Iqtisodiy ta'limotlar
Download 2.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar
G.Shmoller
272 va ayollar mehnatini davlat tomonidan tartibga solish, ishchilarni kasallik va baxtsiz xodisalardan sug`urta qilish, qarilik va mehnat layoqatlarini yo`qotgan chog`ida nafaqa to`lash kabi islohotchilik g`oyalari sotsial- demokratlar orasida ham keng yoyildi. Germaniyada Luno Brentano ham asosiy nazariyotchilardan hisoblanib, "Yangi tarixiy maktab" ning liberal qanotiga boshchilik qildi. O`zining "Klassik siyosiy iqtisod" (1888y.), "Tarixda ahloq-odob va xalq xo`jaligi"(1894y.) nomli asosiy asarlari bilan iqtisodiy fan taraqqiyotiga katta xissa qo`shdi. L.Brentano G.Shmoller kabi iqtisodiyotda ahloq va huquq omillari belgilovchi rol o`ynaydi deb hisoblab ishlab chiqarish va uning tabiiy va ijtimoiy jihatlariga e'tibor bermaydi. U ayriboshlash konsepsiyasining tarafdori bo`lib realizitsiya va ayriboshlash sharoitlarining o`zgarishi xo`jalik turmushida va ishlab chiqarish shakllarida belgilovchi ahamiyatga ega bo`ladi deb hisoblaydi. L.Brentano liberal kapitalistlarning manfaatlarini ifoda-lab, nemis ishchilar sifining inqilobiy-siyosiy chiqishlariga qarshi edi. U o`zining liberal "ijtimoiy inoqlik" deb nomlangan islohotlar dasturida ingliz tredyunionlari (kasaba uyushmalari) tajribalaridan keng foydalanishni taklif qiladi. Jumladan, kasaba uyushmalari fabrika qonunlari yordamida ishchilar o`rtaga tashlagan talablarni qondirishda foydalanish bilan birga uy joy qurilishi va matlubot kooperatsiyalarida ham turli masalalarni hal etishda keng foydalanishlari zarur deb hisoblaydi. L.Brentano ham davlat sotsializmi g`oyalarini o`z holicha talqin qilib toboro keng tus olayotgan ishchilar harakatlarini ma'lum darajada jilovlashga harakat qilar edi. Lekin Brentano timsolida Yangi tarixiy maktab o`zining yuksak cho`qqilariga ham hali yetgani yo`q edi. Uning ijtimoiy to`qnashuvlarning oldini olishga qaratilgan "sinfiy inoqlik" nazariyasi islohotchilik oqimidagi ijtimoiy maktablar, institutsionalizm yo`nalishi uchun aosiy manba rolini o`ynadi, xolos. G.Shmollerning shogirdi Verner Zombart ham Yangi tarixiy maktabning asosiy vakillaridan edi. Berlin universitetining professori Zombart o`zining K.Marksga yaqinligini ko`rsatish maqsadida "Hozirgi zamon kapitalizmi" kitobida "Meni Shmollerdan K.Marks ajratib turadi", deb yozgan edi. U K.Marksning olimligini uning revolutsionligidan ajratishga urinib, marksizm asoschisi ta'limotidagi mana shu ikki negizning bir-biriga zidligi to`g`risidagi fikrni ko`tarib chiqdi. Shuningdek, markscha siyosiy iqtisodning iqtisodiy kategoriyalarini haqiqiy mazmundan mahrum etib, o`z holicha ta'rifladi. Chunonchi, qiymatning mehnat nazariyasi 273 "ishning g`oyasi" deb e'lon qilindi va fikran mantiqiy bir ishdan iborat deb ko`rsatildi. Zombart ishlab chiqarishning uch omili xususidagi nazariyaning tarafdori bo`lib (kapital, mehnat, yer), antagonistik ziddiyatlar va iqtisodiy inqirozlarning muqarrarligini inkor etdi. U o`z asarida ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar to`g`risidagi ta'limotni va ayniqsa proletariat diktaturasi nazariyasini inkor qildi. Marksizm nazariyasiga Zombart sotsial pluralizm (lotincha pluralis - ko`pfikrlilik) deb atalgan konsepsiyani qarama-qarshi qo`ydi. U jamiyatning taraqqiyoti sotsializm sari borayotgani yo`q, balki xo`jalikning ko`pgina eski va yangi shakllarini o`z ichiga oladigan murakkab iqtisodiy sistema sari boryapti, deb ko`rsatdi. So-sial pluralizm konsepsiyasi Zombartning fikricha, jamiyat haqiqiy taraqqiyotga mos ravishda kapitalizm hayotining mustahkamligi va uzoq davom etishini isbotlashi kerak edi. Zombartning iqtisodiy qarashlari bora-bora reaksion tus olib ketdi. I Jahon urushi yillarida u ochiqdan-ochiq militarizm va shovinizm tomonidan turib, Germaniya imperializmining mafkurachisiga aylandi. Uning asarlari esa nemis fashizmi mafkurasining shakllanishiga ko`maklashdi. Ayniqsa, "Nemis sotsializmi" (1934) kitobida Zombart gitlerizmni oshkora maktab yozdi, fashizmning inson zotiga nafratdan iborat doktrinasi barcha bandlari bilan birdam ekanligini bildirdi. Uning fashizmga yaqinligi Yangi tarixiy maktab vakillari orasida yagona jiddiy kamchilik edi. Maks Veber har tomonlama ma'lumotli va ko`pqirrali olim edi. U falsafa, tarix, sotsiologiya va iqtisodiyot fanlarining rivojiga katta hissa qo`shdi. Uning ijodida tarixiy maktab o`zining eng yuqori pog`onasiga ko`tarildi. M.Veber hammadan ko`proq darajada noto`g`ri fikrga asoslangan millatchilik va bir taraflama "tarixiy usul"dan ozoddir. Uning ijodida hech qanday qiyinchiliksiz xalqlarning iqtisodiy hayotining rivojlanish ykllaridagi qiyinchiliklarni yengib, milliy xususiyatlar va an'analar orqali konkret tarixiy sharoitlar, milliy xarakterlar va ularning madaniyati qandaydir umumiy qonun asosida belgilanadi, degan fikrni ko`rish mumkin. O`zining dastlabki asarlarida M.Veber tarixiy fanlarga faqat bayonchilik yetarli emasligini ko`rsatdi. U yuksak benuqson tiplar konsepsiyasini ilgari surdi. Yuksak va benuqson tip - bu o`z mohiyatiga ko`ra olim shakllantirgan konkret faktlar va u yoki bu xalqning tarixiy rivojlanish jarayonlarini Download 2.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling