“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet
T.Maltusning “Nufus qonuni” ijtimoiy siyosatga munosabati. Maltus va
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy talimotlar tarixi-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Nufus qonuni».
6. T.Maltusning “Nufus qonuni” ijtimoiy siyosatga munosabati. Maltus va hozirgi zamon. Marksistik iqtisodiy fanda «marksist» bo’lmagan mualliflarni sharmanda qilish «an’anasi» bor edi. Ehtimol eng ashaddiy va qattiq tanqidga uchragan ingliz olimi Tomas Robert Maltus g’oyalari bo’lsa kerak. Uni nimalar deb atashmadi: kapitalizm himoyachisi (apologeti), odamlarning dushmani, fashizm ideologi. Eng qiziqarli joyi shundaki, T.Maltus nafaqat turli toifadagi sotsialistlarning, balki ularning asosiy muxolifatlari bo’lgan erkin bozor va xususiy tadbirkorlikning mutlaq ustunliklariga ishongan liberallarning ham g’azabini qo’zg’atgan. Nega T.Maltusni shunchalik g’mon ko’rishgang’ Pessimizmi uchun, aholi farovonligini ancha oshirish mumkinligiga ishonmaganligi uchun. Axir sotsialistlar ham, liberallar ham «baxtli kelajakka» ishongan. Birinchisi, xo’jalik jarag’nlarini ongli ravishda ijtmoiy tartiblash tufayli umumiy farovonlikka erishishga umid qilgan bo’lsalar, ikkinchisi, turmush darajasini oshirish bozor mexanizmining amal qilishi va xususiy manfaatdolik kuchi bilan ta’minlanishiga ishongan. Unisiga ham, bunisiga ham pessimizm g’t bo’lgan. Ingliz iqtisodchisi Tomas Robert Maltus (1766-1834) dvoryan oilasida tug’ilgan. Kembridj universitetini tamomlagach qishloq ruhoniysi, 1807 yildan esa sig’siy iqtisod professori bo’ldi. Uning asosiy asarlari «Nufus qonuni to’g’risida 85 tajriba» (1798), «Er rentasining tabiati va o’sishi to’g’risida tadqiqot» (1815), «Sig’siy iqtisodning boshlanishi» (1820) hisoblanadi. «Nufus qonuni». Er kurrasidagi resurslarning cheklanganligi va aholi ehtig’jlarining cheksizligi g’sh ingliz ruhoniysini iqtisodig’t bilan shug’ullanishga da’vat etadi. U 32 g’shida g’zgan «Nufus qonuni to’g’risida tajriba» asarida o’zining bu mavzu bo’yicha butun dung’da katta qiziqish uyg’otgan, hozir ham unutilmagan mulohazalarni bag’n etgan. T.Maltus o’z mulohazalariga statistik materiallarni, katta hajmdagi faktlarni asos qilib olgan. Ularni o’rgangan holda T.Maltus, o’z tarixi to’g’risida aniq ma’lumotlarga ega bo’lgan barcha xalqlar o’zini-o’zi takror hosil qilishda shu qadar yuqori qobiliyatga ega bo’lganki, agar bu hodisa yashash vositalarining etishmasligi g’ki boshqa sabablar (kasalliklar, urushlar va b.) bilan to’xtatib turilmasa, balki odamlarning soni juda tez va muttasil ko’payib borgan bo’lar edi, deb isbotlab berishga uringan. T.Maltusning g’zishicha, uning kitobi nashrdan chiqqan kungacha bironta mamlakat o’z hududida aholi zichligi juda oshib ketganidan o’zini etarli hajmda iste’mol mollari bilan ta’minlash imkoniyatiga ega bo’lmagan. Iqtisodig’t, eng avvalo, tabiiy muhit imkoniyatlari bilan aniqlanuvchi o’zining ishlab chiqarish imkoniyatlari doirasidan chetga chiqishga qodir emas. Muallifning xulosa qilishicha, o’tmishda bo’lgan narsalar kelajakda ham qaytarilishi extimol, aholi o’sishi ham, agar u ongli suratda cheklanmasa, unda kambag’allik,urushlar, kasalliklar va boshqa halokatli sabablar bilan to’xtatilib turiladi. T.Maltus aholining tez o’sish sur’atini pasaytirish maqsadida kambag’allarning nikohdan o’zlarini tiyishlarini, kech turmush qurishlarini taklif qiladi. Lekin uning o’zi ham o’z tavsiyalarining to’g’riligiga unchalik ishonmagan. T.Maltus o’z nazariyasini asoslab berishda tuproq unumdorligining pasayishi kontseptsiyasidan foydalangan. Agar bitta er uchastkasining o’ziga ustma-ust mehnat sarflansa, u xuddi shunday nisbatda hosildorlikning o’sishiga olib kelmaydi, chunki hosildorlik faqat mehnatga emas, balki tuproqning tabiiy unumdorligiga ham bog’liq bo’ladi. U berishi mumkin bo’lgan narsadan ortiqchasini undan olib bo’lmaydi. Hisoblab chiqqach, T.Maltus xulosa qiladi: insoniyat qancha harakat qilmasin, qishloq xo’jaligidan u oladigan oziq-ovqat mahsulotlari miqdori faqat arifmetik progressiyada o’sishi (eslatib o’tamiz , arifmetik progressiyada o’sish 1,2,3,4,5.... ko’rinishda, ya’ni har bir keyingi son oldingisidan bir xil absolyut miqdorga oshib boradi), aholining soni esa geometrik progressiyada o’sishi mumkin (eslatib o’tamiz, geometrik progressiyada o’sish 1,2,4,8,16,… ko’rinishda, ya’ni har bir keyingi son oldingisidan 2 barobar ko’p bo’ladi). Arifmetik progressiya geometrik progressiyaga nisbatan sekin oshib borganligi sababli, T.Maltus hisobidan kelib chiqadi: agar er kurrasi aholisi sonining o’sishi cheklanmaydigan bo’lsa, u chog’da odamlar dahshatli ocharchilikka duch keladilar. Bu erda T.Maltus insoniyat manfaati nuqtai nazardan o’limning ko’payishiga olib 86 keluvchi barcha omillarni - epidemiya, ocharchilik qirg’ini, urushlarni ijobiy baholash kerak, deb xulosa qiladi. Bu nazariya barcha iqtisodiy ta’limotlar ichida eng qayg’uli, eng ma’yusli hisoblanadi. T.Maltusdan keyingi davrdagi iqtisodchilar uning xulosa va prognozlari asossiz ekanligini isbotlab berdilar. Buning uchun odamlarga tuproq unumdorligini oshirish, T.Maltus tasavvur qila olmagan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish imkonini yaratib beruvchi fan-texnika yutuqlari asos bo’ldi. Amerika iqtisodchisi J.L.Saymonning tasdiqlashicha, insonning ijodkorligi va uning mevasi - texnik jarag’n planetadagi aholining har qanday o’sishini kompensatsiyalashi va uning yuqori hag’t darajasini ta’minlashi mumkin. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling