Iqtisodiy ta'limotlar
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- Veblen
16.2. T.Veblen g`oyalari
Veblen iqtisodiy jarayonlarni shakllangan an'analar sifatida tahlil etadi. Ana shunday an'anaviy harakatlantiru- vchi kuchlar qatoriga ota-onalar his-tuyg`usi, usta instinkti, ya'ni yaxshi ishlashga intilish, ilmga chanqoqlik, sof Veblen 285 qiziquvchanlik kiritiladi. Uning fikricha, dastlabki instinkt avval oilaga g`amxo`rlikda namoyon bo`ladi, keyinchalik esa jamiyat va butun insoniyatga bo`lgan g`amxo`rlikka aylanib boradi. Darvinizm (biologik) g`oyalari iqti- sodiyotga tadbiq etiladi. Veblen "Bekorchi sinflar nazariyasi" ("Теория празд- ного класса") kitobida quyidagilarni yozadi: "Jamiyatdagi odamning hayoti boshqa turdagi hayot kabi mavjudlik uchun kurashdir va demak, tanlanish va moslashish jarayonini aks ettiradi. Jamiyat strukturasining evolutsiyasi institut- larning tabiiy tanlanish jarayonidir". Darvinning tabiiy tanlanish ta'limoti ijtimoiy xodisalarga mexanik ravishda ko`chiriladi. Insonning ongli harakatiga yetarlicha baho bermasdan, odamlarning yurish-turishi g`ayriixtiyoriy saboqlar, instinkt, fe'l-atvor va odatlar orqali tushuntiriladi. Jamiyat rivoji biologik qonuniyatlar bilan bir xil deb qaraladi, proletariatnig sinfiy kurashi inkor qi- linadi, markscha inqilobga darvinistik evolyusionizm qarama-qarshi qo`yiladi. U zamonaviy industrial texnokratik konsepsiyalar asoschisi bo`lib hisoblanadi. Industriya olamiga alohida e'tibor beriladi va unga barcha ishlab chiqaruvchilar va birinchi navbatda muhandislar va ishchilar kiritiladi. Industri- ya olami mehnat unumdorligini o`stirish, ishlab chiqarish jarayonini yaxshilash va samaradorlikni oshirishni bosh maqsad qilib qo`yadi. Unga moddiy ishlab chiqarish sotsial formadan butunlay ajratib qo`yiladi. Ishlab chiqarish asosan texnik ko`rsatkichlar, masalan texnik asos darajasi, malaka, bilim va boshqalar bilan xarakterlanadi. Biznes olami deganda u moliyachilar, trest tashkilotchilari va tadbirkorlarni tushundi. Uningcha, biznes imkoni boricha yuqori foyda uchun intiladi va shu sababli uni beayov tanqid qiladi, chunki turli moliyaviy va kredit nayranglari, turli aksioner jamiyatlari tizimi tufayli sanoat unga to`la bo`ysundirilgan. Shu sababli, sanoatni biznes ta'siridan "ozod" qilish kerak, deydi u. "Industriya" va "biznes" nazariyasida ishlab chiqarish jarayonida moddiy mazmun bilan uning sotsial-iqtisodiy shakli o`rtasida bog`lanish yo`q. Veblen industriya va biznes orasida keskin qarama-qarshilik bor deb xato qi- ladi, shular kapitalizm illatlarining sababchisi qilib ko`rsatiladi. Insonlarning iqtisodiy rag`bati avvalo qarindoshlik his-tuyg`usi, bilim va bajarilayotgan ishning yuqori sifatiga instinktiv intilishdir (A.Smit - foyda ketidan quvish). Bekorchi (to`q) sinflar to`g`risida farq yuritilib, ularga "biznes olami odatlari" xosligi aytiladi. Ular uchun tovarlarga alohida baho belgilanadi va ular talab qonunlaridan boshqacha bo`lishi mumkin deyiladi. Buni "Veblen effekti" deb ataladi (bu fikrda jon bor, boy mamlakatlarda boylar uchun alohida do`konlar mavjud). Veblen nazariyasi jamiyat sotsial strukturasi to`g`risida noto`g`ri tushuncha hosil qiladi, jamiyat sinflarga ajratilmaydi, ishchilar va muhandislar yagona sanoatchilar guruhiga kiritiladi, sinfiy kurash tushunchasi esa umuman yo`q. 286 Mavjud tizimni o`zgartirish to`g`risida gapirib, bu masalani Veblen ilmiy-texnika inqilobini kuchaytirish, hokimiyatni texnik intelligensiya qo`liga berish bilan hal etishni taklif qiladi. Buning uchun barcha muhandis-texnik xo- dimlar umumiy ish tashlashlari kerak, shunda tadbirkorlar ularning shartlariga ko`nishga majbur bo`ladilar. Kapitalizm transformatsiyasi "texniklar kengashi" vositasida bajariladi, hozirgi zamon jamiyatida intelligensiyaning roli birinchi o`ringa qo`yiladi, ya'ni biznes olamini muhandis- texnik intellegensiya yenga oladi. Sanoat mutaxassislari yagona sinf sifatida qaraladi va bu sinfning asosiy maqsadi texnikadan foydalanishni takomillashtirishdir. Demak, Veblen yangi jamiyatni "texnokratik" ko`z bilan ko`radi va kapitalizmni saqlab qolish yo`lini taklif etadi. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling