“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy talimotlar tarixi-1
78
Renta va ish haqi nazariyalari. D.Rikardo tabiat va kapitalning qiymatni ko’paytirish xususiyatini inkor etadi. Masalan, uning nazariyasida er rentasi (erdan foydalangani uchun ijara haqi) bu tabiat natijasi emas, balki sotsial omillarning qishloq xo’jaligi mahsulotlarining bahosiga bo’lgan ta’siri natijasidir. Odamlar, birinchi navbatda, eng unumdorli erlarda ishlaydilar. Ammo aholi sonining ko’payib borishi g’mon erlarni ham ishlashga majbur etadi. Chunki yaxshi erlarda etishtirilgan mahsulotlar o’sib borag’tgan aholining ehtig’jlarini qondira olmaydi. Faraz qilaylik, unumdorligi yaxshi muayyan er uchastkasida ishlashga 10 soat ketadi va bozorda mahsulot bahosi 10 pul birligiga teng. Aholining o’sishi oziq- ovqat tovarlari bahosining oshishiga olib keladi. Bu esa ishlab chiqaruvchilarni g’mon erlarni ham ishlashga majbur qiladi. Bu erlardan ko’rsatilgan miqdordagi hosilni olish uchun 10 soat emas, balki 15 soat ish vaqti ketadi. Shunga muvofiq mahsulotning bahosi ham 15 pul birligiga oshadi. Bozor bahosi bu summadan kam bo’lmasligi kerak, aks holda g’mon er uchastkalari ishlatilmasdan qolib ketadi. Yaxshi uchastkada ishlovchi fermerlar ishlab chiqarishga 10 pul birligiga teng mehnat sarflaydilar, o’z mahsulotlarini esa 15 pul birlikka sotadilar. o’rtadagi 5 birlik farq er egasiga tegadi. Ana shu, D.Rikardo nazariyasi bo’yicha, renta hisoblanadi. Uning tasdiqlashicha, keyinchalik aholining yana o’sishi kishilarni yana ham g’monroq erlarni ishlashga majbur etadi, bu esa qishloq xo’jalik mahsulotlari qiymatining o’sishiga va rentaning qo’payishiga olib keladi. Shunday qilib, er rentasi miqdori tuproq unumdorligiga va uchastkaning bozorga uzoq-yaqin joylashishiga bog’liq bo’ladi. Bu qoida keyinchalik differentsial renta kontseptsiyasi nomini oladi. A.Smit ta’limotiga ko’ra ish haqi mehnat unumdorligi natijasi, renta esa - er unumdorligi natijasi hisoblanadi. D.Rikardoda ish haqi - mehnat sarflari natijasi, renta esa - kamg’blik va er uchastkalarining har xilliligi natijasi hisoblanadi. Renta qiymat yaratmaydi. Aksincha renta miqdori bozor bahosi darajasiga bog’liq bo’ladi. «Renta to’langani uchun non qimmat emas, balki non qimmat bo’lgani uchun renta to’lanadi... Agar, hatto, er egalari barcha rentalardan voz kechganlarida ham nonning bahosi hech kamaymagan bo’lar edi», - deb g’zadi D.Rikardo. Aholi soni oshib borishi bilan milliy daromadda renta hissasining ko’payib borish tendentsiyasi amal qiladi. Oziq-ovqat mahsulotlari narxining oshib borishi va milliy daromadda renta miqdorining ko’payib borish tendentsiyasi D.Rikardoni juda tashvishga solgan. U, bundan qutilishning yo’li, xuddi T.Maltusga o’xshab, tug’ilishni kamaytirish deb bilgan. D.Rikardo fikri bo’yicha, g’mon erlarni ishlamaslikka imkon beruvchi yana bir vosita - mustamlakalardagi yuqori unumdorli erlardan foydalanish hisoblanadi. Uchinchi vosita - xalqaro savdoni rivojlantirish, aholisi zich bo’lmagan mamlakatlardan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini olib kelish. Nihoyat, D.Rikardo ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga imkon beruvchi texnik taraqqig’tga ishonch hosil qilgan. 79 D.Rikardo ta’limotiga ko’ra, mehnatning qiymati ishchining jismoniy jihatdan yashash va avlodini ko’paytirish uchun zarur bo’lgan hag’tiy vositalar qiymati bilan aniqlanadi. Demak, real ish haqi doimiy. Nominal ish haqi esa oziq-ovqat mahsulotlari bahosi oshishi sababli ko’payishi mumkin. Agar mehnat taklifi juda oshib ketsa, uning bahosi qiymatidan past bo’ladi. Bunday vaziyatda T.Maltusning aholining nufus qonuni amal qiladi: aholi o’sishi kambag’allikni kuchaytiradi, u o’z navbatida aholining o’sishini sekinlashtiradi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling