Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanidan mustaqil ta‘lim topshiriqlari Variant №1 1-topshiriq
Download 131.15 Kb.
|
ITT mt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanidan mustaqil ta‘lim topshiriqlari Variant № 14 1-topshiriq.
- 2-topshiriq
4-Topshiriq. Quyidagi asarlar muallifini yozing.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanidan mustaqil ta‘lim topshiriqlari Variant № 14 1-topshiriq. Quyidagi savollarga javob yozing: Klassik iqtisodiy maktabning paydo bo‘lishining tarixiy shart-sharoitlari va uning tavsifi. P.Samuelson iqtisodiy g‘oyalari va “neoklassik sintez” konsepsiyasi. “Ekonomiks” asari. 2-topshiriq. Atamalarga qisqacha izoh yozing: Merkantelizm Kapitalizm Liberalizm 3-topshiriq. Testlarni ishlang: 1. A.Smit mehnatni unumli hisoblaydi, agar u sarflagan bo’lsa: A) qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida; B) moddiy ishlab chiqarishning har qanday tarmog’ida; V) moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida; G) ichki va tashqi savdoda. 2. Kapital tuzilishini A.Smit quyidagi qaysi qismlarga ajratadi? A) dastlabki va har yili qilinadigan avanslar; B) asosiy va aylanma kapital; V) doimiy va o’zgaruvchi kapital; G) yuqoridagilarning barchasi. 3. A.Smit ta’limotida asosiy g’oya: A) iqtisodiy liberalizm g’oyasi; B) iqtisodiyotga davlatning aralashuvi g’oyasi; V) iqtisodiyotni monopollashtirish g’oyasi; G) iqtisodiyotni davlat rejalashtirishi g’oyasi. 4. Qiymatni aniqlashda D. Rikardo quyidagilardan qaysi biriga asoslandi? A) mehnat nazariyasiga; B) xarajatlar nazariyasiga; V) foydalilik nazariyasiga; G) pul nazariyasiga. 5.D. Rikardo «renta» kategoriyasini quyidagi qaysi variantlarda talqin qildi? A) yerdan olinadigan daromad sifatida; B) sanoat sohasidagi foyda sifatida; V) o’rtacha foyda darajasidan ortiqcha fermerning qo’shimcha daromadi sifatida; G) «er in’omi» sifatida. 6. D.Rikardo fikri bo’yicha, ish haqi pasayish tendentsiyasiga ega negaki: A) tadbirkorlar ishchilarning mehnat bahosini pasaytiradi; B) tug’ilishning yuqori sur’ati ortiqcha mehnat taklifini keltirib chiqaradi; V) mashina va mexanizmlar ishchi kuchini siqib chiqaradi; G) foyda normasi pasayib boradi. 7.Foyda normasining pasayishi tendentsiyasini, D.Rikardo bo’yicha, quyidagi qaysi sabablar keltirib chiqaradi? A) kapitalning bir ish turidan boshqasiga oqib o’tishi; B) «mehnatni bozor bahosining» nisbatan oshishi; V) yer unumdorligining pasayishi sababli undan olinadigan mahsulotlar bahosining oshishi; G) yuqoridagilarning barchasi. 8. «Qiyosli ustunlik» nazariyasining asoschisi – bu: A) A.Smit; B) D.Rikardo; V) J.B.Sey; G) J.M.Keyns. 9. J.B.Seyning «bozor qonunining» asosiy qoidalari hisoblanadi: A) taklif o’ziga mos darajada talabni keltirib chiqaradi; B) baho, ish haqi va foiz stavkasi mutlaqo moslashuvchan, harakatchan; V) iqtsodiy inqirozlar bo’lmaydi, negaki ularning vujudga kelishi vaqtincha va o’tkinchi xarakterga ega; G) yuqoridagilarning barchasi. 10.Kimning iqtisodiy ta’limoti vujudga kelishi bilan «Sey qonuni» o’z faolligin yo’qotdi? A) K.Mengerning; B) A.Marshallning; V) J.M.Keynsning; G) M.Fridmanning. 4-Topshiriq. Quyidagi asarlar muallifini yozing.
Download 131.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling