“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/113
Sana20.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1790375
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   113
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi-1

Maltus va hozirgi zamon. 
T.Maltus o’zining «Nufus nazariyasi»ni tarixiy material va faktlardan 
foydalangan holda asoslab berishga harakat qilgan. Ammo u unumdorlikning 
pasayishi savoli bo’yicha o’z dalillarida jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatlarini 
muttasil kengaytirib boruvchi texnika taraqqig’tining ahamiyatini inkor etdi. 
Masalan, XIX asrning ikkinchi yarmida AQSh aholisi deyarli to’rt barobar ko’paydi, 
lekin shu bilan birga jamiyat a’zolarining o’rtacha daromadlari ham to’rt marta o’sdi. 
T.Maltus aholi zich joylashgan mamlakatlarga qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi 
uchun tabiiy sharoiti yaxshi bo’lgan mamlakatlardan oziq-ovqat mahsulotlarini olib 
kelish imkonini beruvchi transport vositalarining tez rivojlana borishini ko’ra 
olmagan. Nihoyat, ingliz olimi o’lim darajasiga e’tibor bermagan (o’lim darajasi 
bilan aholining ko’payish darajasi nisbatan bir xil) va jamiyat farovonligining o’sishi 
tug’ilishning kamayishiga olib kelishini ham hisobga olmagan. 
T.Maltusning nufus nazariyasi industrial jamiyatdan ilgarigi taraqqig’t 
bosqichlari uchun to’g’ri keladi, negaki unda ishlab chiqarishdagi asosiy rolni tabiiy 
resurslar o’ynagan, texnika taraqqig’ti esa tasodifiy xarakterda bo’lgan. Sanoat 
inqilobi ingliz olimining aholi o’sishi va farovonlik darajasining oshishi bilan birga 
88 


mavjud bo’lmasligi to’g’risidagi prognozini yo’qqa chiqardi. Kishilar 
daromadlarining oshib borishi aholining o’sishini rag’batlantiradi degan maltuscha 
kontseptsiyadagi markaziy g’oyalardan birining ham noto’g’ri ekanligini hag’tning 
o’zi ko’rsatib berdi. Rivojlangan mamlakatlarda farovonlikning o’sishiga qaramay, 
tug’ilish darajasining pasayishi kuzatilmoqda. Masalan, shu asrning boshidan AQSh 
real mahsulotlari 12 marta ko’paydi, aholi soni esa faqat 3 marta o’sdi. Demak, tovar 
va xizmatlar miqdori aholi sonidan ko’ra 4 marta ko’p oshgan.
Rivojlangan mamlakatlarda aholining ko’payishiga bo’lgan moyillik yuqori 
emas. Nimagag’ Buning asosiy sabablaridan biri shundan iboratki, hozirgi davrda 
g’sh bolalar o’limi darajasining pasayishi ko’p bolalik bo’lish zarurligini bekor 
qiladi. Oldingi davrda g’sh bolalar o’limi ko’p bo’lganidan ehtig’t shartdan 
(straxovka) ularning tug’ilishi ko’p bo’lgan. Ikkinchi asosiy sababi (Nobel 
mukofotining sohibi G.Bekker fikriga asosan), ko’pchilik zig’li ag’llar uyda bola 
boqib o’tirishdan ko’ra, muayyan mansabdagi ijtimoiy ish bilan shug’ullanishni 
afzal ko’radilar. Oila ma’lum
ma’noda ikkinchi o’ringa suriladi. Tug’ilishning kamayishiga ta’sir etuvchi uchinchi 
sabab urbanizatsiya - jamiyatning rivojlanishida shaharning ahamiyati oshib borishi 
hisoblanadi. Shahar hag’t tarzi ko’p bolali oilalarning ko’payishini keltirib 
chiqarmaydi. Agar qishloqda bola g’shligidan g’rdamchi hisoblansa, shaharda esa o’z 
tarbiyasi uchun katta mablag’ va vaqt sarflashni talab qiluvchi iste’molchi 
hisoblanadi.
Ammo, qancha ajablanarli bo’lmasin, XX asrning oxiriga kelib industrial 
rivojlanish sotsial pessimizmning kelajagi yo’qligiga barchada ishonch tuyg’usini 
uyg’otgan bir paytda, T. Maltusning ko’plab g’oyalari yana faollashdi. Real hag’tdan 
olingan ba’zi bir faktlarni ko’rib chiqamiz. 
Qaerda ishlab chiqarish, ayniqsa qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi, g’mon 
tashkil etilgan bo’lsa, qaerda hosildorlik past, yig’ib olingani esa omborlarning 
etishmasligidan chirag’tgan bo’lsa, o’sha erda T.Maltusning qayg’uli xulosalari o’z 
kuchini saqlab qolgan. Buni bugungi kunda ham ko’pchilik rivojlanag’tgan 
mamlakatlar xalqlari his etib turibdi. Shu narsani hisobga olish kerakki, 83 % jahon 
iste’moli 20 % aholiga to’g’ri keladi. Rivojlangan va rivojlanag’tgan mamlakatlar 
farovonligi darajasidagi farq kuchayib bormoqda. 70 yillarning boshida 
ocharchilikdan qiynalganlar 400 mln. kishini tashkil etgan bo’lsa, 80 yillari - 500 
mln., 90 yillari esa 700 mln. kishidan ko’pini tashkil etdi. Kam rivojlangan 
mamlakatlar turmush darajasini «jahon andozasi»ga «ko’tarish» uchun resurslardan 
foydalanishni 40 baravar ko’paytirishga to’g’ri keladi. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling