“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy talimotlar tarixi-1
136
Insonning psixologik moyilligi. J.M.Keyns ochib bergan psixologik qonunga ko’ra, inson daromadlari oshib borishi bilan iste’mol va jamg’armani ko’paytirib borishga moyil. Shuning uchun, iste’mol va jamg’armaning milliy daromadga bog’liqligi, ularning nisbati muhim ahamiyat kasb etadi. Iste’mol funktsiyasi tenglama ko’rinishida ifodalanadi: C=C(Y) J.M.Keyns tomonidan kashf qilingan asosiy psixologik qonun uning iste’mol funktsiyasini tadqiq qilishda yo’naltiruvchi omil bo’ladi. «Asosiy psixologik qonun, - deb yozadi J.M.Keyns, - shundan iboratki, kishilar, odatda, daromadlari ortib borishi bilan o’z iste’molini ko’paytirishga moyildirlar, lekin bunda iste’mol darmad ortgan darajada oshmaydi». Bu hol shu narsani bildiradiki, agar daromad o’zgarsa iste’mol ham shu yo’nalishda o’zgaradi, lekin iste’mol o’zgarishi daromad o’zgarishi darajasidan past bo’ladi. J.M.Keyns iste’mol o’zgarishi bilan daromad o’zgarishi o’rtasidagi nisbatni iste’molga bo’lgan me’yorli moyillik deb atadi va uni quyidagi formula bilan ifodaladi: MPC= Y C ∆ ∆ Iste’mol va umumiy daromad o’rtasidagi nisbatni esa, u iste’molga bo’lgan o’rtacha moyillik deb atadi: APC= Y C J.M.Keyns ochib bergan psixologik qonunga ko’ra iste’molga bo’lgan me’yorli moyillik miqdori 0 dan 1 gacha bo’lgan oraliqda yotadi: 0< Y C ∆ ∆ <1 Yuqorida qayd qilib o’tganimizdek, J.M.Keyns o’z nazariyasida iste’molga bo’lgan moyillik tushunchasi bilan birga jamg’armaga bo’lgan moyillik tushunchasini ham ilgari surdi. Jamg’armaga bo’lgan moyillik – bu jamg’arma (S) miqdori o’zgarishi bilan uni o’zgartirgan daromad o’zgarishi o’rtasidagi nisbatdir: MPS= Y S ∆ ∆ Jamg’armaga bo’lgan o’rtacha moyillik esa jamg’armaning umumiy daromadga bo’lgan nisbati bilan ifodalanadi: 137 APS= Y S Bu erda shu narsani qayd qilib o’tish kerakki, agar umumiy daromad oshsa, unda kishilar ushbu oshgan daromadning bir qismini iste’molga sarflasalar, ikkinchi qismini jamg’aradilar. Shuning uchun jamg’arma va iste’mol o’zgarishlari yig’indisi daromad o’zgarishiga teng, ya’ni Y S C ∆ = ∆ + ∆ J.M.Keyns nazariyasiga muvofiq, daromadning bir qismini jamg’arishga bo’lgan insonning psixologik moyilligi kapital qo’yilmasini kamaytirishi sababli daromad o’sishini sekinlashtiradi. Insonning iste’molga bo’lgan me’yorli moyilligiga kelsak, J.M.Keyns fikri bo’yicha, u doimiy hisoblanadi va shuning uchun investitsiyalarning ko’payishi va daromadlar darajasi o’rtasida barqaror nisbatni keltirib chiqarishi mumkin. Bu aytilganlar shu narsadan dalolat beradiki, J.M.Keynsning tadqiqot metodologiyasida noiqtisodiy omillar - davlat (ishlab chiqarish vositalariga va yangi investitsiyalarga bo’lgan iste’mol talabni rag’batlantiruvchi sifatida) va odamlarning psixologiyasi (xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning o’zaro munosabatlarini oldindan belgilab beruvchi sifatida) ham iqtisodiy o’sishda muhim ahamiyat kasb etadi. 1> Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling