Iqtisodiy ta'limotlar
Download 2.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar
Jon Beyts Klark
300 bo`ladi: 1) boylikning universal xodisalari; 2) ijtimoiy-iqtisodiy statika (boylik bilan keyin nima bo`lishi to`g`risida gap yuritiladi); 3) ijtimoiy- iqtisodiy dinamika (agar jamiyat faoliyat shakli va usulini o`zgartiradigan bo`lsa, bu sharoitda boylik va jamiyatning farovonligi bilan nima ro`y be- radi, degan gap yuritiladi). Klark fikricha, xayoliy statik ijtimoiy ishalb chiqarishga operatsiya- larning o`zgarmas xarakteri xosdir, bunda doimo avvalgi texnologik ja- rayonlarda yaxshi ma'lum Usha boyliklar yaratilaveradi, boylik hajmi bun- da o`smaydi va kamaymaydi. Yer ham bir xil mahnat qurollari yordamida ishlanadi, o`sha hosil olinadi, boshqacha aytganda, ishlab chiqarish or- ganizmi o`z shaklini o`zgartirmaydi. Demak, bu holatda harakat yopiq sistema (tizim)da boradi, iqtisodiyot barqaror va muvozanatda bo`ladi. Klarkning yozishicha, "iqtisodiy dinamikada" jahonning normal boyligi ko`proq bo`ladi va ish haqining tabiiy darajasi keyin hozirgidan ancha baland bo`ladi. Iqtisodiyotni barqarorlashtirishga qarshi bo`lgan dinamik shart- sharoitlar keltiriladi: 1) aholi o`sishi; 2) kapital o`sishi; 3) ishlab chiqarish metodlarining yaxshilanishi; 4) sanoat korxonalari shaklining o`zgarishi; 5) nisbatan past unumli korxonalar o`rniga nisbatan yuqori unumli korxon- alarning yashovchanligi va boshqalar. Hatto har bir omil o`zicha jamiyatni dinamik holatda saqlash va ijtimoiy tarkibga ta'sir etish qudratiga ega bo`lar ekan. Klarkning yuqoridagi metodologik g`oyalari keyinchalik N.Kondratyev (Rossiya), Y.Shumpeter va boshqa olimlar tomonidan to`ldirilgan. Klark tadqiqotida "eng yuqori unumdorlik qonuni" muhimdir. Bu qonun erkin raqobat sharoiti, iqtisodiy muvozanat holatida amal qiladi. Ish- lab chiqarish omillari bir xil samaradorlikka ega bo`lgan sharoitda eng yuqori unumdorlikning pasayib borishi masalasi marjinal prinsiplarda qarab chiqiladi. Kapital bilan ta'minlanganlik o`zgarmas deb olingan taqdirda, mehnatinng eng yuqori unumdorligi har bir yangi ishga jalb etilgan xodim bilan pasayib boradi va aksincha. Xodimlar soni o`zgarmas bo`lgan holatda mahnatning eng yuqori unumdorligi faqat kapital bilan ta'minlanganlikning o`sishi natijasidagina yuqoriroq bo`ladi. Qimmatni taqsimlashdagi hissalar oxirgi unumdorlikka bog`liq bo`ladi, ya'ni foiz kapitalining so`nggi o`sishidan hosil bo`lgan mahsulot bilan aniqlanadi, ish haqi esa mehnatning ohirgi oshuvidan hosil bo`lgan mahsulot bilan belgilanadi. 301 Olim erkin raqobatli korxonada eng yuqori unumdorlikni mikroda- rajada o`rganib, "befarqlik zonasi" yoki "eng yuqori soha" mavjudligini tasdiqlaydi, bu har bir korxona doirasida nazorat qilinishi mumkin. Bu zo- na doirasida odamlar sohibkorlar daromadiga ta'sir etmagan holda ishga kelib-ketishlari mumkin. Agar raqobat bekamu ko`st amal qilsa, hamma yerda bu eng yuqori ishchilar o`zining mehnat mahsuli sifatidagi maoshini oladilar, ammo raqobat doim mukammal bo`lmasligi sababli ular tahminan o`z mehnatiga yaqin maoshni oladilar. Bu sharoitda biror xodimning ishdan ketishi tufayli eng yuqori ish (uncha ahamiyatsiz ish) bajarilmay qoladi, sohibkor (tadbirkor) esa o`z navbatida "befarqlik zona" doirasida ziyonsiz bir nechta ortiqcha odamlarni ishga qabul qilishi mumkin, chunki bu zonada ish haqi ularning ishlab chiqarishi bilan bog`liq va bunda hech qanday foyda yuzaga kelmaydi. Amalda esa tadbirkor shu zona doirasida, avvalgi maosh bilan juda kam xodimni ishga jalb etadi, chunki ziyon keltirish xavfi bo`lib, tavakkal- chilik minemaldir, bu eng yuqori, chegaralangan ishchi maoshi darajasida ish haqi oladi. Kapitalga foizning shakllanishi O.Bem-Baverkning "kutilmalar nazariyasi"ga o`xshash fikr yuritiladi. Eng yuqori unumdorlik qonunidan shunday xulosa chiqariladiki, ishlab chiqarish omilining bahosi uning nisbiy kamomadligi bilan bog`liq. Bu esa, xususan, "adolatli ish haqi" doimo mehnatning eng yuqori unum- dorligiga mos keladi, mehnat esa boshqa unumliroq ishlab chiarish omili, ya'ni kapitalga nisbatan past bo`ladi. Shunday qilib, Klark "qonuni"ning asosiy mohiyati quyidagicha: ishlab chiqarish omili-mehnat va kapital shu omil tomonidan yaratiladigan mahsulot qiymati omil bahosi bilan tenglashguncha o`stirilib borishi mum- kin (masalan, korxonada ishlayotgan xodimlar sonini ma'lum chega- ragacha, ya'ni bu omil "befarqlik zonasi" ga kirguncha ko`paytirilishi mumkin). Amalda bu "qonun" bo`yicha ishlab chiqarish omilining rag`bati shu omil bahosi tadbirkorning olishi mumkin bo`lgan daromadidan ortib ketadigan sharoitda o`z imkonini tugatgan bo`ladi. Demak, Klarkni bir vaqtning o`zida ishlab chiqarish harajatlari strukturasi (tarkibi) ni optimal- lashtirish muammolari bilan bog`liq bo`lgan, hozirgi davr nazariyalarining asoschilaridan biri deb atash mumkin. Download 2.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling