladagi pul miqdori 1 mln. so’mdan 2 mln. so’mga ortsa, unda (boshqa shartlar o’zgarmagan holda) baholar ham ikki barobar oshadi. Ayirboshlash tenglamasi (uni I. Fisher tenglamasi deb atashadi) monetarizmning asosiy tenglamasi hisoblanadi: MV=PQ bu erda M – pul miqdori; V – muomaladagi pulning aylanish tezligi; R – baholar darajasi; Q – ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning miqdori. Tenglamaning chap tomonidagi MV jami ishlab chiqarilgan boyliklarni sotib olishga ketgan xaridorlarning umumiy sarflarini bildirsa, o’ng tomonidagi PQ esa ushbu boyliklarni sotishdan tushgan sotuvchilarning umumiy daromadini bildirdi. Agar MV bir yilda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarga sarflangan umumiy xarajatlar bo’lsa, unda u nominal sof milliy mahsulotga (SMM) teng bo’lishi kerak, ya’ni SMM = PQ. Ayirboshlash tenglamasi funktsional bog’liqliklarni ancha aniq tasavvur etishga imkon beradi. Agar pul massasi ortsa yoki (R) baholar, yoki (Q) ishlab chiqarish miqdori o’zgaradi. Klassiklar muomaladagi pulning aylanish tezligi (V) , va ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdori (Q) pul massasi (M) o’zgarishiga bog’liq bo’lmaydi deb hisoblaganlar. Ularning fikriga ko’ra, ishlab chiqarishning real miqdori davlatning mehnat resurslari holati bilan, ishlab chiqarish quvvatlari bilan aniqlanadi, pulning aylanish tezligi esa ishchilarga har yili to’lanadigan ish haqi miqdoriga o’xshash omillar bilan ifodalanadi. Monetaristlar juda ko’p amaliy materiallarga asoslangan holda (bu haqida yuqorida aytib o’tildi) pul taklifi nominal SMM ishlab chiqarishda hal qiluvchi omil hisoblanadi, deb xulosa qiladilar. Pul massasi va sof milliy mahsulot o’rtasidagi o’zaro o’zviy bog’liqlik, ularning qayd qilib o’tishicha, M dan nominal SMM yo’nalishi tomon boradi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling