“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/113
Sana20.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1790375
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   113
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi-1

77 


Qiymat nazariyasi. 
D.Rikardo nazariyasida tovar qiymati uni eng g’mon sharoitda ishlab chiqarish 
uchun sarflangan mehnat miqdori bilan o’lchanadi. Masalan, qishloq xo’jaligi 
mahsulotlarining qiymati ularni eng g’mon erlarda ishlab chiqarishga ketgan mehnat 
sarflari bilan o’lchanadi. Agar qiymat ushbu xarajatlardan past bo’lsa, unda g’mon 
sharoitda ishovchilar ishlab chiqarishni to’xtatgan va mazkur tarmoqdan ketgan 
bo’lar edilar. Bu erda shu narsaga e’tibor berish kerakki, D.Rikardo qiymatning 
mutlaq ifodasini emas, balki ikki tovarning nisbiy qimmatini nazarda tutgan. Agar A 
tovar V tovarga ayirboshlansa, unda ayirboshlash proportsiyasi ularni ishlab 
chiqarishga ketgan mehnat sarflari nisbatiga asoslanadi. 
Moddiy sarflarchi, ular qanday bo’ladig’ D.Rikardo fikricha, kapital - bu 
mujassamlashgan mehnat, ya’ni kapitalni yaratuvchilarning oldingi mehnati. Demak, 
tovarning qiymati uni g’mon ishlab chiqarish sharoitida tayg’rlashga ketgan jonli 
mehnat sarflari bilan hamda kapital va xom ashg’ni ishlab chiqarish uchun ketgan 
oldingi mehnat sarflari bilan o’lchanadi. D.Rikardo ta’limotiga ko’ra, tovar qiymatini 
aniqlashda faqat uni ishlab chiqarishga ketgan mehnat sarflarini emas, balki uning 
sifatini (malakali va murakkab mehnatga ko’p xaq to’lanadi), tovarni bozorga olib 
kelishga ketgan vaqtni, asosiy va aylanma kapitaldan foydalanish xususiyatini ham 
hisobga olish zarur. Erkin takror ishlab chiqarilmaydigan tovarlar qiymati esa nafaqat 
mehnat sarflariga, balki nog’blikka ham bog’liq bo’ladi. 
Umuman olganda D.Rikardo tomonidan ishlab chiqilgan qiymatning mehnat 
nazariyasi sarfli printsiplarga asoslangan. Uning bu nazariyasini birinchi bo’lib tanqid 
qilgan o’zining do’sti T.Maltus hisoblanadi. U, birinchidan, savol qo’yadi: agar 
qiymatning mehnat nazariyasini to’g’ri deb faraz qilsak, unda mehnatga haq to’lash 
qanday bo’ladi: qiymat bo’yichami g’ki qiymatdan past baho bo’yichamig’ Agar 
baho qiymatdan past bo’lsa, unda ekvivalentli ayirboshlash printsipi buziladi 
(foydaliligi har hil, lekin bir xil qiymatga ega bo’lgan tovarlar ayirboshlanadi) - bu 
klassik nazariyaning va D.Rikardoning asosiy printsipi. Ikkinchidan, T.Maltus 
qiymatning mehnat nazariyasi real amalig’t bilan mos tushmasligini ko’rsatib beradi: 
agar qiymatning yagona manbai haqiqatdan ham mehnat bo’lsa, unda mehnat ko’p 
sarflanadigan tarmoqlardagi tadbirkorlar, kapital ko’p sarflanadigan tarmoqlardagi 
tadbirkorlarga nisbatan ko’proq foyda olishlari kerak. Amalig’tda esa barcha 
tarmoqlarda foyda normasi deyarli bir xil. Demak, D.Rikardo nazariyasi hato, tovar 
qiymati faqat mehnat bilan emas, balki boshqa ishlab chiqarish omillari sarflari bilan 
ham aniqlanadi deb, xulosa qiladi T.Maltus. D.Rikardo o’limidan sal avval, o’zining 
qiymat faqat mehnat sarflari bilan o’lchanadi deb tushuntirishga qilgan harakati 
noto’g’ri ekanligini tan olgan. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling