Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanidan mustaqil ta‘lim topshiriqlari Variant №1 1-topshiriq


Download 131.15 Kb.
bet17/27
Sana15.11.2023
Hajmi131.15 Kb.
#1773713
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Bog'liq
ITT mt

4.

“Kapital”




5.

Iqtisodiy jadval




6.

Daromadlar to‘g‘risida





Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanidan mustaqil ta‘lim topshiriqlari
Variant № 17
1-topshiriq. Quyidagi savollarga javob yozing:

  1. Lozanna maktabining xususiyatlari

  2. Marjinalistik taʼlimotning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati

2-topshiriq. Atamalarga qisqacha izoh yozing:

  1. Renta nima?

  2. Monetarizm nima?

  3. Kameralistika


3-topshiriq. Testlarni ishlang:
1. T.Maltusning nufus nazariyasiga binoan qambag’allikning bosh sababi hisoblanadi:
A) aholi soni o’sishining doimiy yuqori sur’ati;
B) ish haqining o’zgarmas past darajasi;
V) «tuproq unumdorligining pasayishi qonuni»;
G) yuqoridagilarning barchasi.

2. T.Mal’tusning nufus nazariyasini quyidagilardan kim qat’iy inkor etdi?


A) D.Rikardo;
B) J.S.Mill;
V) R.Ouen;
G) A.Marshall.

3. T.Mal’tus fikri bo’yicha takror ishlab chiqarishdagi «uchinchi shaxs»-bu:


A) jamiyatning unumsiz qismi;
B) ijtimoiy mahsulotni yaratishga va realizatsiya qilishga Yordam beruvchi omillar;
V) umumiy ortiqcha ishlab chiqarishni oldindan bartaraf qiluvchi omillar;
G) yuqoridagilarning barchasi.

4.Sotsializmning nazariy-metodologik muammolarini ko’rib chiqishga jazm qilgan klassik siyosiy iqtisodning birinchi mualliflari:


A) A.Smit;
B) J.S.Mill;
V) K.Marks;
G) T.Mal’tus.

5.J.S.Millning islohot kontseptsiyasida tavsiya etiladi:


A) kooperativ assotsiatsiya Yordamida Yollanma mehnatni tugatish;
B) yer solig’i Yordamida yer rentasini umumiylashtirish;
V) merosxo`rlik qonunini cheklash yordamida boylikning tengsizligini cheklash;
G) yuqoridagilarning barchasi.

6.«Kapital» kategoriyasini ekspluatatsiya vositasi va o’z-o’zidan o’suvchi qiymat sifatida tavsiflagan yagona klassik siyosiy iqtisod vakili:


A) A.Smit;
B) J.B.Sey;
V) K.Marks;
G) F.Kene.

7.K.Marks fikri bo’yicha, foyda normasining pasayish tendentsiyasini quyidagi qaysi sabablar keltirib chiqaradi?


A) kapitalning bir ish turidan boshqasiga oqib o’tishi;
B) kapital tuzilishida o’zgaruvchi kapital hissasining kamayishi;
V) kapital tuzilishida doimiy kapital hissasining oshib borishi bilan birga kuzatiladigan kapital jamg’arilishi;
G) yuqoridagilarning barchasi.

8. K.Marksning takror ishlab chiqarish nazariyasida asoslab berilgan qoidalar-bu:


A) «yillik mahsulot» qimmati bilan bir yilda yaratiladigan daromadlarning aynan o’xshashligi;
B) oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish turlarining farqi;
V) to’yib iste’mol qilmaslik iqtisodiy inqirozlar doktrinasining asossizligi;
G) kapitalizmda iqtisodiy inqirozlarning tasodifiyligi.

9. Marjinalizm tadqiqoti asoslanadi:


A) umumiy iqtisodiy miqdorlarga;
B) o’rtacha iqtisodiy miqdorlarga;
V) me’yorli iqtisodiy miqdorlarga;
G) yuqoridagilarning barchasi.

10.Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi zarurligi nazariyasini ilgari surdi:


A) Monetaristlar;
B) Keynschilar;
V) Klassiklar;
G) Yangi klassiklar.


Download 131.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling