Iqtisodiy ta'limotlar
-BOB. YANGI KLASSIK (NEOKLASSIK)
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма
15-BOB. YANGI KLASSIK (NEOKLASSIK)
YO`NALISHNING SHAKLLANISHI Yuqorida klassik iqtisodiy maktabning asosiy ta'limotlari qarab chiqilgan edi (V.Petti, P.Buagilber, A.Smit, D.Rikardo va b.). X1X asr oxiri- XX asrning o`rtalarida esa ilmiy-texnika inqilobi boshlandi, sharoit keskin o`zgardi. Ko`pgina ta'limotlar, masalan Keyns ta'limoti mo`'tadil holatdagi iqtisodiyotni tahlil etgan bo`lsa, ya'ni ilmiy-texnika rivojini va aholi sonining o`sishini inkor qilgan bo`lsa, endi mamlakatlarning nihoyatda notekis rivojlanishi kuchaydi. GFR, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Italiya va boshqa mamlakatlarda yuqori sur'atlar sezildi. Bularning hammasini tushuntirish, uni ma'lum qolipga solish kerak edi. Dastlab neoklassik yo`nalish K.Marksning g`oyalariga qarama-qarshi reaksiya sifatida yuzaga keldi va XX asrning 30-yillarigacha hukmron bo`ldi. Bu orada Keyns va keynschilik ta'limotiga e'tibor kuchaydi. 70-80 yillarda 271 davlatning iqtisodiyotga haddan tashqari ko`p aralashuvi (Keyns g`oyasi) iqtisodiyot rivojiga aks ta'sir eta boshladi. Shunda yana neoklassik ta'limot "yordam"ga keldi. G’arb iqtisodiy adabiyotida bu yo`nalish "Yangi klassik ekonomiks" deb nomlanmoqda. Hozirgi davrdagi "Ekonomiks" asosida marjinalistik nazariya yotadi va unda klassik siyosiy iqtisodni marjinalizm bilan sintezlash harakati mavjud. Ekonomiks sof iqtisodiyot va siyosiy iqtisod oralig`idagi fan bo`lib (anik tarjimasi yo`q), qisqacha aytganda "qanday qilib resurslari cheklangan, tanqis bo`lgan jamiyatda nimani, qanday qilib va kim uchun ishlab chiqarishni" o`rganadi. Bu bobda neoklassiklardan A.Marshall, J.B.Klark, V.Pareto g`oyalari ko`rib chiqiladi. Bu fanning kelib chiqishi taniqli buyuk ingliz iqtisodchisi Alfred Marshall (1842-1924) nomi bilan bog`liq, u iqtisodiyotni "insoniyatning normal hayot faoliyati to`g`risidagi ta'limot" deb baholaydi. 1902 yilda A.Marshall "Ekonomiks" kursini dastlab Kembridj universitetida o`qiy boshladi, bu fan J.S.Millning siyosiy iqtisodi kursi (klassik maktab) o`rniga kiritildi. Bundan oldinroq, 1890 yilda A.Marshallning "Ekonomiks prinsiplari" kitobi chop etilgan edi. "Ekonomiks" maktabining paydo bo`lishi tasodifiy bir hol emas edi. Bu, birinchidan, g`arbdagilarning ratsionalizmidan kelib chiqqan bo`lsa, ikkinchi- dan, undan ham chuqurroq sabablar mavjud edi. XIX asrning oxiridagi inqiroz va deyarli yigirma yillik depressiya davlatning iqtisodiyotga aralashuvi samara- siz ekanligini ko`rsatdi. A.Marshall shularni tahlil qilib, erkin raqobat va bozor g`oyasini yana jonlantirdi, bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning rolini che- klash kerakligini yaxshi sezdi va avvalgi fandagi birinchi suzni, ya'ni "siyosiy" so`zini olib tashlashni ma'qul ko`rdi. Iqtisodiy ta'limotlarda neoklassik yo`nalishning shakllanishi, "marjinal- istik inqilob"ning 2-bosqichi Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling