Iqtisodiy ta'limotlar


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

Maks Veber 


252 
uchun umumiy bo`lgan holatlarni tasdiqlovchi manbalarni aniq ko`rsatib o`tdi. 
Shuningdek, milliy sanoat, millatning sanoat tarbiyasi va ayniqsa tashqi savdo 
taraqqiyoti muammolari keng ilmiy tahlil qilindi. 
F.List tomonidan bir davrning o`zida turli mamlakatlar teng rivojlanishi 
mumkin emasligining ilmiy asoslanishi katta ahamiyatga ega bo`ldi. 
Tarixiy maktab olimlari iqtisodiy fan rivoji yo`lida ko`p ishlarni amalga 
oshirdilar. Ular o`z asarlarida tarixiy va statistika manbalarini keng qo`llagan 
bo`lsalar-da, ayrim hollarda yuzaki bayonchilikni ham uchratishimiz 
mumkindir. Lekin shuni aytish zarurki, B.Gil'debrandning "Hozirgi zamon va 
kelajakning siyosiy iqtisodi" va K.Knisning "Tarixiy usul nuqtayi nazaridan 
siyosiy iqtisod" nomli kitoblari nashr qilinishi iqtisodiy ta'limotlar tarixida 
tarixiy maktab o`rnini mustahkam belgilab berdi. 
Ushbu maktabning "tarixiy" usuliga xos xususiyatlarni V.Rosher 
quyidagicha belgilaydi: 
1. Xalqlar iqtisodiy masala deganda nimani tushunadi? Ular iqtisodiy 
sohada nimalarga erishganliklarini amalda ko`rsatish; 
2. Faqat zamonaviy iqtisodiy munosabatlarni kuzatish bilan 
cheklanmaslik; 
3. Barcha xalqlarga xos iqtisodiy xodisa va harakatlarni taqqoslab tanqid 
qilish. Bu sohada ayniqsa qadimgi xalqlarga e'tibor berish; 
4. Iqtisodiy muassasalarni maqtamaslik va haqorat qilmaslik, chunki 
ulardan ayrimlarigina barcha xalqlar uchun foydali yoki zararlidir. 
Shunday qilib, tarixiy maktab vakillari tarixiy rivojlanish, evolutsiya va 
bosqichlar ketma-ketligini e'tirof etib, iqtisodiy qonunlarni e'tibordan chetda 
qoldirdilar. 
Tarixiy maktab faoliyati barcha kamchiliklardan qat'i nazar katta 
e'tiborga loyiq bo`ldi. Bu maktabning o`ziga xos usulini nemis 
iqtisodchilarining keyingi avlodi o`z ijodi bilan davom ettirdi. 
XIX asrning 70-yillarida iqtisodiy ta'limotlar tarixi fanida bir nechta 
nazariy maktablar vujudga keldiki, ular o`z maqsad, vazifalari va uslubiyatlari 
bilan o`zaro farq qilar edilar. Germaniyadagi yangi tarixiy maktab ham xuddi 
ana shunday ya'ni yangi yo`nalishni ilmiy asoslashga harakat qilgan va klassik 
nazariyotchilarni ayovsiz tanqid qilgan nazariy maktablardan biri edi. Ushbu 
maktab iqtisodchilari klassiklar fikricha qarshi iqtisodiy qonunlarning nisbiy 
ekanligi, tarixiylik nuqtayi nazaridan vaqtincha ekanligini hamda itimoiy va 
tabiiy faktorlargi mos ravihda shartli ekanligini ko`rsatib berdilar. Shuningdek 
klassiklarning "iqtisodiy inson" g`oyalari ham tanqid qilinib, undagi 
insonlarning xo`jalik faoliyati - xulqiga xos kechinmalari (ijtimoiy manfaat, 
oilaviy g`amxo`rlik, mehribonlik, burchni his etish, urf-odatlar va boshqalar) 
e'tibordan chetda qolmaganligini alohida ta'kidladilar. Va nihoyat, ular klassik 
maktabga xos bo`lgan abstraksiya va deduksiya uslublaridan keng foydalanish 


253 
o`z navbatida ilmiy kuzatish va induksiya uslublaridan yetarli foydalanmaslikka 
asosiy sabab ekanligini ko`rsatib berdilar. haqiqatan ham, yangi tarixiy maktab 
olimlari qo`llagan va iqtisodiyot fanidagi yangicha tarixiy usullar ushbu maktab 
erishgan ijobiy yutug`larga asosiy sababchi edi. Chunki bir qancha marotaba 
nashrdan chiqqan fundamental tarixiy-iqtisodiy monografiyalar na faqat oddiy 
ilmiy ishlar sifatida, balki bu izlanishlar natijasi, qator ijtimoiy-iqtisodiy 
muammolarni hal etishda o`z o`rnini topdi. 
Shu o`rinda taniqli iqtisodchi olim Ya.S.Yadgarovning yozishicha, 
tarixiy maktab xo`jalik hayoti evolutsiyasini ilmiy o`rgangan yangi tarixiy 
maktabning o`tmishdoshi bo`lgan bo`lsa, o`z navbatida bu maktab hozirgi 
zamon iqtisodiyot fanidagi institutsional yo`nalish ya'ni amerika ijtimoiy-
institutsional maktablari shakllanishiga ijobiy ta'sir ko`rsatgan edi (Ядгоров 
А.С история экономических учений. М., 1999,с.149). 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling