Iqtisodiy ta'limotlar
U.Jevons va L.Valrasning marjinalistik g`oyalari
Download 2.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar
14.3. U.Jevons va L.Valrasning marjinalistik g`oyalari
286 Uilyam Stenli Jevons (1835-1882) London uni- versitetida matematika va kimyo fanlaridan tahsil olish bilan birga siyosiy iqtisodni ham qiziqib o`rgangan. 1863 yilda Manchester shahridagi kollejga siyosiy iqti- sod o`qituvchisi bo`lib ishga kirdi. Oradan ko`p vaqt o`tmasdan iqtisodiy mavzudagi uning asosiy asarlari e'lon qilindi. Ular quyidagilar: "Siyosiy iqtisod nazari- yasi" (1871) va "Fan tamoyillari" (1874) va boshqalar. XIX asrning oxirigacha U.Jevons va uning as- arlari o`zining kuchli matematik ifodasi tufayli o`quvchilar tomonidan to`liq e'tibor bilan qabul qilinmadi. Lekin uning g`oyalaridagi subektivizm asosiy ilmiy asarlarida aniq o`z o`rnini topgan edi. Masalan, iste'mol, talab, foydalilik haqida o`z holicha tushunchalar berish bilan birga U.Jevons to- varlar narxi uning me'yoriy foydaliligi bilan funksional bog`liqdir deb ko`rsatadi. Shuningdek olim klassiklarning raqobat haqidagi fikrlarini qo`llab, sotuvchi va oluvchi o`zaro muloqatda bo`lib kerakli ma'lumotni bir-biridan olishi mumkin deb ko`rsatadi. Natijada u quyidagi xulosa keltirib chiqaradi: bozordagi sotuvchilar (subyektlar) insonlar ehtiyoji uchun zarur bo`lgan tovarlarni muhayo qilib, ularning iste'mollarini to`laroq qondiradilar. Shu fikri bilan U. Jevons dastlabkilardan bo`lib me'yoriy tahlilni may- donga tashlaydi va marjinalizm asoschilaridan biriga aylandi. U(1834-1910) marjinalizmning Lozanna (Shveytsariya) deb ataluvchi maktabi asoschisi hisoblanadi. Unga keyinchalik Pareto, Italiyadan Boro- ne, shvetsiyalik Kassel', amerikalik Leontyev va boshqalar qo`shildi. L.Valrasning "Sof iqtisodiy fan elementlari" (1874) asari iqtisodiyot bilim- lari olamida matematikaning shaxdam qadamlariga asos soldi. Shu sababli u matematik maktabning davomchisi hamdir. Har qanday iqtisodiy tahlilni matematik izohlashga intilish bu maktab va uning izdoshlarining xarakterli xususiyati hisoblanadi. Valrasning fikricha, har qanday iqtisodiy nazari- yani faqat matematika asosida qisqa, aniq va ochiq isbotlash mumkin. Un- ing o`zi matematika ni yaxshi bilgan va Kurnoni o`zining ustozi deb hisoblagan holda undan ilhomlangan. Keyinchalik "eng yuqori foydalilik" (naf) deb atalgan tushunchani L.Valras "noyoblik" (rarete) deb izohlaydi. Buni u miqdor iste'molning kamayuvchi funksiyasidir deb ifodalaydi (ya'ni biror noz-ne'matning Download 2.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling