“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet


«Industrial jamiyatdan keyingi jamiyat»


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/113
Sana20.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1790375
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   113
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi-1

«Industrial jamiyatdan keyingi jamiyat». 
 
60-yillarning oxiriga kelib aholi turmush darajasining o’sishi, xizmat ko’rsatish 
sohasining va iqtisodiyotda axborot sektorining roli kuchayib borishi bilan jahon 
iqtisodiy adabiyotlarida «Industrial jamiyatdan keyingi jamiyat» kontseptsiyasi keng 
tarqala boshladi. 
Amerika sotsiologi Deniel Bell (1919) hozirgi zamon ijtimoiy tizimini asosiy 
xarakatlantiruvchi va qayta tashkil etuvchi kuch fan-texnika inqilobi deb hisoblaydi. 
Fan-texnika inqilobi ta’sirida iqtisodiy jarayonlarda, mulkchilik munosabatlarida, 
hokimiyatning tuzilishida, madaniyat, ma’naviyat va mafkura sohasida juda katta 
o’zgarishlar amalga oshiriladi. «Industrial jamiyatdan keyingi jamiyat» tizimining 
o’ziga xosligi shundan iboratki, u eng avvalo xizmat ko’rsatish jamiyati bo’lib, 
aholining ko’pchiligi shu sohada ish bilan band bo’ladi. Bu jamiyat yana shu bilan 
ifodalanadiki, iqtisodiyot «uyg’unlashgan xarakter» kasb etadi, uning rivojlanish 
sur’ati oshadi, umumiy farovonlik, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan 
daromadlarning yuksak darajasi ta’minlandi, axborot hal qiluvchi ahamiyat kasb 
etadi. 
Axborot umumxalq boyligi hisoblanadi, uni monopollashtirish juda qiyin. 
Shuning uchun xususiy mulk va bozor mexanizmlari roli pasayib bormoqda: «Hozir 
mulkchilik yuridik yasama vaziyatdan bo’lak narsa emas; korporatsiyalar xususiy 
mulkchilik instituti belgilarini yo’qotdi va faqat tashkil qilish shakli hisoblanadi». 
Insonning jamiyatdagi o’rni, mavqei va nufuzi endi uning mulkiy boyligidan ko’ra, 
uning malakasi v bilim darajasiga ko’proq bog’liq bo’ladi. 
Haqiqatdan ham jamiyatda xizmat ko’rsatish va axborot sohasining yuksak 
darajada rivojlanishi bunday jamiyatda sifat o’zgarishlar yuz berganligidan dalolat 
beradi. 
Amerika olimi Uolt Rostou (1916) o’zining «Iqtisodiy o’sish bosqichlari» 
(1960) kitobida jamiyatning xo’jalik rivojlanishi bosqichlarini ko’rsatib berishga 
harakat qildi. Rostou jamiyat taraqqiyotining bosqichlarini chegaralashga asos qilib 
texnikaviy – xo’jalik ko’rsatkichlarini – texnika taraqqiyoti darajasi, jamg’arish 
normasi, iste’mol darajasini oladi. Unda sotsial omillar ikkinchi o’ringa suriladi va 
ular texnalogik sharoitlarni ta’minlash uchun qancha zarur bo’lsa, faqat shuncha 
darajada tahlil qilinadi. 
Iqtisodiy o’sish qonuniyatlari iqtisodiy tizim xususitlariga bog’liq emas, ular 
bozor va shuningdek buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotda bir xil hisoblanadi. 
U.Rostou iqtisodiy taraqqiyotning beshta bosqichini ko’rsatib beradi: 
165 


1. An’anviy jamiyat: «Nyutongacha bo’lgan fan va texnika» bilan hamda qishloq 
xo’jaligining ustunligi bilan ifodalanadi. 
2. O’tkinchi jamiyat. Bu erda iqtisodiy o’sish uchun shart-sharoitlar yaratilgan 
bo’ladi: fan yutuqlari ishlab chiqarishga tadbiq etiladi, banklar paydo bo’ladi, 
ishlab chiqarishni investitsiyalash kuchayadi. 
3. Yuksalish davri (sanoat inqilobi): eski an’anviy uklad asosan tugatiladi, iqtisodiy 
o’sish normal holat hisoblanadi, ishlab beruvchi sanoatning asosiy tarmoqlarining 
jadal rivojlanishi amalga oshiriladi, davlat eksportni rag’batlantiradi. 
4. Etuklik bosqichi: aholining o’sishga qaraganda mahsulot ishlab chiqarishning 
doimo ortiq bo’lishi ta’minlanadi, milliy iqtisodiyotning jahon xo’jaligiga 
integratsiyalashuvi kuchayadi, an’anviy jamiyat batmom tugatiladi. 
5. Ommaviy iste’mol bosqichi: uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol buyumlari va 
xizmat ko’rsatish asosiy ahamiyat kasb etadi. 
U.Rostou AQSh iqtisodiy tizimini ijtimoiy evolyutsiyaning yuqori bosqichi, 
ommaviy iste’molning yuqori darajasi bosqichi, barcha boshqa mamlakatlarning 
kelajakdagi rivoji uchun model deb tasvirlaydi. Uningcha, kommunizm – bu 
industrlashtirishni jadallashtirish zarurati tug’ulgan hollarda «o’tkinchi davrning 
kasali», «yagona industrial jamiyat»ga o’tishning mumkin bo’lgan yo’llaridan biridir. 
Sotsializm yuksalish bosqichiga yaqinlashganda va yuksalish bosqichining o’zida 
jamiyatni jadallashtirishga qodir. «Ammo kommunizm o’z mohiyatiga ko’ra yuqori 
ommaviy iste’mol davrida barham topishi kerak». Hozir hammaga ayonki, bu 
bashorat amalga oshdi. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling