Iqtisodiy ta'limotlar


Iqtisodiy islohotlarning milliy


Download 2.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/152
Sana02.12.2023
Hajmi2.19 Mb.
#1780126
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   152
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar

22.3. Iqtisodiy islohotlarning milliy 
modeli va yangi asr strategiyasi 
Xalqaro mezonlar va demokratik talablarga to`liq javob beradigan 
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining III bo`limi (Jamiyat va 
shaxs), XII bobida (Jamiyatning iqtisodiy negizlari) gi 53-moddasida: 
"Bozor 
munosabatlarini 
rivojlantirishga 
qaratilgan 
O`zbekiston 
iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat 
iste'molchilarining huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, 
tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng 
huquqliligini va haqiqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini 
kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat 
himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va 
tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin" - deb belgilangan. Ushbu 
modda iqtisodiy munosabatlarning huquqiy kafolatlarini bayon etadi va 
barcha iqtisodiy islohotlar tizimiga asos bo`lib xizmat qiladi. 
Albatta, konstitutsiyamizning hamda halqimizning o`ziga xos 
xususiyatlari va ilg`or jahon tajribalarini uyg`unlikda mujassamlashtirilgan 
- dunyoda "o`zbek modeli" deb e'tirof etilgan iqtisodiy islohotlar 
modelining asosiy muallifi I.Karimov inson-islohot uchun emas, islohot 
inson uchun xizmat qilish kerak, deb ta'kidlagan mezon muhim 
hisoblanadi. 
Islohotlarning "o`zbek modeli" nimalarga asoslanadi degan savolga 
quyidagicha javob berish mumkin:
·bozor iqtisodiyoti va demokratiya tamoyillariga asoslanadigan 
jamiyatni barpo etish; 
·SSSR parchalangandan keyingi O`zbekistonning haqiqiy holati; 
·xalqning mentaliteti va tarixiy an'analarga islohotlarni amalga 
oshirishning u yoki bu sur'atlariga aholining tayyorlik darajasi; 
·"Shok terapiyasi" dan voz kechish. 
Demak, islohotlardan asosiy maqsad - yurtimizning yanada 
rivojlanishi, xalqimizning farovonligi, jahon hamjamiyatidan o`zimizga 


392 
munosib o`rin egallashdan iborat. XXI asr boshida O`zbekiston 
taraqqiyotining I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan strategiyasida 
quyidagi muhim ustuvor yo`nalishlar mavjud. Bular: 
1.Iqtisodiyotning izchil o`sishi va samaradorligini oshirish, 
demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirish asosida xalq turmush 
darajasining barqaror va uzluksiz yaxshilanib borishini ta'minlash hamda 
aholini kuchli ijtimoiy himoyalashga alohida e'tibor qaratish ko`zda 
tutilgan. Bunda besh yil davomida ish haqining eng kam miqdorini 3,5 
barovar oshirish va aholi jon boshiga to`g`ri keladigan o`rtacha daromadini 
1,8-2,0 barovar ko`paytirish kerak bo`ladi. 
2.Siyosiy va iqtisodiy hayotni, davlat va jamiyat qurilishini 
erkinlashtirish, aholining siyosiy faolligini kuchaytirish, jamiyatda 
manfaatdor 
va 
qarama-qarshi 
kuchlar 
o`rtasida 
muvozanatni 
ta'minlaydigan kuchli mexanizmni shakllantirish zarur. Xususan, iqtisodiy 
sohani yanada erkinlashtirish maqsadida davlat boshqaruv rolini 
chegaralash, xususiy mulk miqyoslarini kengaytirish, mul-kdorlarning 
mavqeyi va huquqlarini mustahkamlash, kichik va o`rta biznes 
rivojlanishiga har tomonlama ko`mak berish hamda bozor infratuzilmasini 
keng rivojlantirish lozim. 
3.Shaxsiy manfaatlarni mamlakat, xalq manfaatlari bilan uyg`un 
holda ko`radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalash 
asosida jamiyat ma'naviyatini yuksaltirish lozim. 
4.Har qanday muammolarni amaliy yechishga qodir bo`lgan kadrlar 
salohiyatini tayyorlashga erishish kerak. Chunki mamlakatning buyuk 
kelajagi bugungi zamonaviy fikr yuritadigan, o`z xalqi va Vatani manfaati 
g`oyalari adolatli avlod kelishiga bog`liq. 
5.Iqtisodiyotda tarkibiy o`zgarishlarni amalga oshirish maqsadlari 
quyidagilarda ifodalanadi: 
·iqtisodiyotning xomashyoviy bir tomonlama rivojlanishiga chek 
qo`yish; 
·iste'molga tayyor tugallangan ishlab chiqarishga o`tish; 
·importga qaramlikni cheklash
·eksport salohiyatini oshirish; 
·istiqbolli sohalarga ustuvorlik berish, barqaror o`sish; 
·mehnat resurslarining oqilona foydalanilishini ta'minlash;
·milliy bozorni ichki ishlab chiqarish hisobiga to`ldirish va aholi 
talablarini to`laroq qondirish.


393 
6.Jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo 
totuvlikni, 
sarhadlarimizning 
dahlsizligini, 
mamlakatimiz 
hududiy 
yahlitligini ta'minlashdan iborat. 
Ushbu 
yo`nalishlarda 
belgilangan 
vazifalar 
mamlakatimiz 
salohiyatining 
qisqa 
muddatlarda 
yuqori 
darajada 
rivojlanishini 
ta'minlashga imkon berdi. Shuning uchun ham 2005-2010 yillarda 
iqtisodiy salohiyatda erishilishi ko`zda tutilgan tarkibiy o`zgarishlar 
jumlasiga quyidagilar kiradi: 
·qishloq xo`jaligini yangi texnika bilan ta'minlash, qishloq xo`jaligi 
va unga bog`liq bo`lgan sohalarning iqtisodiy munosabatlarini 
takomillashtirish; 
·iqtisodiyotning yuqori samarali, eksportga yo`naltirilgan 
tuzilmasini shaklllantirish; 
·iqtisodiyotning tayanch tarmoqlarini texnika bilan qayta jihozlash 
va yanada rivojlantirish; 
·yngil va qayta ishlash sanoati korxonalarini texnika bilan qayta 
jihozlash va zamonaviylashtirish; 
·yuqori texnologiya va ilm talab ishlab chiqarishni jadal 
rivojlantirish; 
Makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashdagi islohotlarning yaqin 
muddatdagi yo`nalishlari quyidagilarga qaratilishni ko`zda tutadi: 
·budjetli tartibga solish darajasini bosqichma-bosqich kamaytirish 
hamda, budjet mablag`lari ishlatilishi samaradorligini oshirish. Bunda 
YAIM ning budjet orqali qayta taqsimlanishini 40-42%dan 25-28%ga 
tushirish, bu bilan tovar ishlab chiqaruvchilarga soliq to`lovlari 
kamayishiga erishadi, ijtimoiy talab ortadi. 
·iste'molga ketadigan daromad emas, ko`chmas mulk, zebi-ziynat 
va qimmatbaho tovar va xizmatlar soliqqa tortilishi lozim, foydalanadigan 
resurslar (yr, suv, ko`chmas mulk) ga soliq oshirishgani holda, birlamchi 
tarmoqlar, boshlang`ich texnologik sikldagi soliqlarni kamaytirish; 
·iqtisodiyotning 
real 
sektoridagi 
moliyaviy 
vaziyatni 
sog`lamlashtirish uchun davlatning antimonopol va narx tartiblashtirish 
faoliyatini oshirish, to`lovlar bo`yicha inqirozlarni yumshatish, baho 
disparitetiga barham berish; 
·raqobatda afzallikka ega bo`lgan qayta ishlash sanoati 
korxonalarining iqtisodiy o`sish ustuvorliklarini aniqlash orqali mamlakat 
eksport samaradorligini oshirish; 
·milliy valuta almashuv kursi barqarorligiga erishish. 


394 
Mamlakatning O`rta muddatli istiqbolida (2000-2005 yillar) 
sanoatning qo`shimcha o`sish sur'atlari yiliga 8-9%ni qishloq xo`jalik 
mahsulotlari ishi o`sish sur'ati 7-8%ni, xizmat ko`rsatish sohasida 7-9%ni 
tashkil chilishi kutilmoqda. Binobarin, yengil sanoat oziq-ovqat, kimyo 
sanoati, to’qimachilik va qishloq xo`jalik texnikasi ishlab chiqarishning 
jadal sur'atlar bilan rivojlanishi muhim o`rin tutadi. Yangi asr stategiyasida 
YAIMning 4-5% o`sishning ta'minlovchi import o`rnini ta'minlovchi 
rivojlanish o`ringa iqtisodiyotning eksportga yo`naltirilgan tuzilmasini 
shakllantirishga e'tiborni kuchaytirish kerak bo`ladi.

Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling