“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet
Samarali talab. Pul bozori va foiz stavkasi
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy talimotlar tarixi-1
3. Samarali talab. Pul bozori va foiz stavkasi. J.M.Keyns «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» asarida o’z tadqiqotlarini klassiklar nazariyasini, jumladan Sey qonunini tanqid qilishdan va samarali talab nazariyasini isbotlab berishdan boshladi. Sey qonuni klassiklar o’rtasida to’g’ri deb e’tirof etilgan va unga amal qilib kelingan. Bu qonunga ko’ra taklif avtomatik tarzda o’z talabini yuzaga keltiradi. J.M.Keyns esa unga qarshi yalpi talab o’z taklifini yuzaga keltirish g’oyasini ilgari suradi va o’zining samarali talab nazariyasini ishlab chiqadi. Samarali talab nazariyasiga muvofiq muayyan miqdordagi mahsulot (yoki mehnat) taklifining bahosi shuni bildiradiki, u tadbirkorni ushbu mahsulot (yoki mehnat) miqdorini taklif qilishga rag’batlantirish uchun etarli hisoblanadi. Yalpi talab bahosi va mahsulot (yoki mehnat) hajmi o’rtasidagi nisbat yalpi talab funktsiyasini bildiradi. Ma’lumki, tadbirkor muayyan miqdordagi mahsulotni sotgandan keyin daromad olishlari mumkin. Kutilayotgan daromad va mahsulot (yoki mehnat) hajmi o’rtasidagi nisbat yalpi taklif funktsiyasini bildiradi. Agar muayyan miqdorda ishlab chiqarilgan muhsulot uchun ko’zda tutilgan daromad yalpi talab bahosidan oshiq kelsa, unda tadbirkorlar yanada yuqori foyda olish maqsadida mahsulot miqdorini (va ish bilan bandlikni) orttiradilar va agar kutilayotgan daromad taklif bahosidan past bo’lsa, u holda tadbirkorlar mahsulot miqdorini (va ish bilan bandlikni) kamaytiradilar. Faqat ko’zda tutilayotgan daromad va taklif bahosi o’rtasida tenglik bo’lgan sharoitdagina optimal holat yuzaga keladi. Shuning uchun tadbirkorlar mahsulot ishlab chiqarishni ushbu darajada ushlab turishga intiladilar. Demak, tadbirkorlar uchun qulay bo’lgan ishlab chiqarish darajasi yalpi talab funktsiyasi bilan yalpi taklif funktsiyasi kesishgan nuqta bilan belgilanadi, ushub nuqtadagi yalpi talab funktsiyasining qiymati samarali talabni bildiradi. J.M.Keyns ta’limoti bo’yicha, ishlab chiqarish va ish bilan bandlik «samarali talab» o’zgarishi (dinamikasi) bilan aniqlanadi, u iste’mol xarajatlari va investitsiyalarni o’z ichiga oladi, ya’ni milliy daromad miqdori yalpi xarajatlar miqdori bilan ifodalanadi: Y=C+I Bu erda: Y - milliy daromad; C - iste’mol xarajatlari; I - yalpi investitsiyalar. Bunda J.M.Keyns foydalanilmagan resurslar mavjud bo’lgan sharoitida baholar o’zgaruvchan emas deb mushohada qiladi. Xususan, mehnat bahosi o’zgarmas deb 135 qaraladi – nominal ish haqi kasaba uyushmasi va boshqa ijtimoiy omillar sababli pasayishi mumkin emas. Shu bilan birga muallif bu erda ishlab chiqarish resurslaridan unumli foydalanish imkoniyatlari ochib berilganligi to’g’risida qayd qilib o’tadi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling