Iqtisodiy ta'limotlar


Yangi tarixiy maktab va "ijtimoiy yo`nalish"


Download 2.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/152
Sana02.12.2023
Hajmi2.19 Mb.
#1780126
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   152
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar

13.4. Yangi tarixiy maktab va "ijtimoiy yo`nalish" 
XIX-asrning ikkinchi yarmida ham Germaniyada iqtisodiyot fani 
tarixiy usul asosida rivojlanmoqda edi. Nemis iqtisodchilari bundan 
avvalgi davrda iqtisodiy adabiyotda vujudga kelgan an'analarni davom 
ettirib, kuchaytirdilar. Ular Germaniya ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining 
o`ziga xosligini aks ettirib, feodalizm sarqitlarining uzoq vaqtdan beri 
saqlanib kelayotganligini keskin tanqid qildilar. Shu davr Germaniya 


271 
iqtisodiy tadqiqotlarida Yangi tarixiy maktab yetakchi o`rinlardan birini 
egallar edi. Ushbu maktabning yetakchi olimlari, Gustav Shmoller (1838-
1917) bo`lsa, Lun Brentano (1844-1931), Verner Zombart (1863-1941), 
Maks Veber (1864-1921) o`zlarining ijtimoiy yo`nalishlari bilan "Yangi 
tarixiy maktab" ning ilmiy ishlarini davom ettirdilar edilar. 
Berlin 
universiteti 
professori 
Gustav 
Shmoller o`zining "Xalq xo`jaligi to`g`risidagi 
umumiy ma'lumot asoslari" (1900-1904) nomli asosiy 
iqtisodiy asarida tarixiy maktabning asosiy vakillari 
V.Rosher va B.Gil'debrandning asosiy qoidalari va 
usullarini 
yanada 
rivojlantirdi. 
Bu 
iqtisodiy 
amaliyotdan uch xil faoliyat turini: xususiy xo`jalik, 
davlat xo`jaligi va diniy xo`jalikni alohida ajratib 
ko`rsatadi. Birinchisida xususiy manfaat, ikkinchisida 
jamiyat, ijtimoiy manfaat va uchinchisida xayr-ehson 
asosiy deb belgilanadi. Umuman, G.Shmollerning qarashlariga davlatning 
belgilovchilik, yetakchilik rolini ko`rsatish xosdir. G.Shmoller marksizmga 
qarshi kurashib, ijtimoiy va sinfiy muammolarni siyosiy iqtisoddan 
chiqarib tashlab, uni xalq xo`jaligi tarixi faniga aylantirishga urindi. U 
faktlarni va statistika manbalarini o`rganish, xalq xo`jaligidagi xodisalarni 
bayon etib berishni siyosiy iqtisodning bosh vazifasi deb hisoblaydi. 
G.Shmoller umuman xalq xo`jaligi o`zgarishsiz qolaveradi. degan 
fikrga asoslanib, uning ayrim bo`g`inlarida juz'iy o`zgarishlar bo`lishi 
haqidagina gapirish mumkin, deb hisoblaydi. Tadqiqotlarning qat'iyan rad 
etilayotgan abstrakt usuliga qarama-qarshi qo`yilgan empirizm (nazariy 
mashg`ulotlardan ko`ra amaliy faoliyatga ko`proq moyillik) olim va uning 
izdoshlariga xos xususiyat edi. 
G.Shmoller iqtisodiyotda odob-huquq omilini belgilovchi omil deb 
hisoblab, har bir xalqning hayot tarzi odob qoidalarida, xo`jalik huquqida 
o`zining asosiy ifodasini topadi, deb ta'kidlaydi. Yangi tarixiy maktab 
iqtisodchilari xo`jalik turmushida burjua-pomeshchik davlati hal qiluvchi 
rol o`ynaydi deb bilar edilar. Ular Germaniyada kuchli milliy davlat tashkil 
etilishi tarafdori edilar. 
Yangi tarixiy maktabning namoyandalari "Sinfiy inoqlik" 
g`oyalarini ishlab chiqib, targ`ib qildilar. G.Shmoller tomonidan tuzilgan 
"Ijtimoiy siyosat uyushmasi"nng faoliyati shu maqsadga xizmat qilar edi. 
Uning yetakchi nazariyotchilari universitet professorlari bo`lib, ularning 
dasturlari "kafedr-sotsializm" (kafedradagi sotsializm) deb atalar edi. 
Ushbu dasturdagi boshlang`ich ta'limni majburiy kiritish, bolalar, o`smirlar 

Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling