8-variant
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN MUHANDISLIK–QURILISH INSTITUTI
SIRTQI BO’LIM
IQTISODIYOT KAFEDRASI
Mustaqil ishi
Bajaruvchi: 63-2T-I-19 guruhi talabasi
Bayramova Susanna
Qabul qildi:
NAMANGAN-2021
Pul haqidagi nazariyalar.
REJA:
Metallik pul nazariyasi
Nominalistik pul nazariyasi
Pulning mehnat nazariyasi
Pulning miqdoriylik nazariyasi
Ma’lumki, pul doimo iqtisodchilarning diqqat markazida bo’lgan. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida pul muomolasiga ahamiyat yanada kuchaydi. (Hozirgi paytda o’zbek tilida
ishlatilayotgan pul1 so’zi asli forscha-tojikcha bo’lib, O’rta Osiyo xondiklari, Yaqin Sharqdagi
ayrim davlatlarda qo’llanilgan naqd chaqa pul. Masalan, XVIII, XIX asrda Qo’qon xonligida
1/45, - 1/30 tangaga teng bo’lgan. Eronda 1/40 qironga, Afg’onistonda 1932 yilgacha 1/100
afg’onga teng bo’lgan. Fikrimizcha, oltin tangalar o’rnida qog’ozning ishlatilishi uning qadri
past, ya’ni oltin tanga bo’la olmasligini ta’kidlab, muomalada umumiy nom pul deb atala
boshlagan bo’lishi kerak. Umumiy nom ham taraqqiyotning ma’lum bir yuqori bosqichida paydo
bo’ladi.)
Pulning kelib chiqishi, tabiatiga nazariy jihatdan ikki xil: ratsionalistik va evolyutsion
yondashuv mavjud.
Ratsionalistik yondashuv asoschilari pulning kelib chiqishini kishilar o’rtasida kelishuv
tufayli yuz bergan deb tushuntirishadi. Bu yondashuv XVIII asr oxirlarigacha hukm surgan. Bu
sub’ektiv psixologik yondashuv hozirgi paytda ham ayrim iqtisodchilar tomonidan qo’llaquvvatlanadi.
Evolyutsion yondashuvda esa pul jamiyatning ijtimoiy – iktisodiy taraqqiyoti mahsuli deb
qaraladi. Pul ob’ektiv zaruriyat tufayli turli-tuman tovarlar ichidan barcha tovarlarga
ayirboshlanadigan maxsus tovar sifatida ajralib chiqqan.
Pulning kelib chiqishi haqidagi har ikki yondashuvga xos nazariyalarni to’rt guruhga
bo’lish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |