Iqtisodiy ta'limotlar


Asosiy tushuncha va iboralar


Download 2.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/152
Sana02.12.2023
Hajmi2.19 Mb.
#1780126
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   152
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar

 
Asosiy tushuncha va iboralar 
Marjinalizm; eng yuqori (chegaraviy) naf; noyoblik; ekonomiks; 
subyektiv-psixologik; iqtisodiy liberalizm; robinzonada usuli; subyektiv; 
spekulatsiya. 
Nazorat va mulohaza uchun savollar 
1.XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida vujudga kelgan 
iqtisodiy ta'limotlarga xos xususiyatlar nimadan iborat? 
2.XIX asrning 70-yillarida shakllangan qaysi nazariy maktablarni 
bilasiz? 
3.Bu davrda yangicha ilmiy tahlilni maydonga tashlagan olimlar 
kimlar? 
4.Avstriya maktabining asoschilari kimlar? 
5.Marjinalizmning iqtisodiyot fanida tutgan o`rni haqida aytib 
bering. 


293 
6.K.Menger, Ye.Byom-Baverk va V.Fizerning asosiy asarlari 
qaysilar? 
7.U.Jevonsning iqtisodiy mavzudagi asosiy asarlarini aytib bering. 
8.L.Valrasning iqtisodiy g`oyasiga qanday tushunchalar asos qilib 
olingan? Miqdor iste'molining kamayuvchi funksiyasini izohlab bering. 
9.Bozorning iqtisodiy muvozanati nimani anglatadi? 
10.L.Valras qonunini izohlab bering.
Tekin pishloq qopqonda bo`ladi.
O`git. 
HOZIRGI ZAMON IQTISODIY 
TA'LIMOTLARINING ASOSIY YO`NALISHLARI 
Hozirgi davr iqtisodiy ta'limotlarining asosiy xususiyatlari 
Birinchi navbatda "hozirgi zamon" tushunchasiga aniqlik kiritish 
kerak. Ba'zi iqtisodchilarning fikricha, XIX asr oxirlarida vujudga kelgan 
iqtisodiy g`oya, ta'limot va konsepsiyalar hozirgi zamonniki, deb tan 
olinadi. 
Bu izohda mantiq bor, albatta, chunki o`sha davrda yuzaga kelgan 
iqtisodiy g`oyalar keyingi iqtisodiy qarashlar uchun tayanch, asos rolini 
o`ynaydi. Ammo, bu izohning cheklanganligini ham aytish kerak, negaki 
XX asrning o`rtalari, ayniqsa ikkinchi Jahon urushidan keyin iqtisodiy 
ta'limotlar bir qancha yangi qarash, g`oya, konsepsiya va nazariyalar bilan 
boyidi, ularni ham albatta "hozirgi zamon" iqtisodiy g`oyalariga kiritish 
tabiiydir, ammo ularning evolutsiyasi ro`y bergan. 
Shu yerda shuni alohida ta'kidlab o`tish kerakki, iqtisodiy 
ta'limotlarning paydo bo`lishi, shakllanishi va rivoji doimo tarixan 
dialektik ravishda ro`y bermoqda. Tarixning guvohlik berishicha, ma'lum 
davrda yuzaga kelgan u yoki bu ta'limot vaqt va sharoit taqozosi bilan 
doim evolutsiyada, rivojlanishda bo`ladi. Masalan, XVIII asrning ikkinchi 
yarmida to`la shakllangan klassik iqtisodiy maktab bozor iqtisodiyotining 
asosiy xususiyatlarini ta'riflab bergan, ammo bu maktabning asosiy 
qoidalari, umumiy yo`nalishi saqlangan holda, ularning amalda namoyon 
bo`lishi turli davr va davlatlarda nihoyatda xilma-xildir. 
XX asrning 50-60- yillari, ayniqsa, keyingi paytlarda jahondagi bir 
qancha avvaldan rivojlangan mamlakatlar (AQSH, Buyuk Britaniya, GFR, 


294 
Fransiya, Italiya, Kanada va boshqa Yevropa Ittifoqi davlatlari...) qatoriga 
yangi-yangi davlatlar kelib qo`shilmoqda, ayniqsa Yaponiya, Turkiya va 
yangi industrial mamlakatlar (YAIM) "to`rt ajdaho": Koreya Respublikasi, 
Tayvan', Singapur va Gonkong (Syangan) hamda shular rivojiga 
yaqinlashayotgan Malayziya, Filippin, Tailand kabi davlatlar soni ortib 
bormoqda. 
Ilgarilari dam-badam bo`lib turadigan inqirozlar soni va ko`lami 
keskin kamaydi. Ammo, yo`qolgan emas, bu nisbiyyutuqlar bir tomondan 
ilmiy texnika inqilobi natijalaridan omilkorlik bilan foydalanilganligi va 
ikkinchidan aholi ijtimoiy talablarini to`laroq qondirish bilan bog`liq 
bo`lgan 
ta'limotlar 
qo`llanilayotganligidir, 
oqibatda 
ko`pchilik 
mamlakatlarda iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlik hukm surmoqda. Ammo 
kapitalizm yo`lini tanlab olgan, bozor iqtisodiyotidan foydalanayotgan 
yuzlab qoloq davlatlar borligini ham inkor etish mumkin emas. Demak, 
iqtisodiy rivojlanishning yana boshqa omillari ham bo`lsa kerakki 
(iqtisodiy konsepsiya, siyosat...), ulardan samarali foydalanayotgan 
davlatlar (ularning soni 20-25 ta) jahon iqtisodiyotida yutuqlarga 
erishmoqdalar. Shu tajribani o`rganish va amaliyotda foydalanish hayotiy 
zaruriyatga aylandi. 
Ko`rinib turibdiki, hozirgi zamon iqtisodiy ta'limotlari tobora 
chuqurlashib, nazariy masalalar hayot bilan chambarchas bog`liq bo`lib 
bormoqda. 
Xuddi shuningdek, iqtisodiyot fani uchun iqtisodiy jarayonlarni 
matematik modellashtirish, programmalashtirish va modellashtirish, 
elektron-hisob mashinalar, kompyuterlar, informatika va kibernetikadan 
foydalanish asosida keng shakllantirish iqtisodiy siyosat masalalariga 
tobora yaqinlashib bormoqda va hozirgi davr ishlab chiqarishni boshqarish 
tizimlarida ularning ahamiyati keskin o`sib bormoqda, shunga oid iqtisodiy 
tadqiqot va ta'limotlar ham ko`payib bormoqda. 
Biz yuqorida keltirgan iqtisodiy ta'limotlar doimo rivojlanishda 
bo`lib, ularning hech biri sof holda biror bir mamlakatda qo`llanilmaydi. 
Amaliyotda bu mavjud iqtisodiy ta'limotlar, ularning turli oqimlari, 
maktablarning qorishmalari qo`llaniladi. 
Hozirgi zamon iqtisodiy ta'limotlarining asosan uch yo`nalishini 
ajratish mumkin: 
1. Neoklassik (yangi klassik). 
2. Ijtimoiy-institutsional. 
3. Keynschilik. 


295 

Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling