“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/113
Sana20.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1790375
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   113
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi-1

 
154 


Pul massasi va iqtisodiy tsiklar. 
M. Fridmen Anna Shvarts bilan birga yozgan «Qo’shma Shtatlarning monetar 
tarixi (1867-1960 yil)» asarida katta hajmdagi materiallar yordamida pul massasining 
ko’chayishi bilan iqtisodiy tsikl fazalari o’rtasida bog’liqlik borligini ko’rsatib berdi. 
U pul massasi o’sishning tezlashuvi yoki sekinlashuvini kuzatib, deyarli 100 yil 
mobaynida AQSh ning barcha xo’jalik dinamikasi pul massasi harakati bilan 
aniqlanib kelingan, degan xulosaga kelgan. Pul massasining o’sish sur’atining 
o’zgarishi ijtimoiy mahsulot o’sishida o’zgarish keltirib chiqaradi. Pul massasining 
yuqori o’sish cho’qqisi ishlab chiqarishning o’sishini, pul massasining quyi nuqtasi 
ishlab chiqarishning pasayishini keltirib chiqaradi. Shunday qilib, pul massasi 
(muomaladagi pul miqdori) iqtisodiy hayotga iste’molchilar va firmalar sarf-
xarajatlari orqali bevosita ta’sir ko’rsatadi.
Pul taklifi o’sishi uning «arzonlashuviga» olib keladi (foiz stavkasi pasayadi). 
Kredit olish foydali hisoblanadi, investitsiya tovarlariga bo’lgan talab kengayadi. 
Kapital qo’yilmasining ortishi bilan yalpi ichki mahsulot ko’payib boradi, ish bilan 
bandlik ham oshadi. 
Pul taklifining ko’payishi bilan bog’liq bo’lgan o’zgarishlar faqat miqdor 
ko’rsatkichlarida o’z ifodasini topmaydi. Mahsulotlarning bahosi oshib boradi, lekin 
ularning oshib borishi bir hil tarzda bo’lmaydi. Turli tovarlar guruhlari o’rtasidagi 
nisbatlar o’zgaradi. Taklif ishga tushadi: u oldin-arzon tovarlarga, undan so’ng yangi 
tovarlarga, keyinchalik xizmat ko’rsatishga o’tadi. Baholarning o’zgarishi tarkibiy 
o’zgarishlarga olib keladi, natijada esa o’zoq muddatli barqaror rivojlanish uchun 
shart-sharoitlar yaratadi. 
Baholarning o’zini-o’zi tartiblab turishi va pullarning sotib olish qobiliyatining 
tenglashuvi natijasida pul sektori bilan tovar sektori o’rtasida zaruriy aloqa 
o’rnatiladi. 
Demak, monetaristlar pulning bosh funktsiyasi - iqtsodiy rivojlanishning 
moliyaviy asosi va muhim harakatlantiruvchi kuchi bo’lib xizmat qiladi degan 
qoidaga asoslanadi. Pul massasiing ko’payishi banklar tizimi orqali resurslarning 
tarmoqlar o’rtasida taqsimlanishiga ta’sir ko’rsatadi, texnika taraqqiyotiga «yordam 
beradi», iqtisodiy faollikni qo’llab - quvvatlashga imkon beradi. 
Pul dastaklaridan nihoyatda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak. Pul massasi 
bilan iqtisodiy o’sish o’rtasida muvozanat bo’lishi zarur. Shu bois M. Fridmen 
monetar qoidalarni qonun yo’li bilan belgilash taklifi bilan chiqdi, unga ko’ra pul 
taklifi har yili yalpi ichki mahsulot o’sishi mumkin bo’lgan sur’atda oshishi, ya’ni 
pul taklifi barqaror ravishda yiliga 3-5% ga ko’payishi lozim. Agar pul massasining 
o’sish su’ati yalpi ichki mahsulotning o’sish su’atidan past bo’lsa, unda qisqa 
muddatli davrda ishlab chiqarish pasayadi, lekin o’zoq vaqt o’tishi bilan iqtisodiy 
o’sish o’zining «tabiiy» holatiga keladi. 
M. Fridmen fikri bo’yicha, Buyuk turg’unlik davri eng avvalo federal rezerv 
tizimining (FRT) iqtisodiyotda pul miqdorining kamayib ketishini bartaraf etishga 
qurbi etmaganligi bilan bog’liq (fond bozorining sinishi va banklarning xonavayron 
bo’lishi sababli). Pul massasining etishmasligi esa talabga salbiy ta’sir ko’rsatdi, real 
155 


ishlab chiqarish hajmi esa pasayib bordi. Bu erda shu narsani aytish kerakki
monetaristlarning tanqidi behuda bo’lgani yo’q, u keyinchalik o’z foydasini 
ko’rsatadi. 1987 yil 17 oktyabrda fond bozori sinishi ko’zatildi. Ammo FRT va 
boshqa markaziy banklarning qat’iy hatti harakati tezda o’z samarasini berdi, 
rag’batlantiruvchi pul siyosati amalga oshirildi. Foiz stavkasi pasaydi, bu bank 
ishidagi sarosimani to’xtatdi. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling