Iqtisodiy ta'limotlar


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

XULOSA 
 
X1X asrning 70-yillaridan boshlab iqtisodiy ta'limotlarda prinsipial 
yangi yo`nalish - marjinalizm g`oyalari ustundir, avalgi klassik maktab 
vakillarining fikrlari keskin tanqidga uchradi, chunki amaliy iqtisodiyotda 
o`zgarishlar ro`y berdi. XX asrning boshlarida esa neoklassik (ya'ni yangi 
klassik) g`oyalari shakllana boshladi, bu marjinalizm g`oyalari rivojining 2-
bosqichi deb qaralishi mumkin. "Siyosiy iqtisod" dan ancha farq qiluvchi 
"Ekonomiks" tushunchasi kiritiladi va iqtisodiyotga yondoshuv keskin o`zgardi. 
Neoklassik yo`nalishning asosiy mafkurachisi A.Marshall hisoblanadi, u 
"Ekonomiks" iborasini birinchi bo`lib muomalaga kiritdi. Iqtisodiyot faning 
asosiy vazifasini "insoniyatning normal hayot faoliyati to`g`risidagi ta'limot" 
deb baholaydi. 
Klassik maktabning prinsipial g`oyalari himoya qilinadi (erkin baho, 
raqobat, davlatning iqtisodiyotga aralashmasligi va b.), ammo unga 
marjinalistik qoidalar qo`llaniladi. qimmat va baho shakllanishi nihoyatda 
original ravishda ko`rsatib berilgan, "qaychi tig`i" effekti muhimdir. Talab va 
taklif chiziqlarining kesishgan joyida baho aniqlanishi, "Marshall xochi" 
nihoyatda katta ahamiyatga ega va hozir bu qoida doimo qo`llaniladi. 
"Iste'mol 
ortiqchaligi", 
mo`tadil 
baho, 
talabning 
elastikligi, 
"reprizentativ firma" to`g`risidagi g`oyalar fundamental ahamiyatga ega. 
Amerikalik J.B.Klarkning qarashlarida fanning asosiy predmeti 
"jamiyatning barcha daromadlarini turli shakldagi daromadlarga ajratishdan 
iborat" deb qaraladi. 
Fanni statika va dinamikaga ajratadi, "eng yuqori (chegaraviy) mehnat 
unumdorligi qonuni"ni kiritadi. 
Italiyalik V.Pareto iqtisodiyotda umumiy muvozanat muammolar 
tadqiqotiga e'tibor beradi. Matematik apparatdan unumli foydalanib, "befarqlik 
egri chizig`i" ni yaratdi. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling