Iqtisodiy ta'limotlar
Download 2.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar
V.Pareto
303 M.Blauk fikricha, agar naflikni miqdoriy o`lchash imkoni bo`lmasa, eski eng yuqori naflik nazariyasidan voz kechish zaruratini sezi- ladi va aniqlangan afzallik metodiga to`la o`tish kerak. Pareto tadqiqot maqsadida "befarilik egri chiziqlari"dan foydala- nibma'lum ne'mat, miqdori, xuddi shuningdek boshqa barcha resusrlar mi- qdoriga bog`liq ravishda iste'molchining qaysi ne'matini tanlash masalasini ko`rib chiqadi. Tovarlar nafligi summasi turli kombinatsiyalarda bo`ladi va bir kombinatsiyaning boshqasidan ustunligini belgilash kerak. Natijada olimning uch o`lchovli diagrammalari paydo bo`ldi, bu diagramma asos (o`n) larida iste'molchi qo`lida bu yoki boshqa ne'matlarning turlicha mi- qdori ko`rsatiladi. Pareto naflikning an'anaviy miqdoriy o`lchashg usullaridan voz kechib, "ijtimoiy maksimal naflik" tushunchasini izohlab beradi, bu tushuncha hozirgi davrda "Pareto optimumi" deb nomlanadi. Bu tushuncha shunday o`zgarishlarga baho berish uchun foydalaniladiki, unda barchan- ing farovonligi yo yaxshilanadi, yoki bozorning biror odam o`z ahvolini boshqa odamning ahvolini yomonlashtirmasdan yaxshilay olmaydi. Bu tovar va resurslarining eng yaxshi taqsimotini xakarterlaydi. Keyinchalik umumiy bozor muvozanati bozorning Pareto optimal holati ekanligi isbotlab berildi. Xo`sh, bu nima degani? Bu bozor ishtirokchilarin- ing hammasi o`z foydasi uchun intilib, o`zaro manfaat va foydalar mu- vozanatiga erishishidir. Bunda sumlar qoniqish (umumiy foydalilik) funksiyasi o`z maksimumiga yetadi. Boshqacha qilib aytganda, A.Smit tomonidan ilgari surilgan mashhur "ko`rinmas qo`l" to`g`risidagi g`oyalar amaliyoti isbotlab berilgan. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Lozanna universiteti professori L.Valras kapitalistik iqtisodiyotning "umumiy iqtisodiy muvozanati" mod- elini qurdi. Bu yo`nalish Valras ishining davomchisi, italyan olimi Vilfredo Pareto (1848-1923) tomonidan keng rivojlantirildi. U "eng yuqori naf" nazariyasini hal etish, iste'mol ne'matlarining nafi (foydaliligi)ni hisoblash uchun harakat qildi va matematik usullardan keng foydalandi. Pareto o`z tahlili asosiga daromad miqdori va tovarlar bahosini qo`ydi. Iste'mol ne'matlari to`plami turlicha bo`lishi tabiiy. Shu sababli, Pareto "ideal muvozanat" sxemasini oladi, bunda avtomatik ravishda paydo bo`ladigan "xususiy muvozanat" har bir iste'molchining optimal tanlovidan vujudga keladi. Bu usul bilan Pareto "eng yuqori naf" nazariyasini boshi berk ko`chadan olib chiqa olmadi, lekin uning "afzal ko`rish" va "loqaydlik egri chiziqlari" nazariyasidan ekonometrik tadqiqotlarda foydalanib kelinmoqda. U Valrasning umumiy iqtisodiy muvozanat nazariyasini 304 takomillashtirishga harakat qildi. U ustozidan farqli ravishda ishlab chiqarish funksiyasining mahsulot chiqarish hajmiga bog`liqligi koeffitsientining o`zgarishi mumkinligini tan olgan. "Pareto optimum"ida aholi daromadlarining taqsimlanish giperbolasining tenglamasi beriladi (1897). Foydalilik (naf) funksiyasini topish uchun ne'matlar to`plami afzalligi konsepsiyasi Jon fon Neyman tomonidan yanada rivojlantirildi. U o`yin nazariyasiga asoslanib, individuumning maksimum yutuqqa intilishi sharoitidan kelib chiqib, iste'molchining o`zini tutish modelini ishlab chiqdi. Bunda ne'matlar foydaliligi konsepsiyasi psixologik talabni qondirish mezonlari bilan bog`lab o`rganiladi. L.Volras farqli V.Pareto modelida faqat erkin raqobat iqtisodiyotigina tahlil etilmaydi, turli tipdagi monopol bozorlag ham qarab chiqiladi, bu tadqiqotlar XX asrning o`rtalaridagina alohida tadqiqot predmetiga aylandi. Ular tahlilning yangi ikki boshqa yo`nalishi bilan birlashib ketdi: 1) bozor mexanizmi nazariyasi; 2) firma va uy xo`jaligi faoliyati tahlili. Download 2.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling